Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ONA TILI DARSLARIDA



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ONA TILI DARSLARIDA 
Kiyasova Ra’no 
Toshkent davlat transport universiteti Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi 
 
Ta’limni isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan hukumat qarorlarining negizida barkamol avlod 
tarbiyasi asosiy vazifa sifatida qaralmoqda.Umumiy dunyoqarashni belgilab beruvchi faol hayotiy pozitsiya 
ko`nikmasi  yetarli  darajada  shakllantirilmasa,  mustaqil  davlatning  talab  va  ehtiyojlariga  mos  keladigan 
komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish muammosi to`liq hal bo`maydi. Yosh avlodni o`qitishning o`zak 
nuqtasini  darslar  tashkil  qiladi.Ayni  mana  shu  jarayonda  o`qituvchi  va  o`quvchi  muloqotlarining  oliy 
nuqtasiga  ko`z  tashlanadi.Umumiy  o`rta  ta’lim  maktablarida  o`qitilayotgan  fanlar  bo`yicha  darslarning 
mazmuni qanday bo`lishi kerak, mavzu maqsadini qo`yishda nimalarga e’tibor qaratish kerak, darsining 
samaradorligi  nimalarga  bog`liq  kabi  qator  savollar  tug`iladi.  XX  asrda  psixologiya-pedagogika  fani  bu 
savollarga  o`zgacha  yondashgan  holda  munosabat  bildirdi.Oldingi  qarashlarni  tubdan  o`zgartirdi.  Bola 
shaxsini  shakllantirishda  turli  ijtimoiy  va  psixologik  omillarning  roli  aniqlandi.  O`sish  va  rivojlantirish 
jarayonida bola har xil ta’sir va munosabatlar ishtirokchisi (sub’yekti va ob’yekti)ga aylanadi. Shunga ko`ra 
,  bugungi  kunda  pedagogika  va  metodikada  darsga  nisbatan  ikki  xil  yondashuv  mavjud.  Birinchi 
yondashuvga  ko`ra  ,  dars  –bu  o`qituvchining  o`quvchilarga  bilim  berish  va  shu  asosida  ularda 


 
146 
 
ko`nikma,malaka  shakllantirish,  ularni  tarbiyalash  jarayoni.O`qituvchining  asosiy  vazifasi  –  “o`quvchini 
chuqur  va  puxta  bilim  bilan  qurollantirish,  tushunib,  o`zlashtirib  borish  orqali  shaxsning  har  tomonlama 
rivojlanishini  ta’minlash”.  Ikkinchi  yondashuvga  ko`ra  ,dars  –  chegaralangan  vaqt  ichida  belgilangan 
mavzu  va  maqsad  asosida  o`qituvchi  va  o`quvchilarning  teng  huquqli  hamkorligiga  asoslangan  bilim, 
ko`nikma,malaka hosil qilish jarayoni. O`qituvchining asosiy vazifasi-o`quvchilarda bilim olish ehtiyojini 
tarbiyalash.Tez  yangilanib  rivoj  topayotgan  zamonamiz  eng  avvalo  innovatsiyaga  ega  axborot,  yangi 
texnologiyalar  yaratish,  qadriyatli  ishlab  chiqarishni  yulga  qo’yish,  inson  resurslaridan  keng  va  oqilona 
foydalanish payti kelganidan   darak beradi. Yangi axborotni maqsadli  tezda qabul etish,  oydinlashtirish, 
tahlil  asosida  amaliyotda  qo‘llash,  tafakkurdagi  sintez,  solishtirish,  abstraktlash,  konkretlashtirish  kabi 
jarayonlarni  ishga  solib  innovatsiyalar  yaratishga  harakat  etish,  ularni  jahon  bozoriga  chiqarish  har  bir 
ijodiy  faoliyat  ko‘rsatib  kelayotgan  shaxsdan  muayyan  tafakkur  haqidagi  bilimlar,    malakalar,  
ko‘nikmalarni rivojini talab  etadi. 
XXI  –  asr  ta’lim-tarbiyasi  o‘qituvchining  yuqori  darajadagi  bilimlari,  malakalari,  ko‘nikmalari, 
shaxsiy sifat, xislatlari bilan bog‘liq. Hozirgi globallashuv jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari ta’lim-
tarbiya  jarayonida  shaxsning  intellektual  qobiliyatlarini  o‘stirish  orqali  unda  mavjud  axborotlar  oqimini 
qabul  qilish,  tushunish,  fikrlash  va  qayta  ishlash  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ijodkorlik  ko‘nikmalarini 
shakllantirishga ko‘proq e’tibor qaratish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Chunki, shaxs bu ta’lim tizimidagi 
axborotlar  oqimining  faol  iste’molchisi  bo‘lishi  bilan  bir  qatorda,  uni  tahlil  qilish    va  amalga  oshirish 
jarayonida ham yetakchi sub’ekt vazifasini o‘taydi. Bu esa undan ijodkorlik, izlanuvchanlik va nostandart 
tafakkurni talab etadi. 
Kreativlik  (lot.,  ing.  “create  ”  –  yaratish,  “creative  ”  yaratuvchi,  ijodkor)  –  individning  yangi 
g‘oyalarni  ishlab  chiqarishga  tayyorlikni  tavsiflovchi  hamda  mustaqil  omil  sifatida  iqtidorlilikning 
tarkibiga  kiruvchi  ijodiy  qobiliyati  ma’nosini  ifodalaydi.  SHaxsning  kreativligi  uning  tafakkurida, 
muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda 
yoki uning muayyan xususiyatlarini  tavsiflaydi.  Shuningdek,  kreativlik  iqtidorning muhim omili sifatida 
aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi. 
Kreativlik – shaxs yoki jamiyatning tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy olamni 
insonning  maqsad  va  vazifalariga,  uning  ehtiyojlari,  istaklari,  imkoniyat-lariga  muvofiq  tarzda 
o‘zgartirish  borasidagi  faolligidir.  Kreativlik  insonni  aql-zakovatining  barcha  ijobiy  sifatlarini  o‘zida 
mujasamlashtirgan yangilik yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida faollik va mustaqillik turi sanaladi. 
Kreativlik  psixologiyasining  asoschisi  Dj.  Gilfordning    fikricha,    shaxsning    ijodkorligi  ko‘proq 
uning intellektual salohiyati,  aqliy  qobiliyatlari  bilan bog‘liq bo‘lib, ular asosan ta’lim- tarbiya jarayonida 
shakllanadi va rivojlanadi. Demak, ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsdagi kreativlikning shakllanishi bevosita 
ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o‘ziga xos innovatsion yondoshuvni talab etadi. 
Ona tili darslarida o‘quvchilarni kreativ va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish, ularning ongida ma’naviy-
ma’rifiy  inqilob  hosil  qilishga  erishish  lozim.  Shuning  uchun  zamonaviy  texnologiyalar  asosida 
o‘tilayotgan  darslarda  grammatik    qoidalarni    yodlatishdan    voz    kechish,    ijodiy    tafakkur  tarzini 
shakllantirish, dars va mashg‘ulotlarni o‘quvchining nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad 
qilib olindi. Ona tili ta’limining bosh maqsadi bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini 
nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki  va yozma  shakllarda  to‘g‘ri,  ravon ifodalash va rivojlantirishga 
qaratilishi lozim. 
Zamonaviy    pedagogik    texnologiya    ta’lim  maqsadini  aniq    o‘rnatishdan  boshlab  to  uning  
natijalarini  baholashgacha  bo‘lgan bosqichlarning  har  biri  uchun  ijodiy  faoliyatni  talab etadi. Pedagog 
faoliyatining texnologiyalanuvchanlik darajasini prof. N.Sayidahmedov quyidagi mezonlar asosida alohida 
ajratib ko‘rsatgan. 
Tashxislanuvchan  o‘rnatilgan  maqsad    –   o‘quvchi    -  talaba  tomonidan  didaktik,  jarayon  mahsuli 
sifatida o‘zlashtirilgan aniq o‘lchamli tushunchalar, amallar va faoliyat turlari. 
Ta’lim  mazmunini  o‘quv  elementlari  yordamida  bayon  qilishda  abstraksiya  pog‘onalarining  va 
axborotlarni o‘zlashtirish darajasining hisobga olinishi. 
O‘quv materiallarini o‘zlashtirish bosqichlarining yetarlicha mantiqiy qat’iyanligi – didaktik jarayon 
tuz-ilmasiga mosligi. 
O‘quv jarayoniga yangi vositalar va axborotlashtirish usullarining joriy etilishi. 
O‘qituvchining qoidabop (algoritmli) va erkin, ijodiy faoliyatidagi mumkin bo‘lgan chetga chiqish 
chegarasi-ning ko‘rsatilishi. 
O‘quvchi  va  o‘qituvchi  faoliyatida  shaxsiy  mo-tivlashganlikning  ta’minlanishi  (erkinlik,  ijodiyot, 
kurashuvchanlik, va boshqalar). 


 
147 
 
O‘qitish jarayonining har bir bosqichida kommunikativ munosabatlarning, axborot texnikalari bilan 
muomala qilishning maqsadga muvofiqligi. 
Kreativ    fikrlashini    shakllantirishda    o‘qituvchi    o‘quv    faoliyatninig    faol    tashkilotchisi  bo‘lib, 
o‘quvchi bu faoliyatning sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda o‘qitishning maqsad va vazifalari, uning 
mazmuni  va  ku-tilayotgan  natijalar  bevosita  ta’lim  oluvchining  individual  imkoniyatlari  doirasida 
belgilanadi  va  shunga  moslashtiriladi.  Kreativ  fikrlashini  shakllan-tirishning  muhim  vositasi  –  interfaol 
o‘qitish metodlaridir. «Keys-stadi», «SCORE»,   «SWOT-tahlil», 
«Sinkveyn»,   «FSMU»,   «Xulosalash»   (Rezyume),  «Klaster»,   «Labirint»,   «Qora quti», 
«CHarxpalak»    metodlari    o‘quvchilardan    axborotlarni    o‘zlashtirish  jarayonidagi  faollikni, 
ijodkorlik,  mustaqillikni  shakllantiribgina  qolmay,  o‘qitish  maqsadlarining  to‘laqonli  amalga  oshishiga 
yordam  beradi.  Interfaol  ta’lim  sharoitidagi  bellashuv,  raqobat,  tortishuv  ruhi-yati  shaxsning  intelektal 
faolligiga  kuchli  ta’sir  qiadi.  Bu  talabalarni  uyushgan  holda  muamoni  yechishga  bo‘lgan  harakatlarida 
namoyon bo‘ladi. 
Bundan  tashqari  bir  qator  omillar,  ya’ni  atrofdagilar  tomonidan  bildirilgan  fikrlarga  munosabat 
bildirish,  o‘z  pozitsiyasini  shakllantirish,  tanqidiy  mulohazalar  ta’lim  oluvchini  yangi  imkoniyatlarini 
namoyon bo‘lishiga zamin hozirlaydi. Bunday ta’lim sharoiti esa ta’lim oluvchidan mustahkam bilim, keng 
dunyoqarash,  faollik  va  ijodkorlikni  talab  etadi.  Shu  nuqtai  nazardan,  interfaol  ta’lim  sharoitini  ta’lim 
amaliyotiga joriy etish: 
Birinchidan,  ta’lim  jarayonida  shaxsning  bilish  faolligi,  motivatsiyasi  va  intellektual 
imkoniyatlarining rivojlanishini; 
Ikkinchidan,  o‘quvchilar  uchun  zarur  bo‘lgan  kasbiy  bilim,  malaka  va  ko‘nikmalar  tizimini 
o‘zlashtirish samaradorligi va muvaffaqiyatini; 
Uchinchidan, adaptatsiya va faollikni; 
To‘rtinchidan,  nostandart  tafakkur    ko‘nikmalari:    mustaqil    va    tanqidiy    fikrlashni  ijodkorlikni 
shakllantirish uchun zaruriy psixologik-pedagogik muhit yaratadi. 
Ona  tili  mashg‘ulotlari  bosqichli  ketma-ketlik,  shakl  bilan  mazmun  aloqadorligi,  tilshunoslik 
bo‘limlarining o‘zaro zich bog‘liqligi asoslarida ko‘riladi. Boshlang’ich ta’lim bosqichida o’quvchilarning 
ona  tili  ta’lim  sohasi  bo’yicha  tayyorgarlik  darajasiga  qo’yiladigan  minimal  talablar  quyidagi  uch 
parametrik standart o’lchovi orqali aks ettiriladi. 
O’qish texnikasi. 
O’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash. 
Fikrini yozma shaklda bayon etish malakasi. 
Xulosa qilib aytganda, fikrlash – ob’ektiv borliq aksi, til esa – fikrni ifodalash, mustahkamlash va 
uni boshqa kishilarga yetkazish usuli hisoblanadi. So‘z va tushuncha dialektik jihatdan o‘zaro bir- biriga 
bog‘liqdir. 
Til bilan fikrlashning o‘zaro uzviy bog‘liqligi haqidagi qoida bolalarga ona tilini o‘qitish  tizimini 
ishlab  chiqish,  ta’lim  va  tarbiya  ishlarining  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lishi  haqidagi  talabni  asoslash  uchun  hal 
qiluvchi ahamiyatga egadir. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 
1.Yo`ldoshev  J.,  Yo`ldosheva  F.,  Yo`ldosheva  G.  Interfaol  ta’lim-sifat  kafolati  .-T.,  2008 
2.Yo`ldoshev J.G`., Hasanov S. Zamonaviy pedagogik texnologiya asoslari. –T.: “Iqtisod-moliya”,2009.-
658 b. 
3.Maxmutov M.I. Organizatsiya problemnogo obucheniya v shkole.-M.:Pedagogika, 1977. 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish