afzalliklari. Pedagoglarning yangilangan darsliklarga mos bilim saviyasini
oshirish
Buxoro viloyat G’ijduvon tuman
27- umumiy o’rta ta’lim maktab oliy
toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Fayziyeva Shaxnoza Shukrulloyevna
Annotatsiya:
Ushbu maqolada “Milliy dastur asosida ishlab chiqilgan yangi
talqindagi 1-2-sinf darsliklari va pedagoglarning yangilangan darsliklarga mos bilim
saviyasini oshirish” haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar:
Innovatsiya,darslik,attestatsiya,malaka,ko’nikma,milliy dastur.
Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy
ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida
o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda. Innovatsiya (in-
“lik”, novus-“yangi”) yangilik kiritish,
yangilik degan ma’noni anglatadi. “Innovatsion ta’lim” deganda odatda o‘quv
jarayoniga yangi (foydali) elementlar olib kirish tushuniladi. Shuning uchun ta’lim
tizimida innovatsiya o‘zgartirish bilan bevosita bog‘liq.
Bunday o‘zgartirishlar ta’lim tizimining:
maqsadiga;
mazmuniga;
metod, texnologiyasiga;
tashkil etish shakli va boshqaruv tizimiga;
pedagogik faoliyatdagi o‘ziga xoslik va o‘quv-bilish jarayonini tashkil etishga;
ta’lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga;
o‘quv-metodik ta’minotiga;
tarbiyaviy ishlar tizimiga;
o‘quv reja va o‘quv dasturlariga;
o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatiga bog’liq.
www.pedagoglar.uz
26-son 1 –to’plam may 2022
Sahifa: 143
“Avvallari darsliklar murakkab, akademik tilda yozilardi. Bu o‘quvchini fandan,
maktabdan bezdirdi” — Respublika ta’lim markazi. Bu markaz tayyorlagan darsliklar
chindan yangimi?
2021-2022-o‘quv
yili uchun Respublika ta’lim markazi O‘zbekiston
Respublikasidagi 1-2-sinf o‘quvchilariga yangi avlod darsliklarini taqdim etdi.
Mavzulashtirilgan, eski darsliklardan farq qiladigan, tamomila o‘zgartirilgan, turli
suratlar, illyustratsiyalar bilan boyitilgan va spiralsimon tarzda o‘qitiladigan
darsliklar o‘quvchilar e’tiboriga havola etildi. Xo‘sh, yangi avlod darsliklari
mutaxassislar ta’kidlaganidek, butunlay yangimi?
2020-yilda davlatimiz rahbari Xalq ta’lim vazirligi oldiga tubdan metodikani,
mazmunni yangilash, yangi avlod darsliklarini yaratish vazifasini qo‘ygan edi. XX
asr vaqtga asoslangan yoki dalillarni yod olishga yo‘naltirilgan ta’lim bilan o‘ziga
xos bo‘lgan. Lekin bugungi kunda ta’lim butun dunyoda o‘rganish natijalariga
asoslangan. Ya’ni o‘quvchi darslikdagi, dasturdagi biror mavzuni o‘rganolmadimi,
yana o‘sha mavzuni o‘qiydi. Oldingiga o‘xshab soatlarga bo‘lib berilmagan. Ilgari
o‘quvchi o‘rgansa-o‘rganmasa, keyingisiga o‘tib ketaverardik. Natijada bola
tushunmagani sayin darsni yomon ko‘ra boshlardi va o‘z-o‘ziga nisbatan bahosi
pasayib ketardi. Eng katta muammo ham shunda edi. Endi faqat yod olishga emas,
balki kompetensiyalarga asoslangan, deyilyapti butun dunyoda. O‘quvchi nimanidir
bilsin va nimanidir qila olsin. Bu shunchaki yod olishga mo‘ljallangan kontent emas,
darslik va dars ham yod olishga yo‘naltirish emas.
Sinf xonasida o‘qituvchi emas, o‘quvchi hukmron bo‘ladi. O‘quvchining mustaqil
faoliyati ko‘proq qo‘llab-quvvatlanadi. O‘qituvchi esa yo‘naltirib turadi. Bu nimaga
olib keladi? Oxir-oqibat bu o‘quvchining ertaga hayotga ham tayyor bo‘lishiga turtki
beradi. Ya’ni u sinf xonasida tanqidiy fikrini bildira olsa, ijodiy fikrlasa, jamoa bo‘lib
ishlashni o‘rgansa, muammoga yechim topolsa, unda to‘g‘ri qaror qabul qilish, yangi
g‘oyani ilgari surish, fan nuqtai nazaridan dunyoni o‘z ko‘zi bilan anglash
ko‘nikmalari shakllanadi. Shuningdek, pedagog kadrlar o’rtasida o’tkazilayotgan
attestatsiya test jarayonlari o’qituvchilarning bilim saviyasini, mahorati va malakasini
Do'stlaringiz bilan baham: |