www.pedagoglar.uz
26-son 1 –to’plam may 2022
Sahifa: 137
Bir so‘z bilan aytganda STEAM zamon talablari asosida xalqaro miqyosda
o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda umumta’lim fanlari bo‘yicha fanlararo
bog‘lanish va amaliy yondashuvni kuchaytirishga qaratilgan umumiy reja.
STEAM o‘ziga tabiiy fanlar, texnologiya, injenerlik san’ati, ijodkorlik,
matematika fanlarining amaliy jihatlarini umumlashtirib integratsiyalashni nazarda
tutadi.
«STEM» abbreviaturasi fanda ilk marta amerikalik bakteriolog olim tomonidan
1990
yillarda
taklif etilgan. Biroq 2000 yildan boshlab faol ishlatish boshlangan.
Hozirda «STEM» xalqaro ta’limda asosiy ko‘rsatkichlarlardan birini egallagan.
Milliy o‘quv dasturi natijalari
-Olgan bilimlarini real hayotda qo‘llay olish
-Talim uchun keng imkoniyatlar yaratadi
-O‘z fikr-mulohazalarini turli vaziyatlarda bildirish
-Har qanday vaziyatdagi hayotiy muommolarni xal qilish.
Har qanday o‘quv dasturi asosida o‘ziga xos kompetensiyalar joy egallaydi. Ular
quyidagilar:
Ilmiy xabardorlik kompetentsiyasi
-nazariy bilimlar asosida turli tabiiy obektlar, hodisa va jarayonlarning o‘ziga xos
xususiyatlarini biladi, tasvvur qiladi va mohiyatini tushunadi.
-tabiiy va boshqa resurslarning jamiyatdagi o‘rni hamda shaxsiy faoliyatidagi
ahamiyatini biladi.
-insonning atrof-muhitga ijobiy va salbiy tasir ko‘rsatishini tushuntiradi hamda global
va mintaqaviy ekologik muommolarning kelib chiqish sabablarini biladi.
-ekologik muommoni hal etish yo‘llari va g‘oyalarini ilgari suradi, o‘z fikrini bayon
etadi.
-salomatlik va sog‘lom turmush tarzining nazariy hamda amaliy asoslarini biladi.
www.pedagoglar.uz
26-son 1 –to’plam may 2022
Sahifa: 138
Amaliy kompetentsiya
-turli axborot manbalaridan zaruriy malumotlarni topa oladi, shaxsiy va kasbiy
faoliyatida qo‘llaydi.
-tabiiy fanlardan egallagan bilim ko‘nikma va malakalaridan shaxsiy, kasbiy va
ijtimoiy faoliyatlarida vujudga keladigan muommolarni hal etishda qo‘llay oladi.
-hodisalarni kuzatadi, taqdimotlar , tajribalar o‘tkazadi va zaruriy kattaliklarni,
asboblar (sekundomer, tarozi, o‘lchov tasmasi, termometr va h.k) yordamida
o‘lchaydi, hisoblash ishlarini bajaradi.
-kundalik faoliyatida ijodiy va mantiqan fikrlab, o‘zining intellektual rivojlanishini
ongli rejalashtiradi, o‘quv faoliyati natijalarini nazorat qiladi va baholaydi.
Tayanch kompetensiyalari 4 ta:
1.Kommunikativ
2.O‘zini o‘zi rivojlantirish
3.Axborot bilan ishlash
4.Ijtimoiy emotsional va fuqorolik
Do'stlaringiz bilan baham: |