‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I


Tarbiyaning  maqsad  va  vazifalari



Download 11 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/415
Sana07.08.2021
Hajmi11 Mb.
#140757
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   415
Bog'liq
PEDAGOGIKA

Tarbiyaning  maqsad  va  vazifalari. 
Tarbiya  maqsadi  va  mazmuni 
metodlarni t o ‘g‘ri tanlashga  imkon  beradi.  Maqsad qanday bo‘lsa,  unga 
erishish  metodlari  unga  muvofiq  b o ‘lishi  zarur.
Tarbiyaning  mazmuni shaxsning shakllanishiga q o ‘yiluvchi  ijtimoiy 
talablar  mohiyatidan  iborat.  Unutmaslik  kerakki,  aynan  bitta  vazifa 
turli  xil  fikrlar  bilan  t o ‘ldirilgan  bo'lishi  m umkin.  Shuning  uchun 
metodlarni  um uman  m azm un bilan emas, balki aniq  fikr bilan bog‘lash 
g ‘oyat  muhimdir.
T arbiyalanuvchilarning  vosh  xususiyatlari.  Tarbiya  jarayonida 
tarbiyalanuvchilarning  yosh  xususiyatlarini  inobatga  olish  maqsadga 
muvofiqdir.  Yosh  xususiyatlari  muayyan  bir  yosh  davriga  xos  bo ‘lgan 
a n a to m ik,  fiziologik  (jismoniy)  va  psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, 
m as’uliyat  tuyg‘usini  boshlang‘ich  t a ’lim,  o ‘rta  t a ’lim  va o ‘rta  maxsus, 
k asb -h u n a r ta ’limi  muassasalarida ta ’lim olayotgan  o ‘quvchilarda  ham


sh a k lla n tirish   m um kin.  Biroq  h a r   bir  b o sq ic h d a   m a z k u r   sifatni 
shakllantirish  borasida turli  m etodlar  qoMlaniladi.
Xalq  pedagogikasida tarbiva m etodlari.  Xalq pedagogikasi o ‘zbekona 
axloq,  odob va tarbiyaning barcha qirralarini o ‘zida  mujassamlashtirgan. 
Xalq  pedagogikasida  turlicha  tarbiya  metodlari  ham da  vositalaridan 
foydalaniladi.  Bu  metod  va  vositalar  nihoyatda  rang-barang  b o ‘lib, 
k o ‘p  jihatlari  bilan  ilmiy  pedagogikadan  ustunlik  qiladi.  Binobarin, 
ushbu  metodlar  ilmiy  pedagogikaning  shakllanishiga  ham   o ‘z  t a ’sirini 
o ‘tk a z g a n .  Xalq  p e d a g o g ik a s id a   q o ‘lla n ilg a n   x ilm a - x il  t a r b i y a  
metodlarini  quyidagi  tarzda  umumlashtirish  mumkin.
1.  Tushuntirish  (hikoya  qilish,  o ‘rgatish).
2.  Mashqlantirish  (odatlantirish,  mashq  qildirish).
3.  Nam una  (maslahat berish,  u z rs o ‘rash,  yaxshiliklarhaqida so‘rash, 
o ‘rnak  b o ‘lish).
4.  Nasihat  qilish, o ‘git  (undash,  ko‘ndirish,  iltimos qilish,  yolvorish, 
tilak-istak bildirish,  m a ’qullash,  rahmat  aytish,  duo qilish,  oq y o ‘l tilash 
va  hokazolar).
5.  Qoralash  va jazo  (ta’kidlash,  t a ’na,  gina,  tanbeh  berish,  m ajbur 
qilish,  koyish,  ayblash,  uyaltirish,  q o ‘rqitish,  nafratlanish,  o n t-q a s a m  
ichirish,  urish,  kaltaklash  va  hokazolar).
Agar  e ’tibor  berilsa,  yuqoridagi  beshta  m etod  um um iy  yaxlitlikni 
ifodalaydi.  Oldin  bolaga  um umiy jarayonning  mohiyati  tushuntiriladi. 
Bolalar narsa,  hodisa va jarayonlarning  mohiyatiga tushunm aganlarida 
tarbiyachi  namuna vositasidan  foydalanadi,  ya’ni,  yoshlarning  mustaqil 
kuzatuvchanligiga  e ’tibor  beriladi.  Bu  holatda  ham   tu sh u n m a g a n la r 
kattalarning  nasihati,  o ‘g‘iti  asosida  narsa,  hodisa  yoki jarayonlarnin g 
mohiyatini  anglaydilar.  Bordiyu,  bu  holatda  ham   kutilgan  natijaga 
erishilm asa  yoki  bolalar  e ’tib o r   q ara tilg a n   h o la tn in g   m o h iy a tin i 
tushunishni  istamasalar,  eng  so‘nggi  chora  sifatida  qoralash  va  jaz o  
m etodidan  foydalanishga  t o ‘g ‘ri  keladi.  Biroq,  bu  eng  so‘nggi  chora. 
Zamonaviy  pedagogika g‘oyalariga  k o ‘ra  qoralash  va jazo   m etodlarini 
so‘nggi,  aniqrog‘i  kam  samara  beradigan  chora  ekanligi  isbotlangan.
Xalq  pedagogikasi  n am u n alari,  tarbiya  m etodlari  va  tarbiyaviy 
t a ’sirlar  muayyan  vositalar  yordam ida  q o ‘llanilgan.  M e h m o n   kutish, 
m ehm onga  borish,  turli  m ehnat jarayonlari,  hasharlar,  turli  g urunglar 
(choyxona, t o ‘y marosimlari), sayillar,  oilaviy a n ’analar (tug‘ilgan  kun, 
fuqarolik pasporti,  umumiy o ‘rta,  o ‘rta  maxsus ham d a oliy m a ’lumotga 
egalik t o ‘g‘risidagi attestat  va diplom , shuningdek,  davlat  m ukofotlarini


olish  kabi  holatlarni  nishonlash)  va  musobaqalar  o ‘ziga  xos  tarbiya 
vositasi  sanaladi.
j ^ litimoiv ongni  shakllantiruvchi  metodlar  o ‘quvchilarda  m a ’naviy- 
axloqiy sifatlar,  e ’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish  maqsadida 
ularning ongi,  his-tuyg‘usi va  irodasiga ta ’sir ko‘rsatish  usullari sanaladi.
Bu  guruh  usullarining  mohiyati  shundaki,  ular  orqali  o ‘quvchilar 
ongiga  jamiyatda  ustuvor  o ‘rin  tutuvchi  ijtimoiy  g'oya  va  maqsadlar 
singdiriladi.  Yoshlar  dunyoqarashini  shakllantirish,  ularning  hayot 
m azm unini  tushunib  olishlariga  ko ‘maklashish  uchun  ijtimoiy  ongni 
shakllantiruvchi  usullar q o ‘llaniladi.
0
‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va  ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning 
ichki  va  x alq aro   siyosati  m a z m u n in i  tu s h u n is h   va  idrok  qilish 
k o 'n i k m a l a r i n i   ta r b iy a la sh   lozim .  T u s h u n t ir is h   ijtim oiy  o n g n i 
shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan  usuldir.  Tushuntirishning vazifasi 
o ‘quvchilarni  yuksak  madaniyatli,  milliy  g ‘urur  tuyg'usiga  ega  b o ‘lib 
voyaga  yetishlarini  tarbiyalashga  yordam  berishdan  iborat.
T ushu n tirishda  o'quvchilarga  m am lakat  fuqarosining  davlatga 
nisbatan  muayyan  huquq  va  burchlar  asosida  bog‘langanligi  borasida 
m a ’lumotlar  beriladi.  Bunda  davlat  bayrog'i,  gerbi,  madhiyasi  ham da 
Konstitutsiyasiga  sadoqat  ruhida  tarbiya  berishning  ahamiyati  katta. 
Shu sababli davlat  bayrog‘i, gerbi,  madhiyasi hamda  Konstitutsiyasining 
mohiyati  tushuntiriladi.
Suhbat.  0 ‘quvchi  shaxsini  g‘oyaviy  va  m a ’naviy-axloqiy jihatdan 
s h a k ll a n ti r i s h d a   o ‘q itu v c h in in g   jo n li  s o ‘zi  eng  t a ’s irc h a n   usul 
h isoblanadi.  Suhb at  u ch u n   mavzu  ta n la s h d a   uning  m az k u r  sin f 
o ‘quvchilari uchun  dolzarbligi, 
0
‘quvchilarda  m a’naviy-axloqiy ishonch 
uyg‘otishning suhbat  mazmuniga  boMgan  munosabatlari  va suhbatdan 
kutilayotgan  natijani  hisobga  olish  zarur.  Suhbat  quyidagi  mavzularda 
uyushtirilishi  mumkin:
a)  etik  mavzular  (ijtimoiy  m a ’naviy-axloqiy  m e’yorlar, jam iyatda 
ustuvor o ‘rin tutuvchi  ijtimoiy munosabatlar, jam oa orasida o ‘zini tutish 
qoidalari  va  boshqalar);
b)  estetik  mavzular  (tabiat  go‘zalligi,  shaxslararo  munosabatlar, 
inson  go'zalligi);
d)  siyosiy  mavzular  (davlatning  ichki  va  tashqi  siyosati,  dunyo 
voqealari,  xalqaro  m unosabatlar va  boshqalar);
e)  t a ’lim  va  bilishga  oid  mavzular (koinot,  hayvonot  va o ‘simliklar 
dunyosi,  elektronika  va  boshqalar).


Suhbatlarning,  shuningdek,  ijtimoiy-foydali  m ehnatni tashkil  etish, 
huquqiy, ekologik,  iqtisodiy va gigiyenik  mavzularda  ham tashkil etilishi 
o'zinin g  ijobiy  natijalarini  beradi.
Suhbat  davomida  o ‘quvchilarga  ularning  o ‘z  fikrlarini  erkin  ifoda 
etishlari  hamda  mustaqil  fikrlashlariga  im kon  beruvchi  savollar  bilan 
m urojaat  qilish  ju d a   m uhim dir.  Bu  b o rad a   b a hs-m u no z ara la rn ing 
ahamiyati  katta.
Hikova. 
0
‘quvchilar o d a td a   hayot  va  turli  adabiyotlardan  olingan 
aniq  misollar bilan boyitilgan  hikoyalarni  katta qiziqish bilan tinglaydilar. 
Ularga  axloq  m e’yorlari,  xalq  o ‘tmishi,  tabiiy  boyliklar,  q a h ra m o n la r 
hayoti  va jasorati,  shuningdek,  tarix,  adabiyot  va  s a n ’at  haqida  hikoya 
qilib berish  mumkin.  Badiiy adabiyot  namunalari, shuningdek, ommaviy 
axborot  vositalari — radio,  televideniye, gazeta va ju rnallar sahifalarida 
e ’ion  qilingan  m a ’lumotlar  h am   o ‘quvchilar u ch u n   qim m atli  material 
b o ‘ladi.  Suhbat  ham ,  hik o y a  ham   o ‘q u v c h ila rn in g   yoshiga  m o s 
mavzularda ulartushunadigan  so‘zlar vositasida adabiy tilda o ‘tkazilishi 
maqsadga  muvofiqdir.  Suhbat  yoki  hikoya  mavzusining  o ‘qu vchilar 
tom onidan belgilanishi, ularning samarali kechishini t a ’minlaydi,  buning 
natijasida o ‘quvchilar ilgari surilayotgan  mavzuga befarq qaram aydilar.
N am u na.  0 ‘quvchilar o ‘z atrofidagi kishilarda  ham m a yaxshi axloqiy 
sifatlarni  ko‘rishlari  va  ibrat  olishlari  nihoyatda  muhim.
0
‘qituvchining  shaxsan  o ‘zi  n a m u n a   bo'lishi,  ayniqsa,  yoshlarga 
katta  t a ’sir  ko‘rsatadi.  Ular  o ‘qituvchining  darsda  va  h a y o td a   o ‘zini 
qand ay   tutishini,  atrofdagi  kishilar  bilan  qan day   m u o m a la   qilishini, 
o ‘z  vazifalarini  qanday bajarishini  ku/'atib  yuradilar.
0
‘quvchilaro‘zlariga yaqin  kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, 
Xulq-atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning,  ba’zan esa yom on sifatlaming 
ham   tarkib  topishiga  t a ’sir  k o ‘rsatadi.  Shuning  uch u n   o ‘q itu v c h i  va 
o ta-o n a la r har qanday h olatda  ham  o ‘zlarini tuta  bilishlari k erak.  Ular 
qayerda  bo'lishmasin,  atroflarida  bolalar  borligini  his  etishlari  lozim. 
Kattalarning  so‘zi  bilan  yurish-turishi  va  x a tti-h a ra k a tla rid a   tafovut 
b o ‘lmasligi  kerak.
Ilg‘or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan  m a ’lum otlar,  adabiy 
asar,  kinofilm va spektakllar qahram onlarining xatti-harakatidagi yaxshi 
n a m u n a lar  bolalarning  ongiga  kuchli  t a ’sir  qiladi.
Maktablarda ishlab chiqarish  ilg‘orlari bilan uchrashuvlar o ‘tkaziladi. 
0
‘quvchilar o ‘z  ota-onalarining  ishlab  chiqarishdagi  m uvaffaqiyatlari 
bilan  faxrlanadilar,  ularga  taq lid   qilishga  intiladilar.


Namunada  xalq  pedagogikasi g ‘oyalaridan  ham  foydalaniladi.  Ota- 
o n a la r   o ‘z  f a r z a n d la r i n i   h a m is h a   k a tta   h a y o tiy   tajrib a g a   ega, 
dunyoqarashi  va  bilim  doirasi  keng  kishilardan  ibrat  olishga  d a ’vat 
qilib kelganlar.  Masalan,  «Qush  uyasida ko‘rganini  qiladi». Juda oddiy 
xulosa.  Shu  oddiy  xulosa  ostida  q an ch a  fikrlar jamlanib  yotganligini 
hamisha  ham  fahmiga  boravermaymiz.  Bu  bilan  xalq  «uyingda tartibli 
b o ‘l,  aks  holda  bo lan g  k o ‘chada  tartibsiz  b o ‘ladi»,  «bola  oldida 
birovlarning  g‘iybatini  qilma,  bolang  g ‘iybatchi  b o ‘ladi»,  demoqchi.
$ _ 0 ‘z - o ‘zini  t a r b i y a l a s h   m e t o d l a r i .   0 ‘q u v c h id a   o ‘z - o ‘zini 
tarbiyalashga,  ya’ni,  o ‘z  ustida  ongli,  batartib  ishlashga  ehtiyoj  paydo 
b o ‘lgandagina  tarbiya  jarayonini  samarali  deb  hisoblash  mumkin. 
Tarbiya  jarayonida  o ‘z - o ‘zini  tarbiyalash  metodlaridan  foydalanish 
samarali  hisoblanadi.  Q ‘z - o ‘zini tarbiyalash  metodlari  o ‘quvchilarning 
o ‘zini  o ‘zi  idora  qilishlari,  turli  o ‘quvchilar  organlari  faoliyatida  faol 
ishtirok  etishlarini  t a ’minlash,  ularning  ijtimoiy  mavqelarini  oshirish 
m aqsadida  q o ‘llaniluvchi  usullardir.
0
‘z - o ‘zini  tarbiyalash  o ‘quvchilarning  o ‘zini  o ‘zi  idora  qilish  va 
o ‘quvchilarning turli organlari faoliyatida faol  ishtirok etishni ta ’minlash, 
u l a r n i n g   ijtim o iy  m av q e in i  o s h ir is h n in g   t a ’s irc h a n   vositasidir. 
0
‘quvchilar  o ‘qish,  tarbiya  va  d a m   olishda  o ‘z - o ‘zini  tarbiyalash 
usullaridan foydalanadilar, bu usu llaro ‘quvchilarni o ‘z -o ‘zini tarbiyalash 
tashabbuskorlik  va  mustaqillikka  undaydi.
0
‘z - o ‘zini tahlil  (nazorat)  qilish  o ‘z shaxsi,  mavjud fazilatlari, xatti- 
harakati, xulq-atvorini tahlil qilish,  mavjud sifatlami boyitish yoki salbiy 
o d a tla rn i  bartaraf etishga  qaratilgan  faoliyat  usuli.
0
‘z - o ‘zini  tahlil  (nazorat)  qilish  uchun  o ‘quvchi  o ‘zining  yurish- 
turishi,  intizomi,  ijobiy  fazilatlarining  ortib borishi  va aksincha,  salbiy 
od atlarinin g   kamayib  borishi  haqida  muntazam   ravishda  kundaligiga 
yozib  boradi.
0
‘z - o ‘zini  baholash  maviud  fazilatlari,  xatti-harakati,  xulq-atvorini 
tahlil qilish asosida o ‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat  usuli.
0
‘q u v c h in in g   qobiliyatini  o ‘z  kuchi  bilan  yuzaga  chiqishiga 
yordam lashish zarur. 
0
‘z - o ‘zini baholash qiyin,  lekin o ‘quvchini bunga 
y e ta rli  tayyorlash  mumkin.  Shu  bois  o ‘quvchi  irodali  b o ‘lishi,  o ‘z 
b u r c h i n i  tushunishi, tahsil  va tarbiya  olish  uchun  sababli asos b o ‘lishi, 
y a ’ni,  tarbiyalanishni  xohlashi, o ‘zini  o ‘rtoqlari,  atrofdagilaming ko‘zi 
b ila n   ko'rish  va  o ‘z - o ‘zini  takomillashtirishga  intilishi  lozim.


0
‘z - o ‘zini baholash o ‘quvchi  uchun  shaxsiy imkoniyatlarini  hisob- 
kitob qilish, o'ziga chetdan turib xolisona baho berish, o ‘zidan  qoniqish 
hosil  qilishda  yordam   beradi.
Izohlash  —  tarbiyalanuvchiga  hissiy-og‘zaki  t a ’sir  etish  usuli. 
Izohlashning  hikoya  va  tushuntirishdan  farqlanadigan  m u h im   belgisi 
m uayyan  guruh  yoki  alohida  shaxsga  y o ‘naltirilganligidir.  U shbu 
m etodni q o ‘llash sinf o ‘quvchilarining um um iy yoki jam oa a ’zolarining 
shaxsiy xususiyatlarini bilishga asoslanadi.  Boshlang‘ich sinf o ‘quvchilari 
bilan  ish  olib  borishda  izohlashning  e le m en ta l-  usul  va  vositalari 
qoMlaniladi:  «Shunday harakat  qilish  kerak»,  «H am m a shunday qiladi». 
0
‘smirlar bilan  ishlaganda m a’naviy-axloqiy tushunchalarning  ijtimoiy 
aham iyati  va  m a ’nosini  izohlash  zarur.  Izohlash  quyidagi  holatlarni 
yuzaga  keltirish  uchun  qoMlaniladi:
1)  yangi  m a ’naviy-axloqiy  sifatlar  yoki  xulq  koMiikmalarini  tarkib 
toptirish  va  mustahkamlash;
2
)  tarbiyalanuvchilarning  sodir etilgan  muayyan  hodisa  (m asalan, 
sinf o ‘quvchilari ommaviy ravishda darsga kelmaganlari)ga t o ‘g ‘ri,  ongli 
m unosabatni  hosil  qilish.
M aktab  amaliyotida  izohlash  ishontirishga  tayanadi.  Ishontirish 
vositasida o ‘quvchi  ruhiyatiga sezilarsiz holda ta ’sir etiladi.  BoshlangMch 
s in f   o ‘quvchilari  hamda  o ‘smirlar  ishonuvchan  boMishadi.  Pedagog 
ishontirishdan  tarbiyalanuvchi  m a ’lum  k o ‘rsatmani  qabul  qilishi  zaru r 
boM gan  v a z iy a tl a r d a   f o y d a la n a d i.  M a z k u r   m e t o d d a n   b o s h q a  
m etodlarning  t a ’sirini  kuchaytirish  u c h u n   ham   foydalaniladi.
Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta ’sir ko‘rsatish asosida 
ularda m a ’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan  bahs- 
m un oza ra   usuli  boMib,  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy,  estetik  va  huq uq iy 
m a v z u la r   (« D id  haqida  bahs»,  « M a s h h u r   boMish  yoMlari»,  «Biz 
madaniyatli  kishilarmizmi?»  va  h okazolar)da  o ‘tkaziladi.  M u n o z a ra  
turli  nuqtayi  nazarlar  t o ‘qnashgan  vaziyatda  o ‘quvchilarda  m a ’lum 
hodisaga  nisbatan  ishonch  hosil  qilishga  yordam   beradi.
M unozara  asosida  turli qarashlar yotadi.  Bahs  ijobiy  natija  berishi 
u c h u n   puxta tayyorgarlik ko‘rish  maqsadga  muvofiq.  M u no zara  u c h u n  
m u sta q il  m u lo h a z a   va  qarashni  yu zag a  keltiruvchi  5—6  ta   savol 
tayyorlanadi.  Ushbu  savollar bilan  m u n o z a ra   ishtirokchilari  o ld in d a n  
tanishtiriladilar.  Ba’zan  tarbiyachi  m u n o z a r a   ishtirokchilarini  o ‘zi 
tayinlashi  ham   mumkin.  Chiqishlar jo n li,  erkin  va qisqa  boMishi zarur. 
M a tn n i  yozish  kerak  emas,  agar  sh u n d a y   holat  yuz  bersa  m u n o z a ra


zerikarli tus oladi.  Pedagog munozara  ishtirokchilariga  fikrlarini  ixcham, 
asosli  va  dalillar  asosida  bayon  etishga  yordam  beradi.
^  Mashq  va  o ‘rgatish  (faolivatda  mashqlantirish)  metodlari  muayyan 
m ashq  yordamida bolalar faoliyatini oqilona,  maqsadga  muvofiq va  har 
to m o nlam a  puxta  tashkil  qilish,  ularni  axloq  m e ’yorlari  va  xulq-atvor 
qoidalarini  bajarishga  odatlantirishdir.  Odatlar bolalikdan  tarkib topadi 
va  shaxs  rivojlanishining  keyingi  bosqichlarida  mustahkamlanib  boradi.
0
‘qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlarning tarbiyalanib 
borayotganligini  kuzatib  borishlari  kerak. 
0
‘quvchilar  odatlarni  o ‘z 
yaqinlaridan  meros  qilib  olmaydi,  balki  ular  atrofdagilar  bilan  faol 
muloqotga  kirishishlari  tufayli  taqlid  qilish,  uzluksiz  tarbiyani  yo‘lga 
q o ‘yish  asosida  tarkib toptiriladi.  Natijada  odat  xarakterga  aylanadi.
Mashq  muayyan  xatti-harakatlarni  ko‘p  marotaba takrorlashni  o ‘z 
ichiga  oladi.  Mashq  va  odatlantirish  o'quvchi  uchun  ongli,  ijobiy 
jarayondir.  Mashq  natijasida  ko‘nikma,  odat,  yangi  bilimlar  hosil 
qilinadi,  o ‘quvchining  aqliy  qobiliyati  rivojlanadi,  m a ’naviy-axloqiy 
sifatlari  boyiydi,  hayotiy  tajribasi  ortadi.
Q ‘rgatish  tarb iyalanuvchilar  ijtimoiy  x u lq -a tv o r  ko ‘nikm alari, 
odatlarini  shakllantirish  maqsadida  rejali  va  izchil  tashkil  qilinadigan 
turli  harakatlar,  amaliy  ishlardir.
0
‘rgatish  bir  necha  izchil  harakatlar  yig‘indisidir. 
0
‘qituvchi  bu 
harakatlarni  ko‘rsatib  berishi,  tushuntirishi,  kuzatishi  lozim.
Tarbiya  amaliyotida  mashq  qilishning  turli  xili  mavjud:
1
)  faoliyat da  mashq  qilish;
2
)  kun  tartibi  mashqlari;
3)  maxsus  mashqlar.
Faoliyatda  mashq  qilish  mehnat,  ijtimoiy h a m d a  jam oa  faoliyatini 
t a s h k i l   etish  va  o ‘z a ro   m u n o s a b a tn i  y o ‘lga  q o ‘yish  o d a tl a r i n i  
tarbiyalashga  qaratilgandir.  Kun  tartibi  mashqlari  belgilangan  kun 
tartibiga amal  qilish,  shu bilan  bog‘liq  istak va harakatlarni boshqarish, 
ish  va  b o ‘sh  vaqtdan  t o ‘g ‘ri  foydalanish  odatiga  o'rgatadi.  Maxsus 
m a s h q l a r   m a d a n iy   xulq  k o ‘n ikm a  va  m ala k ala rin i  hosil  qila di, 
mustahkamlaydi.
Topshiriq  o ‘quvchilarda  mehnat,  ijtimoiy  xulq  va  hayotiy  tajriba 
k o ‘n i k m a l a r i n i   s h a k ll a n ti r i s h   m a q s a d id a   q o ‘lla n ila d ig a n   usul. 
0
‘quvchilarning topshiriqlarni jam oa bo‘lib bajarishlari ularda  ijtimoiy 
xulq tajribalarini shakllantirishda alohida  ahamiyatga ega. 
0
‘quvchilar 
o ‘z  kuchlarini  um u m   ishiga  sarflashga, jam o a  uchun  mas’uliyatni  his


etishga  o ‘rganadilar,  M ehnat  qilish  o ‘quvchilarning  h a ra k a tla rin i 
shakllantiradi,  mustahkamlaydi.
Pedagogik  talab  turli  xatti-harakatlarni  bajarish  ha m d a   faoliyatda 
ishtirok etish jarayonida o ‘quvchi tom onidan amal  qilinishi zarur b o ‘lgan 
ijtimoiy xulq-atvor m e ’yorlari.  Pedagogik talab tarbiyaning eng m u h im  
u s u ll a r i d a n  
b irid ir. 
P e d a g o g ik   t a l a b  
m a ’lu m  
h a r a k a t l a r n i  
r a g ‘b a tla n tiru v c h i  yoki  t o ‘x ta tu v c h i  h a m d a   o ‘q u v c h in i  o q i l o n a  
harakatlarni  bajarishga  undovchi  xarakterga  ega  boMishi  m um kin.
Rag‘batlantirish  tarbiyalanuvchining  xatti-harakati  va  faoliyatiga 
ijobiy  baho  berish  asosida  unga  ishonch  bildirish,  ko‘nglini  k o ‘tarish 
va  uni qoMlab-quvvatlash usulidir.  0 ‘qituvchi  har bir o ‘quvchi  shaxsida 
ro ‘y  berayotgan  ijobiy  o ‘zgarishlarni  anglay  olishi  zarur.  S h u n d a g in a  
o ‘quvchi o ‘zining kamolga yetayotganligini  his qiladi,  unda o ‘z  kuchiga 
nisbatan  ishonch paydo boMadi.  Uni  hurmat  qilishadi, unga  ishonishadi, 
uning fikrlari bilan qiziqishadi,  unga quloq  solishadi,  demak,  u ja m o a d a  
o ‘z o ‘rniga ega.  O'qituvchi ana shunday holatning yuzaga kelishi  uchu n 
rag‘batlantiruvchi  usullardan  foydalanadi. 
0
‘quvchining y a n a d a   ijobiy 
sifatlarga ega boMishga intilishiga y ordam  beradi.  M aktablar tajribasida 
rag‘batlantirishning  quyidagi turlari  qoMlaniladi:

Download 11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   415




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish