Obyekt nomini o'zgartirish
Windows operatsion tizimi, foydalanuvchilarga o'zining tarkibida
mavjud bo'lgan ko'pgina obyektlarining nomlarini o'zgartirish imko
niyatini taqdim etadi. Kontekst menyusi yordamida obyekt nomini
o'zgartirish quyidagicha amalga oshiriladi:
— Biror papkaga yoki faylga «sichqoncha» o'ng tugmasini bosing;
— Paydo bo'lgan kontekst menyusidan Переименовать amalini
tanlang;
— Klaviatura yordamida obyektning yangi nomini kiriting. Agar
obyekt turini o'zgartirish talab qilinmayotgan bo'lsa, u holda uning
yoyilmasini asl holicha qoldiring.
—
Enter
tugmasini bosing yoki «sichqoncha» ko'rsatkichini
obyektdan tashqariga bosing.
Natijada obyektga yangi nom joriy qilinadi. Tizimda obyektlar
nomini o'zgartirishning yanada tezroq usuli mavjud bo'lib, u klavia
turadan F2 tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |