2.3. Obyektlar ustida muayyan amallar
Obyektlarni belgilash
Obyektlar (fayllar va papkalar) ustida bajariladigan ixtiyoriy amal
ularni belgilashdan boshlanadi. Obyektlarni belgilashning asosiy
usullari quyidagilardan iborat:
— Bitta obyektni belgilash uchun unga «sichqoncha» chap tugma
sini bosing. Agar «sichqoncha» ko'rsatkichi obyekt ustida ushlab
turilsa, u holda obyekt haqidagi axborotga ega bo'lgan yordamchi
matn paydo bo'ladi;
— Ketma-ket joylashgan bir guruh obyektlarni belgilash uchun
ro'yxatdan birinchi obyektni tanlang, so'ngra
S h ift
tugmasini bosgan
holda oxirgi obyektni tanlang;
— Ixtiyoriy tartibda joylashgan obyektlarni belgilash uchun Ctrl
tugmasini bosgan holda «sichqoncha» chap tugmasi bilan talab
qilinayotgan obyektlarni tanlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |