Sahifa yorlig'iga rang berish Hujjatdagi ayrim sahifalami alohida ajratib ko'rsatish uchun ular
ning yorliqlariga turli xil ranglar berish mumkin:
— Sahifa yorlig'iga «sichqoncha» o'ng tugmasini bosing;
— Kontekst menyusidan Цвет ярлычка amalini tanlang;
— Ranglar to'plamidan kerakli rangni tanlang;
— OK tugmasini bosing va sahifa yorlig'iga tanlangan rang joriy
qilinadi.
Sahifa yorliqlaridan ranglarni bekor qilish uchun quyidagilarni
bajaring:
— Sahifa yorlig'iga «sichqoncha» o'ng tugmasini bosing;
— Kontekst menyusidan Цвет ярлычка amalini tanlang;
— Ranglar muloqot oynasidan Нет цвета tugmasini tanlang;
— OK tugmasini bosing va sahifa yorlig'idan mavjud rang bekor
qilinadi.