Sahifani qayta nomlash
Hujjatlar bilan ishlash jarayonida, elektron jadvallar sahifalarining
nomlarini o'zingizga qulay ko'rinishda qayta nomlashingiz mumkin:
— Sahifa yorlig'iga «sichqoncha» o'ng tugmasini bosing;
— Kontekst menyusidan Переименовать amalini tanlang;
— Sahifa yangi nomini kiriting;
— Yangi nomni qabul qilish uchun Enter tugmasini bosing.
Eslatib o'tish kerakki, sahifalami qayta nomlashning yanada oddiy-
roq usuli ham mavjud:
— Sahifa yorlig'iga «sichqoncha» ko'rsatkichini ikki marta bosing;
— Belgilangan to'g'ri to'rtburchakka yangi nom kiriting;
— Nomni kiritib bo'lganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.
Ko'rib turganingizdek, sahifa yangi nom bilan qayta nomlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |