Yillarda kavkaz orti davlatlarida siyosiy vaziyat reja I. Kirish. II. Asosiy qism


Mavzuning o`rganilganlik darajasi



Download 81,69 Kb.
bet2/6
Sana10.04.2023
Hajmi81,69 Kb.
#926481
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1991-2022 YILLARDA KAVKAZ ORTI DAVLATLARIDA SIYOSIY VAZIYAT

Mavzuning o`rganilganlik darajasi XVIII asr ikkinchi yarmidan Safaviylar davlati zaiflashgach, Janubiy Kavkazning Eronga tegishli qismida bir necha mustaqil xonliklar paydo bo‘ladi. Bular Boku, Qorabog‘, Ganja, Shirvon, Sheki, Quba, Darband, Talish va Yerevan xonliklari edi. Aynan ushbu xonliklar Ozarboyjon va Armaniston Respublikasining (Yerevan xonligi) hozirgi sarhadlariga asos bo‘ladi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kavkaz orti davlatlarida siyosiy vaziyat, Armaniston va Ozarbayjon ortasidagi tog'li qorabog' masalasi.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishining obyektida 1991-2022 yillarda kavkaz orti davlatlarida siyosiy vaziyat keltirilgan.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, 3 ta paragraflar, xulosa, hamda foydalanilgan manba va adabiyotlar ro`yxatidan iborat.

1.Ozarbayjon 1991 -2022 yillarda ichki va tashqi siyosati.
O’tgan asrning so’nggi choragida sobiq SSSRda yuzaga kelgan iqtisodiy va siyosiy tanglik 1990-yillarning boshida iftifoqning parchalanshiga va 15 ta yangi mustqil davlat yuzaga kelishiga asos bo’ldi. Bu davrda birinchilardan bo’lib mustaqillikni qo’lga kiritgan mamlakatlardan biri Ozarbayjon edi.
Ozarbayjon Respublikasi 1991-yil 30-avgustda o’z mustaqilligini e’lon qildi va shu yili 18-oktabr kuni o’z Mustaqillik Deklaratsiyasini e’lon qildi. Ozarbayjon Respublikasi Janubiy Kavkaz mintaqasida joylashgan mamlakatlardan biri bo’lib, 48.5 mlrd AQSh dollori miqdoridagi YIM bila mintaqaning yetakchi mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat sharqda Kaspiy dengizi, sharqda Gruziya va Rossiya (Dog’iston Respublikasi), janubda Eron, g’arb va janubiy-g’arbda Armaniston, shuningdek Turkiya bilan anklav hududi-Navhichan Avtonom Respublikasi orqali chegaraga ega.
Sobiq Sovet iftifoqining so’nggi yillarda Ozarbayjon ittifoqning oshqa mamlkatlariga qaraganda yuqori daromadlarga ega mamlakat hisoblanardi. Mustaqillikdan so’ng ko’plab MDH davlatlari kabi Ozarbayjon ham qator iqtisodiy, siyosiy va etnik-madaniy muammolar va to’qnashuvlarga duch keldi. Armaniston bilan 1991-1994-yillarda Tog’li Qorabog’ uchun urush olib bordi va mag’lub bo’lib ko’plab yo’qotishlarga uchradi: hududining 20% okkupatsiya qilindi, 1 mln etnik ozarbayjon uy-joysiz qoldi. Ushbu urush mamlakatga qariyb 100 mlrd AQSh dolloriga tushdi.2
Iqtisodiyotda ham dastavval katta qisqarishlar kuzatildi. 1993-yilda ishlab chiqarish 1991-yilgi ko’rsatkichning 37 foizigina tashkil qildi, 1993-1994-yillardagi yillik inflatsiya 1000% dan yuqori bo’ldi. Mamlakat daromadlar bo’yicha mustaqillikdan oldingi darajaga faqatgina 1996-yilda erishdi.
Ozarbayjon 1990-yillarning oxirlariga kelib, 3-prezident Haydar Aliyev davrida siyosiy barqarorlik erishdi. Bungacha esa mamlakatda bir qator tartibsizliklar, qurolli muholifatlar shakllandi. Davlat Rossiya yordamidan foydalanuvchi Armanistonning harbiy-siyosiy bosimi ostida qoldi. Bir-necha bor harbiy mojorolar kelib chiqdi, tinch aholi orasidan ham qurbonlar kuzatildi.
O’tgan asrning oxiridan boshlab mamlakat iqtisodiyotida jonlanish sezila boshladi. Mamlakatda neft-gaz sanoatiga katta miqdorda investitsiya kiritildi va ushbu tarmoq davlat monopololiyasi – Ozarbayjon davlat neft fondi (SOFAZ) qo’liga o’tdi. Hukumat ushbu milliy neft-gaz monopoliyasidan kelgan daromadlarni yoqilg’i-energetika va boshqa tarmoqlar uchun investitsiya qildi va yangi asrda yuqori rivojlaishga erishdi. YIMning yillik o’sishi 20%dan o’tdi, hattoki ushbu ko’rsatkich 2006-yilda mutloq record darajaga yillik 34.5%ga yetdi. Mamlakat iqtisodiyoti uchun neft-gaz sanoati lokomativga aylandi, asosiy o’sish aynan yoqilg’i- energetika tarmog’ining hissasigga to’g’ri keldi. Eksportning 90%gacha enenrgiya tashuvchilar tashkil qilardi. YIMning aholi jon boshiga to’g’ri kelish ko’rsatkichlari bo’yicha o’rtacha daromadli mamlakatlarga yaqinlashdi. Keyin esa, yana paasayish kuzatildi.
Doimiy Armaniston tomonidan xavf borligini hisobga olgan holda milliy qurolli kuchlarini neft-gaz sanoatidan olgan daromadlari bilan o’z armiyasini ham isloh qildi, Isroil, Turkiya, Ukraina, AQSh, Chexiya kabi mamlakatlardan harid qilingan yarog’lar bilan ta’minladi. Bu borada Armanistonni ortda qoldirib, 2020-yil kuzida 44 kun davom etgan 2-Tog’li Qorabog’ urushida armanlarni o’zi uchun qulay bo’lgan shartnomani imzolashga majbur qildi, yakunda 1991-1994-yillardagi urushda yo’qotgan yerlarin aksariyat qismini qaytarib oldi, Tog’li Qorabog’ni qayta hukmron doirasi ichiga oldi, Armanistondagi anklavi bilan bevosita transport aloqalarini o’rnatdi va mintaqadagi mavqeyini anchagina mustahkamlab oldi.
Bugungi Ozarbayjon bir qator jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Iqtisodiyotning neft-gaz sanoatiga yuqori darajadagi bog’liqligi, Kaspiybo’yi hududlarining sanoat chiqindilari ifloslanishi, milliy valyuta devalvatsiyasining asoratlari, korrupsiya-shular jumlasidan.
Ozarbayjon siyosiy jihatdan tor doira qo’lida qolmoqda. Mamlakatni siyosiy barqarorlashtirgan Haydar Aliyev 2003-yilda 8-yil prezidentlik muddatini o’tayotib yurak hurujidan vafot etdi. Bugun u milliy qahramon va uning rasmi tushurilgan plakatlarini, haykal va byustlarini Ozarbayjonning istalgan hududidan topish mumkin. Uning davomchisi sifatida o’rniga kelgan o’g’li Ilhom Aliyev salkam 20-yildan beri president kursisida va saylovlarda 80% dan yuqori ovoz bilan g’olib bo’lib kelmoqda. Siyosiy elitaga qarshi chiqishning cheklanganligi, hukumatning yuqori darajadagi vatanparvarligi, shuningdek Qorabog’da yaqinda erishilgan g’alaba va prezidentlikka nomzod qo’yish miqdori cheklanmaganligini hisobga oladigan bo’lsak, hali-beri bu kursi bo’shamasligini tasavvur qilish qiyin emas. Uning rafiqasi Mehribon Aliyeva esaOzarbayjonning 1-xonimi bo’lishi bilan bir qatorda vitse-prezident ham hisoblanadi. Postsovet mamlakatlariga xos bo’lgan hokimiyatning bu qadar tor elita qo’lida to’planganligi, avloddan-avlodga meros o’tish hususiyati zamonaviy Ozarbayjonning xalqaro imijiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Zamonaviy Ozarbayjon bosib o’tgan yo’l juda ham murakkab va ayni vaziyatda ibratlidir. Zero, O’zbekiston ham, Ozarbayjon ham bir vaqtda mustaqillikka erishdilar, har ikkovi ham yetarlicha ishlab chiqarish salohiyatiga va omillariga ega. Bu orada Ozarbayjon 2 ta mintaqaviy urushni ham boshdan o’tkazdi. Bugun esa o’rtacha Ozarbayjon fuqarolari o’rtacha O’zbekiston fuqarosidan 3 baravar ko’p daromadga ega. Ushbu ilmiy ish davomida Ozarbayjonning rivojlanish yo’li o’rganiladi, O’zbekistonda qo’llash mumkin bo’lgan metodlari tavsiya qilinadi3. Buning uchun, Ozarbayjon nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy jihatdan ham tahlil qilinadi. Chunki har qarday iqtisodiy institutlar siyosiy tuzum soyasida shakllanishi e’tiborga oladigan bo’lsak, iqtisodiy o’sishlarni siyosiy institutlarsiz tasavvur qila olmasligimizga amin bo’lamiz




Download 81,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish