14- rasm. Yangi model detallari
2- usulda tanda ipi yo`nalishini 450 li burchak ostida belgilash kerak bo`lsin. Ekranning o`ng tomonida joylashgan yordamchi menyuda “Долевая линия” buyrug`i tanlanadi. “Burchak” (rus. “Угол”) yacheykasiga tanda ipi yo`nalishi “45”, “Uzunlik” (rus. “Длина”) 80 sm qilib belgilanadi. Shuningdek, nuqtaning boshlang`ich koordinata holati qiymatini “X” va “Y” qiymati bo`yicha ham kiritish mumkin.
|
|
Tanda ipi yo`nalishini belgilashda bir yo`nalishda, ya’ni xar bir detalda tanda ipi yuqoridan boshlab pastga tomon yo`naltirib chiziladi.
15- rasm. Detallarda tanda ipi yo`nalishini belgilash
Tayyor andozalarga detal haqidagi ma’lumotlarni kiritish uchun “Detali” rejimiga kiriladi. Ish stolining o`ng tomonidagi “Detal xossalari” (rus. “Свойства детали”) paneliga har bir detal haqida quyidagi ma’lumotlar kiritiladi (16- rasm):
detal nomi- old bo`lak;
material turi- ipak;
aylantirish- 180;
aylantirish turi- mustaqil;
akslantirish- OtrY;
akslantirish turi- mustaqil.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |