Yaponiyaning Janubiy Koreyaga qarshi qo‘llayotgan iqtisodiy taqiqlari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga jiddiy ta’sir qilmoqda



Download 192,06 Kb.
bet3/3
Sana01.07.2021
Hajmi192,06 Kb.
#106053
1   2   3
Bog'liq
korea- yaponiya

O‘rtakash o‘rni hozircha vakant

Xitoy janubdagi Koreyani qo‘llab-quvvatlaydi. Pekin buni rasmiy notada bildirdi va Yaponiyani tinchlik uchun bo‘layotgan harakatlarni bo‘g‘ishda aybladi. Shunga qaramay, Yaponiya o‘tmishdagi dog‘ni tan olmay, Koreyaga savdo urushi e’lon qilganini baralla aytolmaydi. Bu Jahon savdo tashkiloti qoidalariga zid.

Vashington ikki davlat munosabatlari keskinlashgan bir nechta vaziyatda mediator bo‘lgan. Oxirgi marta 2015 yili Tokio va Seulni prezident Barak Obama kelishtirgandi. Hozirgi AQSh prezidenti ma’muriyati ayni muammoni hal etishga shoshilmayapti. Trampdan iltimos qilsa, u aralashuvga tayyorligini aytgan. Ammo Davlat kotibi o‘rinbosari Devid Sitvell masalaga e’tibor qaratmagan. Mintaqadagi AQSh siyosati aynan Sitvell bayonotidan keyin ravshan bo‘lishi kerak edi, u esa yanada jiddiy muammolar haqida bosh qotirish zarurligini ta’kidladi, xolos.

Joriy yilning boshida Yaponiya Janubiy Koreyaning elektron sanoatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uchta kimyoviy mahsulotini import qilishni to‘xtatdi. Yaponiya hukumatiga ko‘ra ushbu qaror mamlakatdagi xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Rasmiy Seul esa qo‘shnisining qarorini "iqtisodiy qasos" sifatida qabul qilgan va Xalqaro Savdo Tashkilotiga bu bo‘yicha arznoma topshirgan. Tokio esa bunga javoban Janubiy Koreyani iyul oxiriga qadar o‘ta nozik mahsulotlar savdosi amalga oshiriladigan ishonchli davlatlarning "oq ro‘yxati"dan olib tashlash bilan tahdid qilgan. 

To‘satdan yuzaga kelgandek ko‘ringan iqtisodiy ziddiyatlar aslida 2018 yilning kuzida boshlangan edi. O‘shanda Janubiy Koreya Oliy sudi 1945 yilgacha Yaponiya hukumatiga qarashli kompaniyalar tomonidan majburan ishlatilgan, biroq haq to‘lanmagan koreyalik ishchilarning da’vosini yoqlab chiqqan va Yaponiyaning bu kompaniyalari jabrlanuvchilarga tovon puli to‘lab berishi kerakligi bo‘yicha qaror chiqargan. Ayni paytda Janubiy Koreya sudida 70 ta Yaponiya kompaniyasiga qarshi 1300 nafar da’vogarning arizalari ko‘rib chiqilmoqda. 

Koreya yarimoroli 1910 yildan 1945 yilgacha Yaponiya mustamlakasi bo‘lgan. Aynan shu yillarda ko‘plab koreyaliklar Yapon hukumati tomonidan majburiy mehnatga jalb qilingan. Ammo Yaponiya hukumatining bayonotiga ko‘ra, 1965 yilda imzolangan ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra, davlatlar o‘rtasidagi barcha nizo va oldi-berdilar hal qilingan.

Shunga ko‘ra, Tokio rasmiylari aybdor deb topilgan kompaniyalar oldiga tovon pullarini to‘lamaslik talabini qo‘ygan. Koreya esa shartnomada muayyan shaxslar bilan bog‘liq masalalar ko‘zda tutilmaganini aytib, Tokioning oqlovlarini rad qilgan. 

Aynan mana shu ayblov va qarorlar ikki hamkor o‘rtasidagi munosabatlarga zarar yetkazmoqda. Ammo ikki tomonlama ziddiyatlarning tarixiy asoslari ham bor. Misol uchun, koreyaliklarning fikricha, hukumat Yaponiya bilan bog‘liq tarixiy haqiqatlarga ko‘z yummasligi kerak. Xususan, mustamlaka davrida yapon harbiylari qo‘lida jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan millionlab koreys ayollarning haq-huquqlari tiklanishi va adolat qaror topishi zarur. Oxirgi prezidentlik saylovlarida ham barcha nomzodlar dasturlarida xalqning bu talabi qondirilishini e’lon qilishgan edi.

O‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, yaponiyaliklarning 50 foizi Koreya Respublikasiga nisbatan taqiqlarni qo‘llab-quvvatlagan. Bunga javoban, har uch nafar Janubiy Koreya fuqarosidan ikkitasi Yaponiya mahsulotlariga boykotni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. 

Ekspertlarning fikricha, Yaponiyaning Koreya yarimorolida uzoq asrlar davom etgan tarixiy ziddiyatlar yana yuzaga kelishi Osiyo iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. 
Download 192,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish