Ekologiya fani sohalari.
fiziologik ekologiya
|
Global ekologiya
|
Ijtimoiy ekologiya
|
Inson ekologiyasi
|
Injenerlik ekologiya
|
Biokimyo ekologiya
|
Evolutsion ekologiya
|
Morfologik ekologiya
|
Qishloq xo 'jaligi ekologiyasi
|
Koinot ekologiyasi
|
O 'simliklar ekologiyasi
|
Hashoratlar ekologiyasi
|
Umurtqalilar ekologiyasi
|
Chuchuk suv ekologiyasi
|
Dengiz ekologiyasi
|
Quruqlik ekologiyasi
|
Okean ekologiyasi
|
va boshqalar
|
Foydalangan adabiyotlar:
I.Xolliyev, A. Ikromov “Ekologiya” Toshkent-“Talqin” -2004. 22-26-betlar.
O.Hasanboyeva, X.Jabborova, Z.Nodirova “Tabiat bilan tanishtirish metodikasi” Toshkeny-2012. 5-7-betlar.
(B/N)-Savollari
1.Hozirgi zamon ekologiyasining tabiatdagi o’rni.
2.Tabiat haqida tushuncha.
3.Atrof muhitni muhofaza qilishda davlat tomonidan chiqarilgan farmonlarning ahamiyati.
4. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda o’tiladigan fanlarni to’g’ri tanlash.
2-ilova
Yangi o’quv materialining slaydli taqdimoti.
1. Umumiy ekologiya haqida tushuncha.
Bugungi kunda ekologiya fani tushunchasi har bir kishining ongiga singib bormoqda. Deyarli har kuni gazeta sahifalarida, radio va oynaijahon ko'rsatuvlarida hozirgi sharoitdagi ekologik muammolar hamda ularni hal etish borasida olib borilayolgan sa'y-harakatlar haqida ma'lumotlar beriladi. Ekologiya tushunchasini fanga birinchi bo'lib 1866-yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. Ekologiya tushunchasi yunoncha so'z bo'lib, «eko» — uy, yashash joyi, makon, maskan, «logos» — fan degan ma'noni bildiradi. Ya’ni o’z uyimizni avaylaymiz, asraymiz. O'rganish deganda, albatta, undagi barcha tirik organizmlar va jarayonlarni o'rganish, ya'ni ushbu uyni yoki maskanni hayot uchun yaroqli holda saqlash kabi masalalar tushunilishi kerak.
Tabiat biz o’zimiz tasavvur etgandan ko’ra murakkabroqdir. Ekologiyaning asosiy qonunini quyidagicha ifodalash mumkin:
Tabiatda inson nimaiki ish qilmasin ularning barchasi unda ko’pincha oldindan bilib bo’lmaydigan u yoki bu oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Ekologiya tirik jonzotlarning yashash sharoiti va ularning o'zlari yashab turgan muhit bilan o’zaro murakkab munosabatlari va shu asosda tug'ilgan qonuniyatlarni o 'rganadi.
Ma’lumki so’ngi yillarda “Ekologiya” so’zi juda ommaviylashib ketdi. Ko’pincha atrof-muhitning nomaqbul holati haqida gapirganda bu so’z tez-tez tilga olinadi. Ba’zan bu atama “Jamiyat”, “Oila”, “Inson”, “Salomatlik” kabi so’zlar bilan birgalikda ishlatiladi.
Insoniyat o’z taraqqiyotining ilk bosqichlarida tabiatga bo’ysunadi va faoliyat ko’rsatadi. Tabiat bilan uzluksiz munosabatda bo’ladi va muammolar keltirib chiqaradi. Bu muammolar ekologik muammolar bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |