Katta va tayyorlov guruhlar. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda faqat mehnatni tushunish ko‘nikmasigina emas, balki mehnat topshirig‘ini, uning natijasini ko'rsatishni, topshiriqlarning ketma-ketligini, kerakli anjomlarni tanlashni, mustaqil mehnat qila bilishni (tarbiyachining bir oz yordamida) ham tarkib toptirish lozim.
4 - savol. Bolalarni kattalar mehnatini bilan tanishtirish.
KICHIK GURUH
Kattalar mehnati. Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari (enaga, oshpaz, qorovul, hamshira va h.k.)ning mehnati haqidagi tasavvurlarini boyitish. Ularning mehnat jarayonlari (enaga xonani tozalaydi, idish-tovoqlarni, derazalarni yuvadi, sochiqlarni almashtiradi, ovqat keltiradi, bolalarning kiyinishlariga yordam beradi va h.k) bilan tanishtirish. Bolalarda kattalarning mehnati natijalarini hurmat qilishga va e’zozlashga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |