Yakuniy biznes. 1-Savol. Tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi deganda nimani tushunasiz?


-modda. Litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish



Download 102,59 Kb.
bet18/55
Sana21.05.2022
Hajmi102,59 Kb.
#605911
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Bog'liq
Yakuniy biznes nazariy savollar.

30-modda. Litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish
Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) faoliyat turlari bo‘yicha o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin besh ish kuni ichida vakolatli organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin besh ish kuni ichida vakolatli organga litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ayni bir faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun litsenziyasi yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlari qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun tugatilganda yoki bir nechta faoliyat turlari birlashtirilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatda ko‘rsatilgan ma’lumotlar ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish tadbirkorlik subyektining tegishli hujjatlar ilova qilingan holdagi arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar talabgor tomonidan ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda beriladi.
Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilguniga qadar, tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizasi asosida unda ko‘rsatilgan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshiradi.
Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilayotganda vakolatli organ litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrlariga tegishli o‘zgartishlar kiritadi.
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish hamda berish litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilayotganda talabgorning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.

Download 102,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish