Xorijda malaka oshirish va ta'lim


-2030 yillarda rivojlantirish dasturida belgilangan topshiriqlar ijrosi



Download 1,46 Mb.
bet4/6
Sana29.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#82492
1   2   3   4   5   6
2017-2030 yillarda rivojlantirish dasturida belgilangan topshiriqlar ijrosi.

Institutda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, muhandis kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlashning normativ-huquqiy bazasini o’rganish va shu asosda institut faoliyatini takomillashtirishga imkon beruvchi me’yorlarni ishlab chiqish maqsadida institutning Xalqaro aloqalar bo’limi zimmasiga yetakchi xorijiy OTMlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish vazifasi yuklatilgan.

2017 yil may-dekabr oylarida Andijon mashinasozlik institutining Xalqaro aloqalar bo’limi va beshta kafedra tomonidan 10 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan kelishuvlar va shartnomalar imzolangan. Jumladan, N.E. Bauman nomli Moskva Davlat Texnika Universiteti, Novosibirsk Davlat Texnika Universiteti, Boshqirdiston Davlat Agrar Universiteti, Ufa Davlat neft Universiteti, Rusen universiteti (Bolgariya), Ukraina Milliy Universiteti, SHinxan Universiteti (Janubiy Koreya), “Senmon Kyouiku Publishing Co” o’quv markazi (YAponiya), Setubal politexnika institut (Portugaliya), Riga Texnika Universiteti (Latviya) bilan shartnomalar imzolangan. Hozirda yana 5 ta xorijiy OTMlar bilan kelishuvlar asosida imzolash uchun shartnomalar loyihalari tayyorlangan. Xorijiy OTMlar bilan hamkorlik asosida o’quv jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalarini joriy etish, ta’lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqotlar sifati va samarasini oshirish ko’zlangan. Hozirda o’quv jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalarini joriy etish, ta’lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqotlar sifati va samarasini oshirish maqsadida institut tarkibiy tuzilmasini takomillashtirib borish nihoyasiga yetkazilmoqda.

Institut rektorining 2017 yil 2 oktyabrdagi 541-sonli, 25 oktyabrdagi 602-sonli buyruqlari asosida institut tasarrufiga 2-son akademik litsey o’tkazildi va ushbu buyruqlar ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil


26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3290-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tuzilib, ishchi guruh tomonidan institut rektorining 2017 yil 25 oktyabrdagi 602-sonli buyrug’i bilan tegishli kafedra mudirlari hamda litsey rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan reja asosida institutning yetakchi professor-o’qituvchilari va akademik litsey o’qituvchilarining o’zaro darslarda qatnashishlari ta’minlanmoqda. Akademik litseyga umumta’lim maktablarining bilimli, qobiliyatli va iqtidorli o’quvchilarini tanlab olish tartibi to’g’risidagi Nizom loyihasi hamda akademik litseylardagi 2 yillik ta’lim uchun tajriba-sinov sifatida ishlab chiqilgan o’quv reja va o’quv dasturlarini tanqidiy qayta ko’rib chiqib, ularni takomillashtirish bo’yicha anik takliflar Ishchi guruxga takdim etilgan. Bundan tashqari Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 2 dekabrdagi 87-02-3574-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida institut tasarrufidagi akademik litsey Ustavi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan buyruq bilan tasdiqlanishini inobatga olgan holda ilovada keltirilgan namuna asosida qayta ko’rib chiqilib, tahrir qilingan holda 4 dekabr kuni vazirlikka (Kadrlar tayyorlash va bitiruvchilar taqsimoti monitoringi bo’limi, 214-xona, I. Nematovga) 3 nusxada chop etilgan shaklda taqdim etildi. SHunga asosan institut Ustavi qayta ko’rib chiqilishi belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagogik faoliyat samaradorligi va sifatini oshirish bilan bog’lik o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 246-sonli qarori ijrosi institut kafedralar kesimida 2017 yil 15-30 iyun kunlari 8 nafar tarkibdagi ishchi guruh tomonidan o’rganilgan. Institutning 2017 yil 23 martdagi 122-sonli buyrug’iga asosan professor-o’qituvchilari faoliyati baholangan. Mazkur buyruqqa binoan institutda pedagog xodimlar faoliyatini kompleks o’rganish bo’yicha komissiya tarkibi, pedagoglar faoliyatini fakultetlar kesimida baholashni yo’lga qo’yish uchun ishchi guruxlar, baholash mezonlari va o’rganish muddatlari grafigi tasdiqlangan. O’qituvchilar faoliyatini 110 ballik tizimda baholash natijalari pedagoglar faoliyatiga tanqidiy nazar tashlashni talab etgan. Ushbu ballarning zamirida professor-o’qituvchilar shaxsiy ish rejalarining bajarilishi yotganligini o’rganishlar isbot qilgan.

“Ta’lim sifatini boshqarish va nazorat qilish” bo’limi faoliyati tashkil etilgan, bo’lim uchun 2017 yil sentyabr oyidan 3 shtat birligi ajratilgan. 2017 yil 28 dekabrdan bo’lim boshlig’i etib i.f.n., dotsent M.B.YUsupova tayinlangan.

Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimi bo’yicha Institut reytingini oshirish maqsadida institut ilmiy-pedagogik salohiyatini kuchaytirish va ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirishning aniq vazifalari Ilmiy kengash yig’ilishlarida belgilangan hamda qarorlar ijrosi nazoratga olingan.

2017-2018 o’quv yilida yangi ochiladigan bakalavr ta’lim yo’nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari uchun o’quv-me’yoriy hujjatlarni talablar darajasida tayyorlashni tashkil etish maqsadida institutda 327/M–sonli buyruq ishlab chiqilgan va quyidagi yangi bakalavriat 5610100 – Xizmatlar sohasi (avtomobil transporti), 5111000 – Kasb ta’limi (5310600 – yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi) ta’lim yo’nalishlari va magistraturaning 5A311001-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo, neft-kimyo va oziq-ovqat sanoati) mutaxassisligi ochilgan.

2017-2018 o’quv yilida hamkor xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalaridan shartnoma asosida jalb etilishi rejalashtirilayotgan mutaxassislar soni 10 nafarni tashkil etgan. Tuzilgan shartnomalar asosida 4 nafar xorijlik professor-o’qituvchilar tomonidan ma’ruzalar olib borilgan, xolos.

Institutda tashkil etilgan Iqtidorli talabalar guruxlari dars mashg’ulotlari Turin Politexnika Universiteti Toshkent filiali o’qituvchilari, Janubiy Koreya davlatining KOICA dasturi volontyori CHo Leon Von hamda institutning yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan ingliz tilida olib borilmoqda.

Professor-o’qituvchilarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning oliy o’quv yurtlariga malaka oshirishga yuborish bo’yicha quyidagi ishlar bajarilgan:

2017-2018 o’quv yilida institut professor-o’qituvchilaridan 11 nafari xorijga, jumladan: 8 nafari malaka oshirishga, 1 nafari stajirovkaga, 1 nafari doktoranturaga (PhD), 1 nafar bitiruvchi talaba magistraturaga tanlab olingan. SHu jumladan, 1 nafar assistent Polshada 6 oylik stajirovkaga jo’natilgan.

Professor-o’qituvchilar uchun institut rektorining buyrugi bilan ingliz tili va Axborot va kommunikatsion texnologiyalar fanlari bo’yicha o’quv kurslari 2017 yil 1 dekabrdan tashkil etilgan. Institutda qishki ta’til davrida professor-o’qituvchilar “Oliy ta’limning o’quv-uslubiy faoliyatini ilg’or xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish: ta’lim sifati va samaradorligining uslubiy jihatlari” mavzusida 2017 yilning 28 dekabr – 2018 yilning 10 yanvar kunlari oralig’ida seminar mashg’ulotlari o’tkazilishi belgilangan. Seminar mashg’ulotlari davomida asosan Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar, Axborot kommunikatsion texnologiyalar va Amaliy ingliz tili bo’yicha darslar har kuni soat 9-00 dan 14-00 gacha o’tilgan.

2017 yil 30 avgustda Andijon mashinasozlik institutida “GM – O`zbekiston” AJ qo’shma korxonasi mas’ul mutaxassislari bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarorining ijrosi hamda institut bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi dolzarb masalalar bo’yicha istiqbolli hamkorlik olib borishga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazilgan. “GM O’zbekiston” AJ bilan tuzilgan hamkorlik dasturi asosida xar oyda 10 nafardan institutning mutaxassislik kafedralarining o’qituvchilarini korxonada qisqa muddatli stajirovkalardan o’tashlari tashkil etilgan.

Institutda o’qitiladigan barcha fanlar bo’yicha ilg’or pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o’zida mujassamlashtirgan o’quv-uslubiy majmualar, shuningdek, ularning elektron ko’rinishlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan quyidagi ishlar tizimli ravishda amalga oshirilgan:

Vazirlikning 2017 yil 1 martdagi 107 buyrug’i asosida institut bo’yicha O’quv uslubiy majmualarni tayyorlash bo’yicha ko’rsatmalar ishlab chiqildi va kafedralar tomonidan O’UMlarni tayyorlash xolati o’rganilib borilgan. 1-kurs bakalavriat ta’lim yo’nalishlaridagi 38 ta fandan va magistratura mutaxassisligidagi 33 ta fan bo’yicha xorijiy adabiyotlar asosida o’quv-uslubiy majmualar tayyorlanib, qayta ko’rikdan o’tkazilib, kamchiliklar bartaraf etilgan. Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari (2-4 kurs) va magistratura (2-kurs) mutaxassisligi bo’yicha 219 ta fandan o’quv-uslubiy majmualar tayyorlangan va hozirda qayta ko’rikdan o’tkazilmoqda.

Institut rektorining 2017 yil 4 noyabrdagi “Institut kafedralarida o’quv jarayoni sifatini ta’minlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi 615-sonli buyrug’i ishlab chiqilgan. Unga ko’ra 2017 yil 6 noyabrdan boshlab kafedralar kesimida o’quv jarayoni sifatini o’rganish yuzasidan ishchi guruh tuzilgan. Har hafta davomida 2 tadan kafedraning professor-o’qituvchilari dars tahlili amalga oshirilishi tashkillashtirilgan. Hozirgi kunga qadar 120 dan ziyod mashg’ulotlarga tashrif buyurilib, darslarning tahlili amalga oshirilgan.

YAngi o’quv adabiyotlari yaratish natijalari: 3 ta darslik va o’quv qo’llanma uchun grif olingan. Xususan, «Fan va texnologiyalar» nashriyoti tomonidan “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi talabalari uchun «Materialshunoslik va KMT” nomli o’quv qo’llanma nashr etilmoqda. “Iqtisodiyot” yo’nalishi talabalari uchun “Buxgalteriya hisobi”, “Iqtisodiy tahlil va audit” nomli darsliklar uchun vazirlikning 2017 yildagi 603-sonli buyrug’i bilan nashr uchun grif olingan.

Vazirlikning “Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitishni tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi” asosida “Andijon mashinasozlik institutida mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitishni tashkil etish bo’yicha CHora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqilgan. Unga ko’ra instituda 10 ta guruh shakllantirilgan bo’lib ularga jami 16 ta fandan 15 nafar professor-o’qituvchi dars o’tishi ta’minlangan.

SHu bilan birga bu borada quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

Ingliz tilini biladigan va mutaxassislik fanlarini yaxshi o’zlashtira oladigan talabalar tarkibidan ayrim mutaxassislik fanlari ingliz tilida o’tiladigan guruhlarni shakllantirish (har kursda 2 ta gurux) buyrug’idan kelib chiqib Institutning Mashinasozlik texnologiyasi fakultetida “Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” yo’nalishi, Avtomatika va elektrotexnika fakul’tetida “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” yo’nalishi, Mashinasozlik fakul’tetida “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishlari bo’yicha 4-kurslarda 3 ta guruh, 2 va 3 kurslarda 2 tadan guruhlar shakllantirilgan va ushbu guruhlarda Mexanika 1, Sifat menejmenti, Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari, Kesuvchi asboblarni loyihalash va ishlab chiqarish, Mexatronika asoslari, Transport vositalarida tashish nazariyasi, Hayot faoliyati xavfsizligi, YAgona transport tizimlari va boshqa fanlardan darslar o’tila boshlangan.

2017 yil sentyabr oyida institutning barcha muxandislik yo’nalishlari 1-kurs talabalari orasidan ingliz tilida erkin gaplasha oladigan iqtidorli talabalarni aniqlash maqsadida ingliz tilida dastlabki saralash imtihonlari o’tkazilgan. Ushbu yo’nalishda qo’shimcha guruxlarni shakllantirish maqsadida 1-kurs talabalari orasida tushuntirish va targ’ibot ishlari olib borilib, fakultetlar kesimida talabalar ro’yxati shakllantirilgan. 27-28 oktyabr kunlari davomida ulardan saralash imtihonlari o’tkazilgan. Sinovlar asosida saralab olingan 45 nafar talabalar tarkibidan “Iqtidorli talabalar” 273-I 17 va 274-I 17-guruhlari tashkil etilib, ularning o’qishi “Mashinasozlik“ fakulteti “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi o’quv rejasi xamda “GM-Uzbekistan” AJ va butlovchi korxonalar talablaridan kelib chiqqan holda yetakchi horijiy OO’YU o’quv dasturlari asosida tuzilgan dasturlar bo’yicha ingliz tilida tashkil etildi. SHu bilan birga “Iqtidorli talabalar” guruhlarining o’quv mashg’ulotlari modul tizimi asosida 


Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish