Xix asr ikkinchi yarmi- XX asr boshlarida g‘arb tadqiqotchilarining asarlarida o



Download 27,11 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi27,11 Kb.
#272443
Bog'liq
Xalilov To'lqin. Maqola.


XIX ASR IKKINCHI YARMI- XX ASR BOSHLARIDA G‘ARB TADQIQOTCHILARINING ASARLARIDA ORTA OSIYO TABIATI VA IQLIMI HAQIDA YARATGAN ASARLARI TARIXSHUNOSLIGI.

Xalilov To‘lqin Zafar o‘g‘li

O’zMU Tarix fakulteti 2-kurs magistri

tulqin.xalilov3233@gmail.com

+998 99 639 05 16

XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida G‘arb tadqiqotchilari va sayyohchilari tomonidan O‘rta Osiyoga qilingan ko‘plab missiyalar va sayohatlar qilingan. Ulardan ba’zilari siyosiy maqsadlarga yo’naltirilgan bo‘lsa, ba’zilari yevropalik sayyoh-olimlarning qiziqishlarini uyg‘otgan. Mana shunday missiyalar va sayohatlar natijasida O‘rta Osiyo haqida ko’plab asarlar, sayohatnomalar yaratiladi. Bu asarlar shunisi bilan ahamiyatliki, O‘rta Osiyoning XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy tarixi, qolaversa, o‘lkaning ushbu davrdagi tabiati, iqlimi, geografiyasi, flora va faunasi haqida qimmatli ma’lumotlarni, asar mualliflarining o‘z boshdan o‘tkazgan voqealarini xolis ma’lumotlar, faktlar orqali tahlil qilish hamda o‘rganish imkonini beradi.

Shunday asarlardan biri daniyalik olim, tabiatshunos, sayohatchi Ole Olufson tomonidan yaratilgan “The Emir of Bokhara and his country” (Buxoro amiri va uning mamlakati) asaridir. Mazkur asar muallifning 1896-1897 va 1898-1899-yillarda O‘rta Osiyoga qilgan sayohatlari natijasida yoziladi. Muallif mazkur asardagi uchraydigan ma’lumotlarni qay tariqa to‘plaganini asarning muqaddimasida quyidagicha so‘zlaydi: “Ushbu kitobda uchraydigan barcha ma’lumotlar murdani yorib ko‘rish hamda sayohatim davomida uchratgan Buxoro rasmiylari, rus ofitserlari va mahalliy aholidan, ayniqsa, shuningdek, juda ko‘p yillar davomida Pomir tog‘ tizmalariga sayohat qilgan finlandiyalik Kapitan Kivakeesdan so‘rab bilganlarim orqali to‘plangan, Sayohatim davomida men rus va o‘zbek tillarida so‘zlashdim, faqatgina tojik tili uchun tarjimonlar yollandi1”. Bu parchadan shuni xulosa qilish mumkinki, Ole Olufsen nafaqat ingliz va dat tillarini, balki rus hamda o‘zbek tillarini ham juda yaxshi bilgan. Bunday holat esa O‘rta Osiyoga sayohat qilgan yevropaliklar orasida deyarli uchramaydigan holatdir. Aynan rus va o‘zbek tillarini bilish orqali muallif oddiy xalqdan ham o‘zi uchun qiziqarli va biz uchun muhim va qimmatli ma’lumotlarni to‘playdi.

Mazkur asar 17 ta katta bo‘limni o‘z ichiga olib, bu bo‘limlarda Buxoro amirligi hayotining barcha sohalari, umuman Buxoro amirligi haqida batafsil ma’lumot beriladi. Bizning tadqiqot ishimiz uchun muhim bo‘lgan qismlari esa qisman birinchi, to‘liqligicha ikkinchi va uchinchi bo‘limlari hisoblanadi. Birinchi bo‘limda Buxoro amirligining chegara hududlari, Buxoroni qurshab turgan tog‘lar, jumladan, Pomir va Hisor tog‘ tizmalari haqida, shuningdek, muallifning Sho‘g‘non, Qorategin, Darvoz hududlariga qilgan sayohatlari haqida hikoya qilinadi.

Asarning ikkinchi bo‘limi esa to‘laligicha Buxoro amirligi daryolari va daryo havzalari, amirlikdagi cho‘llar hamda muallifning Amudaryo bo‘ylab qilgan sayohati bayoniga bag‘ishlanadi. Uchinchi bo‘lim esa o‘sha davrda O‘rta Osiyo hududidagi, xususan, Buxoro amirligidagi iqlim sharoitlari, iqlim o‘zgarishlari, yil fasllari haqidagi ma’lulotlarga bag‘ishlangan.

Asar juda keng ko‘lamdagi sohalarni qamrab olgan bo‘lib, bu sohalar: amirlik aholisi, ular so‘zlashayotgan til va urf-odatlari, amirlikdagi arxitektura ishlari: oddiy uylar, saroylar, haramlar va ularni qurishda ishlatiladigan qurilish materiallari, amirlik hududidagi transport tizimi va harakati, o‘lka xalqlarining dini, diniy idoralar: masjid va madrasa, aholining bo‘sh vaqtida shug‘ullanadigan mashg‘ulotlari va xalq o‘yinlari, mamlakatda mavjud bo‘lgan va muallifda qiziqish uyg‘otgan kasblar, amirlikda iste’molda bo‘lgan oziq ovqat turlari hamda giyohvand moddalar, milli kiyimlar, amirlikdagi kichik shaharlar, qishloq xo‘jaligi mashg‘ulotlari haqidagi batafsil ma’lumotlardan tashkil topgan.

Asarning oxirgi va nisbatan kichik bo‘limi amir haqida, uning hukmronligi va boshqaruv siyosati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Asarning qimmatli jihatlaridan biri shundaki, u Buxoro amirligi hayotining deyarli barcha sohalari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

O‘rta Osiyo haqida yozilgan yana bir sayohatnoma shaklidagi asarlardan biri bu Robert Jeffersonning “A new ride to Khiva” asaridir. Bu asar ham muallifning O‘rta Osiyoga qilgan sayohatlarini hisoboti shaklida yozilgan. Asar o‘ttiz bir bo‘limdan iborat bo‘lib, dastlabki bo‘limlar muallifning to O‘rta Osiyo hududlariga yetib kelgunga qadar bo‘lgan sayohatlari va yo‘l xotiralarini o‘z ichiga olgan.

Asarning o‘n to‘qqizinchi bobidan boshlab O‘rta Osiyoga tegishli xotiralar va geografik tasvirlar uchray boshlaydi. Asarning o‘n to‘qqqizinchi bobidan boshlab Qoraqum sahrosini geografik xususiyatlarini va bu hududni kesib o‘tish mashaqqatlari yoritiladi. Yigirma birinchi bo‘limda esa Qizilqum sahrosi va ushbu hududning geografik manzarasi, tabiati hamda iqlimi kabi xususiyatlariga to‘xtalib o’tiladi.

Asarning eng dastlabki bobida sayohatga tayyorgarlik va borilajak manzil haqida taxminiy fikrlar berib o‘tiladi. Asarning birinchi bo‘limida muallif Katforddan yo‘lga chiqqanligini va Xivaga qadar olti ming mil yo‘l bosishi kerakligini aytib o‘tadi2. Asarning oxirgi boblarida muallif ko‘proq siyosiy tasvirlarga urg‘u beradi. So‘nggi boblar Xiva bosh vaziri, xiva xoni bilan uchrashuvlar tavsilotiga bag‘ishlangan.

Safar so‘nggida sayohatchi Robert Jefferson Amudaryo-Chorjo‘y-Ashxobod-Batumi-Konstantinopol-Marsel-Lion-Parij yo‘nalishi bilan o‘z vataniga qaytganligini bayon etadi.

O‘rta Osiyo haqida biz o‘rganayotgan davr to‘g‘risida asar yaratgan yana bir mashhur sayyohlardan biri, amerikalik diplomat Yujin Skaylerdir. Uning “Turkiston: Rossiya Turkistoni, Qo‘qon, Buxoro va G‘o‘ljaga sayohat qaydlari” yoki qisqacha “Turkiston” nomli ikki jildli asari o‘lka tarixi uchun eng qimmatbaho manbalardan biri hisoblanadi3.

Muallif 1873 yilda – Rosiya imperiyasi O‘rta Osiyoda harbiy harakatlar olib borayotgan – Buxoro amirligining bir qismi egallanib, o‘z mustaqilligini boy bergan, Xiva xonligiga qarshi faol harbiy harakatlar, Qo‘qon xonligida nizolar kuchaygan pallada o‘lkaga tashrif buyurgan. Yujin Skayler O‘rta Osiyoga tashrif buyurgan G‘arblik sayohatchilarning dastlabki vakili bo‘lishi bilan birga AQSH hukumatining Rossiyadagi diplomatik vakili ham edi4.

“Turkiston” asarining birinchi jildi quyidagi bo‘limlardan iborat:



  1. Dasht.

  2. Sirdaryo.

  3. Toshkent.

  4. Toshkentda musulmon hayoti.

  5. Bozorlar va savdo.

  6. Samarqand.

  7. Zarafshon vodiysi.

  8. Xo‘jand va Qurama.

Mazkur jildga ilova tarzida esa quyidagi qismlar berilgan:

  1. Qo‘qonning so‘nggi davrdagi tarixi lavhalari.

  2. Professor V. Grigorevning “Buxoro tarixi” (Vamberi) asariga taqrizi.

  3. O‘rta asr sayyohlari O‘rta Osiyoda.

Ikkinchi jildda esa quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan:

  1. Qo‘qon.

  2. Buxoro.

  3. Issiqko‘l va Yettisuv

  4. G‘ulja.

  5. Rus ma’muriyati.

  6. Rossiyaning Osiyodagi tashqi siyosati.

  7. Xivaga qarshi yurish va uning istilo etilishi.

  8. Xulosa.

“Turkiston”ning har ikkala qismida ham O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviy, ijtimoiy hayotining o‘ziga xosligi, uning Sharq sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatib beruvchi tarixiy ma’lumotlar, ko‘plab daliliy materiallar mavjud. Shu jihatdan asar mintaqaning o‘sha davrdagitarixi bilan birga, uzoq o‘tmishini ham o‘rganishda birlamchi manba bo‘lib xizmat qiladi5.

Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bo‘lajak sayohatdan burun Yuriy Skayler Rossiya, qolversa, G‘arb davriy matbuotidan o’lkaning Rossiya bilan aloqlari, imperiya harbiy kuchlarining hududda olib borayotgan mustamlaka yurishlri haqidagi ma’lumotlardan yaxshigina xabardor bo‘lgan. Asarning tarixiy voqealar va shaxslar bayon etilgan qismlarida buning guvohi bo’lishimiz mumkin. Shuningdek, asarning har ikkal jildida ham O‘rta Osiyoning tabiati, tarixiy geografiyasi bu davr sayyohlari qayd etmagan boy ma’lumotlarga asoslanganligi bilan keskin farqlanib turadi6.

Yujin Skaylerning Rossiya Turkistoni, jumladan, O‘rta Osiyoga qilgan sayohati to‘g‘risida И. В. Кононов7, Э. А. Джонсон8, Г. Л. Дмитриев9 singari olimlar ham qator asarlar yaratgan.

Yuqoridagi manbalar ro‘yxatini juda uzoq davom ettirish mumkin. Yuqoridagi tarixiy manbalar va ularning mualliflari haqida gapirganda shuni ta’kidlash joizki, bu manbalarning ko‘pchiligi hali ko‘plab o‘zbek o‘quvchilariga ma’lum emas. Bu manbalar to‘g‘risida maqolalar tayyorlash va ilmiy izlanishlar olib borish bu manbalardagi qimmatli ma’lumotlarni keng ommaga yetkazishda muhim rol o‘ynaydi.



1 O. Olufsen. The Emir of Bukhara and his country. London. 1911, 9-bet.

2 Jefferson R. A new ride to Khiva. –New York, 1900,. – P. 1.

3 R.N. Tursunov. ECOLOGICAL CONDITION AND MYSTERIES IN TURKESTAN PERIODICAL PRESS IN THE EARLY XX CENTURY (IN THE CASE OF SADOI FERGHANA NEWSPAPER). ISJ Theoretical & Applied Science, 05 (73), 570-574.

4 Schuyler E. Turkidstan: Notes of a Journey in Russian Turkistan, Kokand, Bukhara and Kuldja. – London, 1876. Vol. I. – P. 9.

5 R.N. Tursunov. ECOLOGICAL CONDITION AND MYSTERIES IN TURKESTAN PERIODICAL PRESS IN THE EARLY XX CENTURY (IN THE CASE OF SADOI FERGHANA NEWSPAPER). ISJ Theoretical & Applied Science, 05 (73), 570-574.

6 Saidboboyev Z. Y. Skayler – Turkiston. Tarjima. Toshkent,. 2019. – 15-bet.

7 Кононов В. И. Американский консул Ю. Скайлер в Воронеже и Новоживотинном // Дмитрий Веневитинов. Личность и творчество в контексте русской культуры XIX – XX вв. Вторые Веневитиновские чтения. Сборник материалов. – Воронежб 2012.

8 Джонсон Э. А. Юджин Скайлер – дипломат, писател, переводчик, путешественник и учений // Газета “Постимиеес”. 2008, 4 июля.

9 Дмитриев Г. Л. Депеша Е. Скайлера и проблема среднеазиатской политики царизма 70-х гг.

Download 27,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish