G’aznaviylar davlat boshqaruvida mansablar va xizmatlar1.
Saljuqiylar davlati.
O’z davlatini barpo etgan ko’chmanchi xalqlar davlatchiligi tarixida Saljuqiylar davlati muhim ahamiyatga egadir. Saljuqiylar sulolasi turkiy o’g’o’z qavmining qiniq urug’i yoki qabilasidan chiqqan bo’lib, hozirgi Janubiy Qozog’iston hududlariga to’g’ri keluvchi Sirdaryoning o’rta oqimidan Talas vodiysigacha, Sirdaryoning qo’yi oqimlarida ko’chib yuruvchi etnik guruhlar bo’lgan. Manbalarning mahlumot berishicha, bu sulolaning paydo bo’lishi qiniq qabilasi vakili bo’lgan Saljuq nomi bilan bog’liq bo’lib, u X asrning o’rtalarida o’g’o’zlar Yabg’usining xizmatida bo’lib, yirik harbiy unvon – «So’boshi» unvoniga sazovor bo’ladi. Bu haqda Mahmud Qoshg’ariy «Saljuq So’-boshi» deya mahlumot beradi.
X asrning 61-62-yillarida o’g’o’zlar Yabg’usi bilan kelisholmaslik tufayli (musulmon dinini qabul qilish va qilmaslik masalasida) qiniq qabilasi ajralib ketib, ularning bir qismi Sirdaryoning quyi oqimlariga ko’chib ketadilar. Ikkinchi, katta qismi esa Samarqand va Buxoro o’rtasidagi cho’llarda, Nurota tog’lariga kelib o’rnashadilar. XI asrning boshlaridan boshlab qiniq qabilalarining o’troqlashuv jarayonlari kuchayib boradi.
Tadqiqotchilarning mahlumotlariga ko’ra, 1025 yilda Movarounnahrdagi Saljuqning nabiralari Mahmud G’aznaviyga murojaat qilib SHimoliy Xurosonga ko’chishni (4000 oila) so’raydilar. Mahmud G’aznaviyning ruxsati bilan shu yili Saljuqning nabiralari boshliq qiniq qabilalari Saraxs, Farova va Obivard atroflariga joylashib, bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotga tezda aralashib ketadilar. Voqealarning tahlili shuni ko’rsatadiki, Saljuqiylar bilan G’aznaviylar o’rtasidagi munosabatlar yildan-yilga jiddiylashib, oxir oqibat yuqorida eslatilgan Dandanakon jangi kelib chiqdi. Bu jangdan so’ng Saljuqning nabirasi Tog’rulbek Xurosonning hukmdori deb ehlon qilindi hamda siyosiy tarixda, G’arbiy Osiyoda Saljuqiylar sulolasi rasman tashkil topdi.
XI asrning 40-yillaridan boshlab Saljuqiylar Xuroson, Gurgon, Dehiston va Xorazmni butunlay qo’lga kiritib, Eron, Afg’oniston, Iroq, Kavkazorti va Kichik Osiyoga harbiy yurishlar uyushtirdilar. Ayniqsa, Sulton Alp Arslon (1063-1072 yy) va Sulton Malikshoh (1072-1092 yy) hukmronligi davrida Saljuqiylar davlatining hududlari yanada kengayib, mamlakatning yuksalgan davri bo’ldi. Sulton Malikshoh davrida Samarqand, Buxoro va markazi O’zgand bo’lgan Farg’ona ham Saljuqiylar davlatiga buysunadi. 1092 yilda Sulton Malikshoh vafot etgach uning vorislari o’rtasida toj-taxt uchun kurash avj olib ketdi. Bir necha yillik kurashlardan so’ng 1118 yilda Malikshohning o’g’li Sulton Sanjar (1118-1157 yy) taxtni egallashga muvaffaq bo’ldi.
Buyuk Saljuqiylar sulolasining so’nggi yirik vakili bo’lgan Sulton Sanjar davrida davlatning poytaxti Marv shahriga ko’chirildi. Sulton Sanjar Movarounnahrdagi Qoraxitoylarning ichki ishlariga, siyosatiga katta tahsir o’tkaza olishga erishgan Saljuqiylardan edi. U hokimiyatni qo’lga olishi bilanoq harbiy yurishlarni kuchaytiradi. Natijada bir qancha viloyatlar, xususan, Mozandaron, Xorazm, Seyiston, G’azna va Movarounnahr Saljuqiylar davlatiga buysundiriladi. Manbalarning mahlumot berishicha, Sulton Sanjar «Ulug’ sulton», «Sultonlarning sultoni», «SHahanshoh» kabi unvonlar bilan ulug’langan.
Tahkidlash lozimki, Saljuqiylar davlati singari ulkan hududlarni o’z ichiga olgan davlatni yagona markazdan turib boshqarish oson emas edi. SHuning uchun ham markazdan turib boshqaruvdagi qiyinchiliklar, sulola, vakillarining toj-taxt uchun kurashlari, mahalliy hukmdorlarning mustaqillikka intilishlari, qaram o’lkalardagi norozilik harakatlari Saljuqiylar davlatining zaiflashuviga sabab bo’lgan edi. Natijada Sulton Sanjar davriga kelib Saljuqiylar davlatining g’arbiy Iroq qismida uning tahsiri pasayib qoladi. Mamlakatning sharqiy qismi – Eron, Afg’oniston, Xorazm va Movarounnahrda Sultonning tahsiri birmuncha kuchli edi. Ammo, 1141 yilda Sulton Sanjar va uning vassali hamda ittifoqchisi, Qoraxoniy Mahmudxonning birlashgan qo’shinlari bilan qoraxitoylar o’rtasida Samarqand yaqinidagi Qatvon cho’lidagi jangda Sulton Sanjar qo’shinlari mag’lubiyatga uchraydi. Natijada Movarounnahr qo’ldan ketib, sultonning mavqei ancha pasayib ketdi.
Saljuqiylarning mag’lubiyatidan Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad Otsiz ustalik bilan foydalanib, 1141 yilning qishida Saljuqiylarning poytaxti Marvni bosib oldi va 1142 yilda Nishopurga yurish qildi. Lekin, Sulton Sanjar Xorazm qo’shinlarini Xurosondan quvib chiqardi va Otsizni yana o’ziga bo’ysundirishga erishdi. Sulton Sanjarning harakatlariga qaramay, Saljuqiylar davlati o’zining avvalgi qudratini yo’qota boshlagan edi. Saljuqiylarga hal qiluvchi zarbani Balx va Xuttalon viloyatlarida yashovchi G’o’z qabilalari berdi. 1153 yilda ular Sulton Sanjar qo’shinlarini tor-mor etib, uning o’zini asir oldilar. G’o’zlar himoyasiz qolgan Marv va Nishopur shaharlarni talon-taroj qilib, o’t qo’ydilar. Sulton Sanjar 1156 yilda asirlikdan qochishga muvaffaq bo’lsa ham, lekin Saljuqiylar davlatini tiklay olmadi va bir yildan keyin vafot etdi.
A. Ziyo tadqiqotlariga ko’ra, Saljuqiylar davlat boshqaruvi o’ziga xos edi. Davlat boshlig’i, oliy hukmdor Saljuqiylar xonadoni vakili bo’lib Sulton ul-ahzam unvoniga ega bo’lgan. Ilgarigi sulolalarda bo’lgan kabi, Sulton nomiga xutba o’qilib, tangalar zarb etilgan. Mol-mulk, yer-suv taqsimlash davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, davlat kirim-chiqimlarini nazorat qilib turish, amaldorlar va xizmatkorlar faoliyatini nazorat qilish, yangi qalhalar, shaharlar, hashamatli inshootlar qurishga boshchilik qilish kabilar sultonning zimmasida bo’lgan.
Saljuqiylar boshqaruv tizimida bosh vazir alohida mavqega ega bo’lgan. Manbalarda bosh vazir-rais ur-ruaso (raislarning boshlig’i), sahid ur-ruaso (boshliqlarning kattasi) deb atalib, u barcha devonlar faoliyatiga rahbarlik qilgan holda xazina, moliya, soliq, davlatga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish muassasalari ishlarini nazorat qilgan.
Saljuqiylar boshqaruv tizimi dargoh va devonga bo’lingan bo’lib dargohdagi eng asosiy xizmat va vazifalar quyidagilar edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |