Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari


Qoraxoniylar davlati siyosiy tizimi1



Download 1,83 Mb.
bet61/166
Sana12.06.2022
Hajmi1,83 Mb.
#657882
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   166
Bog'liq
Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari

Qoraxoniylar davlati siyosiy tizimi1.



Qoraxoniylarda mulkchilik va harbiy tizim.



Sug’oriladigan hududlardagi qishloq aholisi qishloq jamoasi sharoitida yashar edi. Barcha ko’rinishdagi yerlardan shariat qonunlariga binoan davlat xazinasiga turli soliqlar, xiroj va boshqalar olingan. Yerga yollanib ishlovchi kishilar – mardikorlar faoliyati ham saqlanib qolindi. Ular iqtadorlar va kichik yer egalari qo’lida mahlum shartlar asosida ishlaganlar.


Qoraxoniylar davrida Movarounnahr, umuman, O’rta Osiyoda yer egaligi munosabatlari keng ildiz otgan bo’lsa-da, lashkarboshilar, amaldorlar va yirik dindorlar uylarida qo’llar ham ishlagan. Bu o’sha paytda «uy qo’llari» saqlanib qolganligini bildiradi.
Qoraxoniylar O’rta Osiyoni bosib olganlaridan so’ng bu yerdagi iqtisodiy-madaniy hayotda ham katta o’zgarishlar ro’y berdi, shaharlar taraqqiy etdi, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlandi. SHaharlar rivojlanishi bilan shahar aholisi soni ham ko’payib bordi. Somoniylar davridayoq yirik shaharlar bo’lgan Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Qoraxoniylar davrida yanada kengaydi. Bu shaharlar endi uch qismli-ark, shahariston, rabotdan iborat shaharlarga aylandi. Ularda yangidan-yangi hashamatli imoratlar paydo bo’ldi. Bu imoratlar o’z tuzilishi va naqshlari bilan ajralib turadi.
Qoraxoniy hukmdori SHams-ul-Mulk Buxoro yaqinida saroy barpo etdi va bundan tashqari Hazara qishlog’i yaqinida Dingaron masjidini va uning yonida Barati Malik nomi mashhur bo’lgan karvonsaroy qurildi. Buxoro shahrida 1127 yilda Qoraxoniy Arslonxon tomonidan mashhur imorat – Minorai Kalon barpo etildi. Vobkentda XII asr oxirida Buxoro sadri Abdulaziz II tomonidan qurilgan minorani, Jarqo’rg’onda (Surxondaryo viloyati) Qoraxoniylar tomonidan 1108-1109 yillarda bunyod etilgan minorani, shuningdek Buxorodagi Namozgohni va Attoriy masjidini alohida tahkidlab o’tish mumkin.
Qoraxoniylar davrida Samarqand shahrida ham ko’plab binolar barpo etildi. Afrosiyobdagi arxeologik qazishmalar shundan dalolat beradi. Lekin, mug’ullar istilosidan so’ng bu binolar vayronaga aylandi.
Termiz shahri XI-XII asrlarda ancha rivojlandi, yangi mustahkam mudofaa devori qurildi, bu yerda barpo etilgan Termiz hukmdorlari saroyi ayniqsa mashhurdir. Bu saroyni qazib ochgan arxeologlar turli idishlar bilan birga afsonaviy hayvonlar tasvirlarini ham topishdi. XI-XII asr boshlarida Xorazmda ham ko’pgina binolar qad ko’tardi. Urganchdagi Faxriddin Roziy va SHayx SHarif maqbarasini, ko’plab karvonsaroylarni, Buronqalha, Naifqalha va boshqalarni aytib o’tish mumkin.
SHaharlar taraqqiyoti hunarmandchilikning rivojlanishiga ham olib keldi. Hunarmandchilik taraqqiyoti O’rta Osiyoning foydali qazilmalar, xom ashyo manbalariga boyligi bilan belgilanadi. Hunarmandchilikning asosiy markazlari shaharlar edi. O’rta Osiyoning turli joylarida olib borilgan arxeologik qazishmalar va yozma manbalardagi mahlumotlarga qaraganda XI-XII asrlarda shaharlar va bahzi yirik qishloqlarda to’qimachilik, kulolchilik, metall va shisha buyumlari ishlab chiqarish va boshqa hunarmandchilik turlari ancha rivojlangan.
Xalq amaliy sanhati – mehmorchilikda, metall va sirli sopol idishlarda o’z aksini topdi. Ular turli-tuman naqshlar va tasvirlar bilan bezatilgan. Saqlanib qolgan mehmoriy inshootlar va arxeologlar tomonidan ochilgan shaharlardan olingan mahlumotlar tasviriy sanhatning, naqshinkorlikning o’ziga xos yo’ldan rivojlanib borganligidan dalolat beradi. Mehmoriy inshootlarda kichik g’ishtlardan chiroyli qilib chiqarilgan naqshlar, o’yma naqshlar, turli geometrik shakllar bilan bezatilgan. Islom tahlimotining rasmiy tahqiqiga qaramasdan turli ko’rinishdagi tasvirlar saroylarni bezab turgan. Bu davr shaharlarining yog’och o’ymakorligi ham ancha rivojlangan.
XI-XII asrlarda O’rta Osiyoda tovar-pul muomalasi va savdo-sotiq ham ancha rivojlanadi, nafaqat ichki savdo, balki tashqi savdo ham gullab-yashnadi. Bu o’rinda Xitoyni Volga bo’ylari, SHarqdagi musulmon mamlakatlari va Vizantiya bilan bog’lovchi karvon yo’llarining O’rta Osiyo hududi orqali o’tganligini alohida tahkidlab o’tish lozim. Bu yirik savdo yo’llari O’rta Osiyoning yirik shaharlari – Farg’ona, SHosh, Samarqand, Buxoro, Nasaf, Kesh, Termiz, Urganch, Marv va boshqalar orqali o’tib, ularning savdo markazlari sifatidagi ahamiyatini kuchayishiga, davlatchilik anhanalarining yanada taraqqiy etishiga katta tahsir ko’rsatgan.
O’rta Osiyo o’rta asrlar davri tarixida 200 yildan ziyodroq hukm surgan Qoraxoniylar sulolasi o’sha davr O’zbekiston xalqi davlatchiligi tarixida ham muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Tarixiy mahlumotlarga ko’ra, hozirgi O’zbekistonning deyarli barcha hududlari Qoraxoniylar davlati tarkibida bo’lgan. Qoraxoniylar sulolasining o’zbek xalqi davlatchiligi tarixidagi ahamiyati shundaki, Qoraxoniy hukmdorlari davlat boshqaruvining ilgaridan mavjud bo’lgan tizimi yoki tashkilotlari o’rniga boshqacharoq, yahni, nisbatan qadimgi ko’chmanchilar uslublari, qadimgi turkiylar anhanalari bilan bog’liq boshqaruv tartibini joriy etdilar. SHu bilan birga Qoraxoniylar hukmronligi davri o’zidan oldingi mukammal boshqaruv tizimiga ega bo’lgan Somoniylar boshqaruvidan o’ziga xos bo’lgan iqta (er-mulkni tortiq qilish) va viloyatlarga bo’lib boshqarish (elekxonlar) tizimi bilan ham ajralib turadi.



Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish