Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari


Yunon-Baqtriya shaharlari



Download 1,83 Mb.
bet31/166
Sana12.06.2022
Hajmi1,83 Mb.
#657882
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   166
Bog'liq
Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari

Yunon-Baqtriya shaharlari. O’tgan asrning o’rtalarida ayrim tadqiqotchilar Baqtriyada ilk shaharlarga aynan Aleksandr Makedonskiy asos solgan, degan fikrni ilgari surgan edilar. Aleksandr Makedonskiy mil. avv. 330-327 yillarda Baqtriya va Sug’diyonani bosib olganda nimalarga duch kelgan edi, degan savolga javob topish yuqoridagi fikrni inkor etishga asos bo’ldi.
Qadimgi mualliflar Baqtriyaning poytaxti Baqtra-Zariaspani bir necha marta tilga olganlar. Baqtra Mozori SHarif shahridan 21 km g’arbda, daryo (Baqtr, Zariaspa) bo’yidagi vohada joylashgan. Frantso’z arxeologlari bu yerdagi Bolo Xisor tepaliklaridan devorlar bilan o’ralgan, minoralar ko’tarilgan, xandaqlar qazilib, suv bilan to’ldirilgan aylanasimon qalhani topdilar. SHaharning bir qismi shahar devorlaridan tashqarida, Bolo Xisorning janubi-sharqida, Tepai Zargaronda joylashgan. Umumiy maydoni 120-150 metr bo’lgan bu shaharning oldingi davr qatlamlaridagi yer osti sizot suvlari Ahamoniylar va Salavkiylar davridagi hayotning madaniy darajasini to’liq o’rganish imkonini bermadi.
SHahar markazidan atrofga tarqalgan ko’chalar devor tashqarisida magistral yo’llarga: shimoli-g’arbda Kalif, sharqda Mozori SHarif, janubi-g’arbda Oqsu, janubda Hoji Piyad yo’llariga tutashgan. O’rta yer dengizidagi yirik Efes portidan Balxga tomon Ahamoniy podsholarining xizmat ko’rsatuvchi bo’lgan yo’li cho’zilib ketgan. O’z davrining madaniy va iqtisodiy markazi, savdo yo’llari kesishgan joyda joylashganligi sababli antik davr mualliflari Baqtrani «eng katta shahar» deb ataganlar.
Bu davrdagi yirik shaharlardan yana biri Maroqanda (Samarqand) bo’lib bu yerdagi mustahkam qalhaga Ahamoniylar davridan (Afrosiyob) oldinroq asos solingan. Ahamoniylar va ellin davrida Afrosiyob mustahkam himoya devorlari bilan o’rab olinadi. Bu devorlar Aleksandr Makedonskiy qamaliga ham dosh bergan edi. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra Afrosiyobning umumiy maydoni 219 gektar bo’lib, Kurtsiy Ruf Maroqandaning mudofaa devorlari o’zunligini 70 stadiy (taxm. 12 km.) deb mahlumot beradi. Bu O’rta yer dengizi va Qora dengiz qirg’oqlaridagi oddiy yunon shaharlarining o’rtacha kattaligidan ikki-to’rt baravar kattadir. Mustahkam qalhaga ega va mudofaa devorlari bilan o’ralgan shahar hududlaridagi mil. avv. IV-III asrlarga oid madaniy qatlamlardan ko’plab topilmalar, jumladan, ellin sopol idishlari topib o’rganilgan.
Yunon – Baqtriya davrida gullab-yashnagan shaharlardan yana biri Kir asos solgan va manbalarda Kiresxata, Kuru[sh]kada, Kiropol deb eslatiluvchi shahardir. Ko’pchilik tadqiqotchilar bu shaharni O’ratepa o’rnida desalar, ayrimlari Nurtepa o’rnida joylashgan bo’lishi ham mumkin degan fikrni ilgari suradilar.
Qadimgi Xo’jand va uning atroflarida olib borilgan arxeologik qazish ishlari mahlum natijalar berdi. Xo’jand qalhasidagi ko’p sonli shurflardan birida mil. avv. IV asrga oid paxsa devor qoldiqlari topilgan. Ushbu devor yirik to’rtburchak g’ishtlardan qad ko’targan. Ko’hna shahardagi asosiy madaniy qatlamlar mil. avv. IV-II asrlarga oiddir. Sirdaryo bo’ylarida amalga oshirilgan ko’p yillik qidiruv va qazish ishlari natijasida Aleksandr Makedonskiy davriga mansub boshqa shahar markazlari topilmaganligi tufayli, tadqiqotchilar bunday shahar markazlari faqat hozirgi Xo’jand shahri o’rnida bo’lishi mumkin, degan xulosaga keldilar.
Marg’iyonaning poytaxti Marv shahridagi ko’pgina madaniy qatlamlar ham yunon-baqtriya davriga oiddir. Aleksandr Marv mudofaasini bir-biriga yaqin masofada joylashgan oltita chegara qalhalari bilan mustahkamlagan. Ayrim tadqiqotchilar, tepaliklarda joylashgan bu qalhalar Aleksandr davrida qurilmagan, balki mustahkamlangan bo’lsa kerak, degan fikrni bildiradilar. Marvning mudofaa qudrati Selevka I va Antiox I davrida mustahkamlanadi. Aleksandrga o’xshab, ular ham eski devorlarni mustahkamlaganlar, yangi mustahkam devorlar barpo etganlar va Marvni o’z nomlari bilan nomlaganlar.
Antiox I shaharni ham o’z ichiga olgan butun Marv vohasini o’zun devor bilan o’ragan. Ahamoniylarning aynan qaysi - qalhasi – Erkqalhami yoki Govurqalhami, Aleksandrning nomi bilan nomlangani aniqlanmagan. Nima bo’lganda ham, Selevka I va Antiox I davrlarda Marv vohasi to’liq devor bilan o’ralganligi aniq. Bu devorning qoldiqlari hozirgacha qisman saqlangan. Tahkidlash joizki, o’z vaqtida S.A.Vyazigin ham bu yerda juda katta mudofaa tizimi barpo etilganini tahriflagan edi.
Tadqiqotlar natijasida o’ng qirg’oq Amudaryo hududlarida joylashgan bir qator shahar manzilgohlaridan ellin davri qatlamlari va alohida qurilishlar topilgan. Ular orasida Do’shanbe, Oyxonim, Termiz, Saksonoxur kabilarni alohida qayd etish lozimdir.
Tojikistonning poytaxtida, Do’shanbe daryosidan shahar markaziga qarab ketgan yo’lning shimolida joylashgan Do’shanbe ko’hna shahrida so’nggi yillarda amalga oshirilgan qazish ishlari haqida alohida to’xtalib o’tish lozimdir.
Ko’hna shahar hududida bugungi kunda deyarli to’liq zamonaviy qurilishlar qurilgan bo’lib, shahar qalhasining bir qismi saqlanib qolgan. 1989 yilda bu yerdan, Yunon-Baqtriya davriga, mil. avv. IV-II asrlarga oid madaniy qatlam aniqlangan. Qazishmalar natijasida 30 ta xona ochilgan bo’lib, xonalarning tuzilishiga qaraganda, ular yagona mehmorchilik rejasi asosida qurilgan mahobatli inshootning qismlaridir. Vaqt o’tishi bilan vayron bo’lgan inshootning faqat g’arbiy yarmi saqlanib qolgan. Olingan materiallar majmui Yunon-Baqtriya davrida Do’shanbe ko’hna shahri Hisor vodiysidagi yirik shahar markazlaridan biri bo’lganligini ko’rsatadi.
Yunon-Baqtriya davriga oid Oyxonim ko’hna shahri 1965-1978 yillarda Frantsiyaning Afg’onistonda ish olib borgan P.Bernar boshchiligidagi arxeologik missiyasi tomonidan qazib ochilgan. Qazishma ishlari oxiriga yetkazilmagan bo’lsada, frantso’z arxeologlari jamoat, ibodat, mudofaa inshootlari va uy-joylarning tarixi, shaharsozlik anhanalari, sanhat asarlari, yozuv madaniyati yodgorliklari va qadimgi shaharning turmush tarzini aniqlashga muvaffaq bo’ldilar.
Oyxonim Baqtriyaning sharqida, Panj va Ko’kcha daryolari tutashgan yerda, Panjning chap qirg’og’ida, tuprog’i serhosil kichkina (10x35 km) vohada joylashgan. Tadqiqotchilarning fikricha, ko’hna shahar, birinchidan, yerlari yunon istilochilarining qo’liga o’tgan qadimgi sug’oriladigan vohani nazorat qilish uchun qurilgan, ikkinchidan, u mineral resurslarga boy viloyatning poytaxtiga aylangan. Ko’hna shaharning mana shu qishloq xo’jalik va konchilik salohiyati istilochilar hayotini va hatto farovonligini tahminlash uchun ham yetarli bo’lgan. Uchinchidan, ko’hna shahar muhim harbiy-strategik ahamiyatga ega bo’lgan. Zotan u, Baqtriyani sharq tomondan qo’riqlagan hamda Baqtriya sharqidagi ichki va tashqi chegaralarini nazorat qilgan.
Mahmuriy binolar joylashgan ko’hna shaharning markaziy qismi uncha zich qurilmagan. Eng katta hovli-maydon saroy sahnida joylashgan. Saroy kutubxonasi hamda gimnasiy Oyxonim ko’hna shahridagi yuksak madaniy hayotdan dalolat beradi. Bu yerda gimnasiy asosiy tahlim markazi hisoblangan. U ko’hna shaharning shimoliy qismida, uch qismdan iborat katta binoda joylashgan. Bu majmua to’rtala tomonidan xonalar bilan o’ralgan.
Yunon-Baqtriya davrining mustahkam ko’hna shaharlaridan bo’lgan Oyxonimda mehmorchilik va amaliy sanhat ham taraqqiy etgan. SHahar maydonlarida, gimnasiyda va ibodatxonalarda o’rnatilgan haykallar Oyxonim mehmorchiligini to’ldirib, yuqori sanhat darajasidan dalolat beradi. Tahkidlash lozimki, Oyxonim hozircha O’rta Osiyoda butunlay yunon anhanalariga asoslanib qurilgan yagona qo’hna shahar hisoblanadi.
Bu davrga oid ko’hna shaharlardan yana biri Taxtisangin (O’tarqalha, Meli, Taxtiqubod) Kobadiyonning janubida, Afg’oniston bilan Tojikistonning chegarasidagi Taxtiqubod darasida joylashgan. Ko’hna shaharning mudofaa devorlari 75 gektar maydonni egallaydi. Balandligi 600 metrga yetadigan Teshiktosh tog’ tizmasi Taxtisanginni Kobadiyon vohasining bugungi kunda aholi yashaydigan qismidan ajratib turadi. B.A.Litvinskiy boshchiligidagi Janubiy Tojikiston eskpeditsiyasi 1976 yildan boshlab amalga oshirgan qazish ishlari natijasida Taxtisangin qalhasining ichki tuzilishi aniqlandi. Qalhaning ichida asosan ibodatxona, unga sharq tomondan tutashgan, xom g’ishtdan ko’tarilgan devor bilan o’ralgan hovli joylashgan. Qalha mudofaa devorlarining ichki yo’nalishi bo’ylab joylashgan qurilmalar ombor, ustaxona va ibodatxona qoshidagi hujralar vazifasini bajargan bo’lishi mumkin.
Taxtisangin ko’hna shahrida amalga oshirilgan qazishma ishlari natijasida Baqtriya sanhatining turli davrlari haqidagi ilmiy qarashlarni tasdiqlovchi muhim mahlumotlar olindi. SHuningdek, Baqtriya sanhati durdonalarining topilishi Oks xazinasi sirini ochish imkonini berdi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo’lsak, O’rta Osiyo yoki Markaziy Osiyodagina emas, balki Ahamoniylar Eroni hududidagi otash ibodatxonalari orasida ham Oks ibodatxonasi eng to’liq va yaxlit ibodatxonadir. Yodgorlikning yaxshi saqlanganligi – otash ibodatxonasining ichidagi har bir xonaning vazifaviy foydalanilishini aniqlash hamda ularda amalga oshirilgan diniy va ijtimoiy marosimlar jarayonini tiklash imkonini beradi.
Antik davrga kelib O’rta Osiyo qo’hna shaharlarida madaniy hayot nisbatan rivojlangan edi. Tahkidlash joizki yunon-baqtriya davriga kelib badiiy madaniyatning turli jabhalarida ellinizmning tahsirini ko’zatishimiz mumkin. Misol uchun, ellinlashtirish davridan boshlab Baqtriyada koroplastika hunarmandchiligi paydo bo’ladi. Bu sanhat namunalari doirasi yunon olamiga nisbatan kengroq bo’lib, hunarmandlar ellin mifologiyasi bilan bog’liq bo’lgan terrakotalardan tashqari mahalliy anhanalar bilan bog’liq bo’lgan sanhat namunalarini ham yaratadilar. Yuechji-kushon va Kushon davriga kelib O’rta Osiyoning ko’plab qo’hna shaharlarida badiiy madaniyatning ko’pgina turlari taraqqiy etganligini ko’zatishimiz mumkin. Saroylar, ibodatxonalar va boy turar-joylardagi devoriy suratlar, manzaralar hamda haykallar bizning kunlarimizgacha namunaviy holatida bo’lsa-da saqlanib qolgan.
Umuman olganda, antik davr O’rta Osiyo qo’hna shaharlarining madaniyati va sanhati turli omillar tahsirida taraqqiy qiladi. Bu jarayonga o’lkadagi siyosiy hayot, o’lkaning turli uyushma va davlatlar tahsirida bo’lishi, diniy ehtiqodlar, iqtisodiy ahvol, xalqaro savdoning rivoji, turli xalqlar madaniyatining o’lka xalqlari madaniyati bilan uyg’unlashuvi, boy qadimiy anhanalar, mahalliy o’ziga xoslik va boshqa ko’plab omillar o’zluksiz tahsir qilib turgan. Ana shu omillar tahsirida O’rta Osiyo antik davr madaniyati va sanhatining rivojini shaharsozlikda, haykaltaroshlikda, badiiy tasvirda, musiqa sanhatida, zeb-ziynat buyumlarida, aholining xo’jaligi bilan bog’liq ashyolarda va boshqalarda ko’zatishimiz mumkin.
Antik davr O’rta Osiyo shahar madaniyati rivojlanishning eng yorqin xususiyatlari – tasviriy sanhat bilan pul zarb etilishi natijasida madaniyat va moliya-iqtisod ishlarining taraqqiy etishidir. Tahkidlash joizki, o’lkamiz hududlarida tovar-pul munosabatlarining qandaydir ko’rinishi Salavkiylar davridayoq paydo bo’ladi. Misol uchun, E.Rtveladze tadqiqotlariga ko’ra, Taxti Sangindan 4 ta, Termizdan 3 ta, Kampirtepadan 2 ta, Marvdan 6 ta, Samarqand atroflaridan 5 ta Atiox I davriga oid (mil. avv. 280-268 yy.) tangalar topilgan. Nisbatan ko’proq topilma tangalar yunon-baqtriya davriga oid bo’lib, ular Diodot, Yevtidem, Demetriy, Antimax, Geliokl davrlarida zarb etilgan.
Umuman olganda antik davrga kelib O’rta Osiyoda tanga pullarga asoslangan tovar-pul munosabatdari rivojlandiki, bu holat antik davr davlatchiligi va shaharlari taraqqiyotini belgilovchi asosiy belgi hisoblanadi, Yunon-makedon davrida yirik shaharlar tovar-pul munosabatlariga tortilgan bo’lsa, kushonlar davriga kelib bu jarayonga qishloqlar ham ishtirok eta boshlaydi. Bu holat esa o’z navbatida, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yuksalib borayoganidan dalolat beradi.
Xullas, antik davr O’zbekiston davlatchiligi taraqqiyotida shaharlarning ahamiyati ulkan bo’ldi. Tadqiqotlarning qiyosiy tahlilidan xulosa chiqaradigan bo’lsak, ellin dunyosida shahar mahlum vazifalarni (mahmuriy, siyosiy va diniy markaz, savdogarlar va hunarmandlar faoliyat ko’rsatadigan joy, madaniy va harbiy markaz va boshq.) bajaruvchi mustahkamlangan punktgina emas, balki jamoa o’zini o’zi boshqarish organlari, zamonaviy mulkdorlarning alohida shaklini o’zida jamlagan, erkin fuqarolarning teng huquqligini nazarda tutuvchi ijtimoiy tuzilmaning muhim bo’g’ini ham bo’lgan deyish mumkin. Bunday shaharlar (balki shahar-polislar yoki shahar –davlatlar) ellin madaniyati tahsirida bo’lgan SHarqda ham keng tarqalgan.
Tahkidlash joizki, bu hududlarda kuchli podsho hokimiyatiga ega (Salavkiylar yoki Yunon-Baqtriya kabi) katta davlatlarda bunday shaharlar hukm surishi uchun Gretsiya yoki Rimdagidan batamom o’zgacha shart-sharoitlar mavjud edi. Antik davr O’rta Osiyo shaharlarining mustaqilligi to’liq bo’lmasdan, uni podshoning oliy hokimiyati cheklab turgan. Harqalay, arxeologik mahlumotlar (agar bu mustaqillik huquqini berish to’g’ridan to’g’ri aytilgan bitiklar yoki boshqa yozuvlar bo’lmasa) shaharlar bunday alohida maqomga ega ekanligi haqida dalillar bera olmaydi. Bu o’rinda xitoylik sayyoh TSjan TSyanning Yunon-Baqtriya shaharlarining mahlum darajada mustaqilligi haqidagi xabarni keltirib o’tish maqsadga muvofiqdir. U Dahya-Baqtriya haqida shunday mahlumot beradi: «ular (yahni, Baqtriya shaharlari – E.B.) oliy podsho yoki hokimga ega emas, ammo o’zlarining devor bilan o’ralgan barcha shaharlari va manzilgohlarida ular kichik hokimlarni tayinlaydilar».
Antik davr har qanday O’rta Osiyo shaharining bir muhim tarkibiy qismi-shahar atrofidagi qishloqlarning mavjudligi edi. O’rta Osiyoda shaharlarning umumiy muammolariga va shaharlarning maqomiga jiddiy ehtibor berilishi natijasida shahar bilan uning atrofidagi qishloqlarning o’zaro munosabatlari masalasi tadqiqotchilar ehtiboridan birmuncha chetda qoldi. Tadqiqotchilar oldida turgan shaharlar tarixi bilan bog’liq dolzarb masalalardan biri ham aynan shu muammo hisoblanadi.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish