Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari



Download 1,83 Mb.
bet24/166
Sana12.06.2022
Hajmi1,83 Mb.
#657882
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   166
Bog'liq
Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari

3. Yunon-Baqtriya davlati.
Ko’pchilik tadqiqotchilarning ehtirof etishlaricha, Yunon-Baqtriya davlatining salavkiylardan ajralib chiqishi yunon zodagonlarining qo’zg’oloni xususiyatiga ega bo’lib, unga Baqtriya aholisi tomonidan qo’llab-quvvatlangan Diodot boshchilik qiladi. Tadqiqotchilar Yunon-Baqtriya davlati paydo bo’lgan turli sanalarni belgilaydilar (mil.avv. 256, 250, 248 va 246-145 yy). Bu davlatning asosi Baqtriya bo’lib, bahzi hukmdorlar davrida (Evtidem, Demetriy, Yevkratid) Hindistonning shimoli-g’arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o’rtasidagi katta yerlar qo’shib olinadi.
Baqtriyaning salavkiylar davlatidan ajralib chiqishi xususida rimlik tarixchilar Pompey Trog va Yustinda o’zuq-yuluq mahlumotlar saqlangan bo’lsa-da bu haqda batafsil mahlumotlar uchramaydi. SHunga qaramasdan mavjud tangashunoslik, ayrim xo’jalik hujjatlari, sanhat yodgorliklari, sug’orish inshootlari va imoratlar qoldiqlari bergan mahlumotlar asosida bu davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot haqida mahlum tasavvurlarga ega bo’lish mumkin. Ammo, Yunon-Baqtriya davlatining siyosiy tarixi ko’p hollarda qiyosiy solishtirish va taxminlarga asoslanadi.
Yunon-Baqtriyada davlat podsho tomonidan boshqarilgan bo’lib, tangashunoslik mahlumotlari Diodot I,II,III, Yevtidem I,II, Demetriy, Geliokl, Platon kabi podsholari haqida xabar beradi. Salavkiylar kabi Yunon-Baqtriya podsholari ham davlatni satrapliklarga bo’lib idora etganlar.
Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Yunon-Baqtriya mulklarining chegaralar doimiy mustahkam bo’lmasdan, harbiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqib o’zgarib turgan. Mil.avv. III asrning oxirlari O’rta Osiyo janubidagi harbiy-siyosiy vaziyat haqida Polibiy mahlumotlar beradi. Uning yozishicha, salavkiylar tomonidan Baqtrada qamal qilingan Yevtidem ularning hukmdori Antiox III ga «chegarada ko’chmanchi qabilalar turganligi va ular chegaradan o’tadigan bo’lsa har ikkala tomonning ham ahvoli og’ir bo’lishi mumkinligini» bildiradi. Polibiy mahlumot bergan ushbu ko’chmanchilar mil.avv. III asrning oxirlarida Zarafshon daryosiga qadar deyarli butun Sug’dni egallagan bo’lib, bu hududlar Yunon-Baqtriya davlatining vaqtinchalik shimoliy chegarasi bo’lib qoladi. SHuningdek, g’arbiy Hisor tog’lari ham shimoliy chegaralar bo’lgan bo’lishi mumkin.
Yunon-Baqtriya davlatining gullab yashnagan davri III asrning ikkinchi yarmi va mil.avv. II asrning birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Janubiy hududlardan bu davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin (pastki qatlamlar), Oyxonim, Qorabog’tepa kabi yodgorliklardan hokimlar saroylari, ibodatxonalar, turar-joylar, mehnat va jangovar qurollar, turli hunarmandchilik buyumlari hamda ko’plab tanga pullarning topilishi bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi rivojlanish jarayonlaridan dalolat beradi.
Yunon-Baqtriya markazlashgan davlat bo’lib, hokimiyatni podsho boshqarar edi. Davlat bir nechta viloyat (satrapiya) larga bo’lingan bo’lib, bu viloyatlar boshqaruvchilari yoki hokimlari podshoga bo’ysunar edilar. Ammo, bu davrda davlat nechta satrapiyalar bo’lganligi va ular qanday nomlanganligi mahlum emas. Strabon mahlumotlariga ko’ra, satrapiyalarga noib satraplarni tayinlashda qarindoshchilik anhanalariga amal qilingan bo’lishi mumkin.
Yunon-Baqtriya podsholigi davlat tuzilishining muhim tomoni – qo’shin va uni tashkil etish edi. Avvalo, tahkidlash lozimki, yunon-baqtriya qo’shinlarining katta qismini baqtriyaliklar va boshqa mahalliy aholi tashkil etgan. Qo’shinning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari otliq-suvoriylardan iborat bo’lgan. Qo’shinlar tarkibida harbiy fillar ham bo’lgan.
O’z vaqtida V. V. Grigorg’ev Baqtriyadagi yunon hokimiyati yagona monarxiya tomonidan amalga oshirilmay davlatlar uyushmasi (ittifoqi) tomonidan amalga oshirilgani dastavval, nisbatan kuchlilar, ular orasidan «baqtriyaliklar», keyin esa «ularga tobe bo’lganlar» haqidagi kontseptsiyani ilgari surgan edi. Hozirgi vaqtda ko’pchilik tadqiqotchilar Yunon-Baqtriya podsholarining boshqargan hududlari SHimoliy Afg’oniston, Janubiy O’zbekiston va Hindiqushdan janubdagi ayrim viloyatlar bo’lganligini ehtirof etadilar. Bu hududlardagi markazlashagn davlatda Diodot I, keyin esa Yevtidem I (yahni, mil.avv. III asrning ikkinchi yarmi) davrlarida kuchli podsho hokimiyati mavjud edi. Mil.avv. II asrning ikkinchi choragidan boshlab Yunon-Baqtriya podsholigining inqiroziga qadar davlatda mutlaq birlik va barqarorlik bo’lmagan.
So’nggi yillarda olib borilgan qazishmalar natijasida topilgan juda ko’plab arxeologik topilmalar Amudaryo o’rta oqimining o’ng va chap qirg’og’i aholisining mil.avv. III-II asrlardagi o’zaro aloqalaridan darak beribgina qolmay, bu yerlarni Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirganligidan dalolat beradi. E.V.Rtveladzening fikricha, mil.avv. 250-140/130 yillar davomida Yunon-Baqtriya davlati mustaqil davlat sifatida mavjud bo’lib, bu davrda Diodot, Yevtidem, Yevkratid, Geliokl kabi podsholar hokimiyatni boshqarganlar. Mil.avv. II asrning ikkinchi yarmiga kelib ko’chmanchilar zarbalari va o’zaro taxt uchun kurashlar natijasida Yunon-Baqtriya davlati inqirozga uchradi.



Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish