Xalqaro valyuta bozori


-jadval O’zbekistonda xalqaro pul o’tkazmalarining oqimi34



Download 0,64 Mb.
bet148/150
Sana29.08.2021
Hajmi0,64 Mb.
#158583
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   150
Bog'liq
маъруза матни ХВБ

9.3-jadval

O’zbekistonda xalqaro pul o’tkazmalarining oqimi34.




2002

2003

2004

2005

2006

Jami

100

100

100

100

100

Pul o’tkazmalarining kirimi %

72,30%

78,31%

80,00%

82,50%

85,76%

Pul o’kazmalarining chiqimi %

27,70%

21,69%

20,00%

17,50%

14,24%

Kirim va chiqim hajmining nisbati

2,6 marta

3,6 marta

4 marta

4,7 marta

6 marta

Kirim/ YaIM, %

2,9

3,5

4,7

6,1

8,2

Kirim/ Xorijiy investitsiyalar, %

59

74

92

128

228

Kirim/ Sof eksport

50,16%

32,48%

39,43%

47,23%

57,08%


2002–2006 yillar mobaynida rasmiy pul o’tkazmalarining kirib kelishi 5 barobar ko’paydi. Pul o’tkazmalarining boshqa davlatlarga chiqib ketishi bu davrda 2,6 marta ko’paydi va 226,7 mln. AQSh dollarni tashkil etdi. Holatning bunday ko’rinishi O’zbekistonni pul o’tkazmalari bo’yicha sof qabul qiluvchi ekanligini anglatadi.

2006 yilda pul o’tkazmalarining kirimi paxta eksportidan keladigan miqdorga nisbatan 2,3 marta oshdi. Pul o’tkazmalarining mamlakatga kirib kelish sur’atlari bu tarzda ko’payib borishi uni O’zbekiston iqtisodiy o’sishida yangi omil sifatida qarashni talab etadi.



Pul o’tkazmalari makroiqtisodiy o’sishga ijobiy ta’siri etishi mumkin. Jahon bankining bir qator rivojlanayotgan mamlakatlar bo’yicha o’tkazgan tadqiqotlariga ko’ra, xorijda ishlayotgan jismoniy shaxslar o’tkazgan pul mablag’lari iqtisodiy o’sish sur’atiga uzoq muddatda ijobiy ta’sir etadi35. Bundan tashqari pul o’tkazmalari nisbatan kam ta’minlangan uy xo’jaliklari o’rtasida kambag’allikning qisqarishini ta’minlaydi. Jahon bankining tadqiqotlariga ko’ra, rivojlanish darajasi past bo’lgan davlatlarda pul o’tkazmalari uy xo’jaliklar daromadining 20% ni tashkil qilar ekan.

Aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda pul o’tkazmalari valyuta tushumlarining asosiy manbasi hisoblanadi. Jumladan: migratsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda xorijda ishlayotgan fuqarolarning pul o’tkazmalari tovar va xizmatlar eksportidan keladigan valyuta tushumi hajmini 10% tashkil qiladi. Moldoviya va Serbiyada bu ko’rsatkich eksport tushumlarining qariyb yarmiga teng keladi. Albaniya, Bosniya va Gertsegovinada pul o’tkazmalari deyarli eksport hajmiga yaqin (9.3-rasmga qarang).





9.3-rasm. Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida pul o’tkazmalarining eksportga nisbati (2004 yil holatiga)36.
9.3-rasmdan Bosniya va Gertsegovina, Armeniya, Gruziya, Xorvatiya, Tojikiston qatorida O’zbekistonda xam chet elda ishlayotgan fuqarolarning pul o’tkazmalari iqtisodiyotda sezilarli o’ringa ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. 2006 yil holatiga O’zbekistonga pul o’tkazmalari orqali kirib kelgan xorijiy valyuta eksportga nisbatan qariyb 25%ni tashkil etdi, importning esa 31%ni qoplashga etarli edi. Sof eksportning 57,08%37 ga teng bo’lgan valyutani pul o’tkazmalari orqali mamlakat iqtisodiyotida qolishi valyuta kursi o’zgarishiga ta’sir etishi muqarrar, bu ba’zi hollarda esa milliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligida salbiy tarzda aks etishi mumkin.

Hisobga olinmagan pul o’tkazmalari migratsiya darajasi yuqori bo’lgan ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balansida defitsitning saqlanishiga ta’sir etadi. Masalan, ba’zi mamlakatlarda, jumladan, Albaniya, Bosiya va Gertsogovina, Moldova, Serbiya va Tojikiston joriy balansning salbiy qoldig’i sezilarli bo’lsada, hisobga olinmagan pul o’tkazmalari hajmi joriy balans qoldig’idan ko’pdir.

Pul o’tkazmalari valyuta kursiga uch yo’sinda ta’sir etishi mumkin. Birinchidan, pul o’tkazmalari mamlakat sof tashqi aktivlar pozotsiyasini oshirish bilan iqtisodiyotning tashqi muvozanatiga ta’sir etadi. J. Frenkel va M.Mussa38, E Alberolla va X. Lopezning39 tadqiqotlariga asosan, joriy operatsiyalar balansini qoldig’i yuzaga kelganida iqtisodiyotning tashqi muvozanati saldoga teng qiymatdagi xalqaro kapital kirimi hisobiga ta’minlanishi mumkin.

O’z navbatida, kapital oqimi xorijiy aktiv va majburiyatlarga bog’liq bo’lgani bois, mamlakatning tashqi pozitsiyalaridagi o’zgarish real almashuv kursiga ta’sir etadi. Bundan kelib chiqadiki, pul o’tkazmalari boshqa xorijiy valyuta manbalaridan farqli ravishda majburiyatdan holi bo’lgani uchun valyuta kursiga to’g’ridan – to’g’ri ta’sir etadi.

Ikkinchidan, pul o’tkazmalari kapital harakati va ishchi kuchi migratsiyasi o’zgarmagan holda, mamlakatning ichki muvozanatiga ta’sir etadi. Bundan kelib chiqadigan bo’lsak, pul o’tkazmalari ichki mahsulotlarga bo’lgan talabni oshishi va savdo sohasida narxning ko’tarilishiga (Balassa – Samuelson modeli40) olib keladi. Bozorning qat’iy holatida savdo va nosavdo sohalarning samaradorligi o’rtasida sezilarli farq yuzaga kelishi mumkin.

Masalan, pul o’tkazmalarini ko’payishi, mahsulotlar xaridini ko’paytiradi. Bu birinchi navbatda, shu mahsulotlar savdosida narxning ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Inflyatsiya sur’atining ko’tarilishi real valyuta kursini tushishiga ta’sir etadi.



M.Mussa va X. Lopez olib borgan tadqiqotlarida Lotin Amerikasida joylashgan rivojlanayotgan mamlakatlar milliy valyutalarining real kursiga pul o’tkazmalari ta’sirini o’rgangan. Mazkur tadqiqot natijalariga ko’ra, pul o’tkazmalari va real valyuta kursi o’rtasida bog’liqlik qayd etilgan (9.4-jadvalga qarang).

9.4 -jadval


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish