Yopilish baholarining ishlatishi va yo’nalishlarning mavjudligi
Dou yopilish baholariga juda qattiq ishongan. Bunga asosan, indeks tomonidan bundan avvalgi cho’qqi yoki pasayishining darajasini yorib chiqish faqat yopilish baholari bilan qayd etilgan. Savdo kuni mobaynidagi kelishishlar (o’zgarishlar) inobatga olinmagan. Dou, grafiklarda hosil bo’ladigan gorizontal savdo zonalari yoki uchastkalariga “yo’nalishlar” (liniya) deb nom bergan. Ushbu uchastkalar muvofiqlashtiruvchi yoki birlashish fazasi xarakteriga ega. “Yo’nalishlar” bozorning cho’qqilarida va zaminida (quyi qatlamida) ham uchrashi mumkin. Zamonaviy atamalarga asosan ushbu gorizontal modellar “to’g’ri burchaklar” deb ataladi.
Baholarni ikki usul bilan tahlil etish va prognoz qilish mumkin, ya’ni fundamental va texnik usul bilan. Texnik usuldan tovarning u yoki bu turiga yirik hajmdagi summalarni qo’yadigan hamda yetarli darajadagi texnik ta’minot (kamida axborotlar tizimiga ulangan kompyuter)ga ega bo’lgan savdo professionallari odatda foydalanadi. Fundamental usulni esa u yoki bu darajada har qanday odam eplay oladi. Chunki zamonaviy sharoitda barcha odamlar turli nashriyotlar tomonidan chop etiladigan axborot manbalarini o’qib boradilar va bunga asosan oddiy mantiq barchaga ham tushunarli. Ya’ni, agarda ishlab chiqarish pasaysa, albatta tovarlarga bo’lgan baholar ko’tariladi; foiz stavkalarni ko’tarilishi sharoitida milliy valyuta qimmatlashib boradi. Har bir tovar va valyuta bozorlari uchun ko’pchilik fundamental omillar mavjud – maxsus xususiyatlarga ega maxsus to’plam.
Bozorlarning har biridagi fundamental tahlil u yoki bu tovar bahosining harakatiga ta’sir etuvchi iqtisodiy-siyosiy omillarning har tomonlama ko’rib chiqilishini ko’zda tutadi.
Ikkala usul ham bir muammoni hal etishga harakat qiladi, ya’ni bahoning keyingi harakat yo’nalishini aniqlash. Biroq ushbu masalani hal etishga ikkalasi turlicha yondashadi. Fundamental tahlilchilar bozorni harakatlantiruvchi sabablarni o’rganadi. Texnik tahlilchilar esa ushbu jarayonning oxir-oqibati bilan qiziqadilar. Fundamental tahlilchi oddiy mantiqqa asoslanadi va har doim “nima sababdan?” degan savolni beradi. Texnik tahlilchi esa sababni bilish shart emas, deb hisoblaydi, chunki fundamental tahlil o’zining tarifiy xususiyatiga ko’ra texnik tahlilning ichida mujassamdir.
Fundamental tahlil o’zining mohiyatiga ko’ra maqsadga muvofiqliroq bo’lib ko’rinadi. Ammo, har qanday treyderdan so’ralganda, u fundamental omillarga hamma vaqt ham to’liq ishonib bo’lmasligi haqida aytadi. Mamlakat iqtisodiy holati bo’yicha bir xildagi axborot va fikrlar turli kunlarda bir-biriga diametral qarama-qarshi bo’lgan natijalarga olib keladi. Bir sababning o’zi turli oqibatlarga olib keladi.
Fundamental tahlildan foydalanilganda barcha omillarni hisobga olib bo’lmaydi va albatta qaysilaridir noma’lumligicha qolib ketadi. Bozorning kuchli oqibatli harakatlari ko’p holatlarda kam ahamiyatli voqealardan boshlanadi. Har bir treyder o’ziga har bir bozor uchun fundamental omillarning asosiy to’plamini tasavvur qilishi kerak bo’lsa ham, treyder u yoki bu bitimga kirishda ularga to’liq ishonch hosil qilishi qiyin.
Texnik tahlil – prognozlashning farqli usulidir, tug’ri topishning ko’proq ehtimolini beradi, ammo u ham kamchiliklardan holi emas. Shu sababli, ham fundamental, ham texnik tahlil to’liq bo’lib hisoblanmaydi, balki ular bir birini to’ldiradi.
Ko’pchilik treyderlar o’zlarini “fundamentalchi” yoki “texnikchi” sifatida tasniflashga harakat qiladi. Ammo xayotda ularni orasida aniq bir chegarani belgilash nihoyatda qiyindir, chunki “texnikchi” odatda fundamental omillar to’g’risida tasavvurga ega, “fundamentalchi” esa o’zi sezmagan holda texnik tahlilning ko’pchilik tamoyillaridan foydalanadi.
Texnik tahlilining imtiyozli tomonlari uning foydasiga ovoz beradi – uning keng qamrovligi va moslashuvchanligi kabi xususiyatlari fundamental tahlilga umuman xos emas. Qimmatli qog’ozlar, valyuta va shakar bilan baravariga ishlayotgan yoki bir kunga yoki bir yil olin osongina prognoz qila oladigan professional fundamentalistni tasavvur qilish qiyin. Texnik tahlil bilan ham ushbular oson emas: undan foydalanish yuzasidan e’tiborli shartlashuv – kerakli usulni to’g’ri tanlay olish bilimdonligini o’z ichiga olgan professionalizm.
Tovar va moliyaviy bozorlarda ishlash murakkabdir, o’z prognozlarini tuzish ham murakkabdir – chunki ular bizning istaklarimizni aks ettiradi. Shu sababli dastlabki qarorlarni qabul qilishda prognozlash professionallari maslahatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir –texnik hamda fundamental.
Do'stlaringiz bilan baham: |