Xalqaro turizm va turizm servisi



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/23
Sana31.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#218007
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
KURS ISHI

To‘rtinchi yo‘nalishda turistik marshrutlarning ommaviylashgan reklama si 

ham sotish ham haridor ham hozircha yo‘q. Umuman olganda turistik  marshrutlar 

ishlab chiqishning o‘zi qoniqarsiz holatda, marshrut yo‘q bo‘lgandan keyin uning 

bozori,  reklamasi  ham  respublikamizda  shakllangan  emas  (Turistik  maarshrutlar 

deyarli og‘zaki tashkil qilinib og‘zaki o‘tkazilmoqda). 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



4.

 

TURISTIK MARSHRUTLARDA HAYOT XAVFSIZLIGINI 

TA’MINLASH

 

Turizmda  turistlarning  hayoti  xavfsizligini  ta’minlash  eng  muhim,  davlat 

ahamiyatiga  molik  masala  hisoblanadi.  Hozirgacha  turizmning  rivojla  nishiga 

quyidagi omillar asosiy ta’sirlarni hosil qiladi. Mazkur asosiy omillarni 2 guruhga 

bo‘lishimiz mumkin; 

 

I-guruh–«Statistik  omillar»-bu  omillar  vaqt  o‘tishi  bilan  o‘z  ahamiya 

tini  yo‘qotmaydi,  saqlab  turadi.  Bu  guruhga  tabiiy  iqlim  omillari,  geogra  fik 

omillar, madaniy – tarixiy omillar kiradi. 

 

II–guruh– «Dinamik omillar»-Bu guruhga quyidagi omillar kiritilgan; 

1. 


Siyosiy omillar; 

2. 


Ijtimoiy – demografik omillar; 

3. 


Iqtisodiy – moliyaviy omillar; 

4. 


Moddiy texnik omillar. 

Turistik  marshrutlarni  ishlab  chiqish,  tashkil  qilish,  o‘tkazishni  qayd 

qilingan  omillar  asosida  turistlarning  tur  vaqtida  (marshrut  vaqtida)  hayoti 

xavfsizligini ta’minlash, vatanimizga turistlar oqimini kuchaytirishdagi eng muhim 

va ma’sul vazifalardan hisoblanadi. 

Turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash O‘zbekistonda turizmni tashkil 

qilish  va  rivojlantirish  sohasidagi  dastlabki  qonunlarda  alohida  moddalar  bilan 

belgilangan. Ana shunday dastlabki qonun–O‘zbekiston Respublikasining «Turizm 

to‘g‘risida»gi qonuni hisoblanadi. Bu qonun 20-avgust 1999 yilda qabul qilingan 

bo‘lib  qonundagi  18.19.20  moddalar  turist  larning  hayoti  xavfsizligini 

ta’minlashdagi chora–tadbirlar tizimini yaratishga asos bo‘ladi. Turizm ta’limidagi 

barcha  mutaxassislar  ushbu  qonun  moddalarini  yaxshi  o‘zlashtirishi,  mukammal 

bilishi nuqtai-nazaridan qayd qilingan moddalarni keltirish o‘rinli bo‘ladi. «Turizm 

to‘g‘risida» qonun ning: 



18–moddasi–«Turistlarning  xavsizligi kafolati». O‘zbekiston Respub likasi 

hududida  turistlarning  hayoti  xavfsizligi  davlat  tomonidan  kafolat  lanadi.  Turizm 

sohasidagi  vakolatli  davlat  organi  manfaatdor  vazirliklar  va  idoralar  bilan 



birgalikda turistlarning himoya qilinishini hamda xavfsizligini ta’minlash dasturini 

ishlab  chiqadi  va  uning  bajarilishini  tashkil  etadi.  Mahalliy  davlat  hokimiyati 

organlari turizm sohasida barcha turistik yo‘nalishlar bo‘yicha turistlarning himoya 

qilinishini va xavfsiz ligini ta’minlash mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqadilar va 

ularning  bajarilishini  tashkil  etadilar.Turistik  faoliyat  sub’ektlari  turistlarning 

xavfsizligini  ta’minlash  bo‘yicha  ular  jarohatlanganda,  kasallanganda  va  boshqa 

hollarda tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqadilar. 

19–moddasi–Turistlarning xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari. Turistik  

faoliyat sub’ektlari turistlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida: 

 turistlarning  safarda  xavf–xatardan  xoli  bo‘lishlari  uchun  shart-sharoitni, 

safar,  sayr,  ekskursiya  yo‘llari,  musobaqalar  o‘tkaziladigan  joylarning 

ta’minlanishlari; 

 turistlarga  jarohatlanish  va  baxtsiz  hodisalardan  saqlanish  hamda  ularning 

oldini  olish  usullarini  o‘rgatishlari,  birlamchi  tibbiy  yordam  ko‘rsatish  yuzasidan 

yo‘l-yo‘riq  berishlari,  shuningdek,  belgi  langan  yo‘nalishning  xususiyati  va 

turistlarning  hatti-harakatiga  bog‘liq  holda  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  xavf 

manbalari haqida ularning o‘zini xabardor qilishlari; 

 turistlarning  sayohatlar,  safarlar,  musobaqalar,  boshqa  turistik  tadbirlarga 

tayyorgarligi ustidan nazoratni amalga oshirishlari; 

 falokatga uchragan turistlarga tezkor yordam ko‘rsatishlari; 

 avtomobil, tog‘-chang‘i, velosiped, suv, mototsikl, piyoda safar, g‘or turizmi 

va  turizmning  boshqa  maxsus  turlarini  tashkil  etish  va  o‘tkazishda  xavfsizlikning 

alohida talablarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari shart; 



20  moddasi–  «Turistlarni  sug‘urta  qilish».  Turistlarni  sug‘urta  qilish 

majburiydir  va  u  turistik  faoliyat  sub’ektlari  tomonidan  sug‘urta  faoliyati  olib 

borish  huquqiga  ega  bo‘lgan  tegishli  sug‘urta  tashkilotlari  bilan  tuzila  digan 

bitimlar asosida amalga oshiriladi. 

Butunjahon  turizm  tashkiloti  (VTO)  talablari  bo‘yicha  har  bir  davlatda 

turistlarning ushbu davlatga kelib–ketishi bo‘yicha  davlat nizomi bo‘lishi  lozim. 

Bizning  Respublikamizda  ham  xudi  shunday  nizom  hukumatimizning  maxsus 



vazirliklari  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  tasdiqlangan.  «Sayyohlar  ning 

O‘zbekiston  Respublikasiga  kelishi  va  ketishi  tartibi  to‘g‘risida  Nizom»    ga 

muvofiq  quyidagi  moddalar  sayyohlarning  hayoti  xavfsizligini  ta’min  lashga 

qaratilgan: 

 

xavf-xatar  manbalari  bo‘lgan  hududlarga  chet  ellik  sayyohlarni  olib 



chiqishlaridan oldin,O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 

tegishli  boshqarmalaridan  baxtsiz  hodisalar  yoki  xavf-xatarlar  kelib  chiqishi 

mumkin bo‘lishi yoki bo‘lmasligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar olish; 

 

ruxsat etilgan xavfsiz yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi 



Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan 

holda belgilangan xavfsiz yo‘nalish bo‘yicha sayyohat qilishni ta’minlash; 

 

belgilangan  yo‘nalishning  xususiyati  va  sayyohlarning  hatti-



harakatiga  bog‘liq  holda  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  xavf-xatar  manbalari 

haqida ularning o‘zini xabardor qilish va xavfsizligini ta’minlash; 

 

qabul  qiluvchi  turistik  tashkilot  chet  el  sayyohlari  bilan  xavfsizlik 



choralariga  rioya  etishlari,O‘zbekiston  Respublikasida  bo‘lish  tartibi,  ekologik 

xavfsizlik  talablari,  milliy  urf-odatlarga  hamda  sanitariya-gigiyena  qoidalariga 

amal qilishlari to‘g‘risida tegishli tushuntirish ishlarini o‘tkazadi. 

Turizmda xavfsizlik masalalari dolzarbligiga qaramasdan hozirgacha turizm 

mutaxassislarining  e’tiboridan  chetda  hisoblanadi.  Respublikamiz  dagi  turizm 

mutaxassislari  va  bakalavlari    tayyorlaydigan  kollej,  institut  va  universitetlarda 

turizmda  hayot  xavfsizligini  ta’minlash  kursini  o‘qitish  vaqti  keldi.  Chunki, 

mamlakatimizga  xalqaro  turistik  oqim  yildan-yilga  ortib  bormoqda.  Turizmda 

hayot  xavfsizligi  bo‘yicha  hozirda  yagona  manbani,  taniqli  olim,  professor 

N.Tuxliyev va T.Abdullayevalarning mukammal asari ni keltirishimiz mumkin. 

Turizm  marshrutlarida  turistlarning  hayoti  xavfsizligini    ta’min  lashda 

kutiladigan  va  kutilmaydigan  xavflarni  hisobga  olish  maqsadga  muvofiqdir. 

Ekologik  turizm  marshrutlarini  ishlab  chiqish  mavzusida–«Ekologik  turizm 

marshrutlarida  turistlarning  hayoti  xavfsizligini  ta’minlash»  yuzasidan  marshrut 

rahbari  amalga  oshiriladigan  ishlar  ro‘yxati  keltirildi.Turistik  marshrutlarning 



barchasida  turistlarning  hayoti  xavfsizligini  ta’minlash  chora  tadbirlari  ishlab 

chiqilishi va marshrutni o‘tkazadigan turistik tashkilot rahbarining imzosi va gerbli 

muhri bilan rasmiylashtirilishi lozim. 

O‘zbekistonda  «Turizm  to‘g‘risida»gi  qonunda  turistlarning  hayoti 

xavfsizligini ta’minlashdagi chora–tadbirlarni ishlab chiqish bir qator moddalarda 

qayd  qilingan.  Shunga  qaramasdan,  qayd  qilish  lozimki,  turist  larning  hayotiga 

xavf soluvchi vaziyatlar, holatlar va omillar o‘ta sustkashlik bilan bir tomonlama, 

umumiy  xulosalar  tariqasida  o‘rganilmoqda.  Ayniqsa,  turistik  muhitda,  turistik 

marshrutlardagi  xizmatlarda  turistlarning  xayotiga  xavf  soluvchi  xavf–xatarlar 

umuman tadqiq qilinmayapti. 

Turistlarning  xayotiga  xavf  soluvchi  vaziyatlar,  omillar  bevosita  xizmat  lar 

ko‘rsatish jarayonlarida, har qanday turistik marshrutlarda, ekskursiya larda, ularni 

ovqatlantirishda,  tub  joy  aholi  bilan  bo‘ladigan  muloqotlarda  va  boshqa 

sharoitlarda kelib chiqishi, yuz berishini hisobga olsak, bu yo‘nalish da aniq ilmiy 

ishlanmalar  ishlab  chiqish  ancha  murakkb  bo‘lib  ko‘plab  vaqt–muddatlarni  talab 

qiladi.  Shuning  uchun  ham  mamlakatimizda  turizmni  rivojlantirish  uchun  bu 

yo‘nalishda  aniq  tavsiyalar  ishlab  chiqishni,  ilmiy  tadqiqotlarni  dadil  boshlashni 

turizm sohasining ijtimoiy–iqtisodiy muhiti qat’iy talab qilmoqda. 

Turistlarning  hayoti  xavfsizligini  o‘rganish  va  zaruriy  chora-tadbirlar  talab 

darajasidagi  ilmiy–amaliy  ishlanmalarni  ishlab  chiqishning  juda  murakkabligi 

shundan  iboratki,  turistlarning  hayotiga  xavf  soluvchi  vaziyatlar,  omillar  va 

manbalar  har  qadamda  har  bir  soniyada  yuz  berishi  mumkin.  Ayniqsa,  ekologik 

turizm rekreatsiya turizmi, arxeologik, g‘orshu noslik turizmlarida, ekskursiyalarda 

va  bu  turizm    turlaridagi  xizmatlar  ko‘rsatish  jarayonlarida,  tabiiy  iqlim 

sharoitlarida turistlarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar va omillar juda qaltis, 

kutilmaganda ham kelib chiqishi mumkin.  

Turizmda  xavfsizlik      tushunchasi  -  amaliy  fanlardan  bo‘lishi  lozim  va 

«Butunjaxon  turizm  tashkiloti»ning  ishlab  chiqgan  ko‘rsatmalari  bo‘yicha  har  bir 

davlat o‘zidagi turizm soxasi uchun «turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash» 

o‘quv  dasturini  ishlab  chiqishi  va  turizm  ta’limi  yo‘nalishlarda  barcha 




mutaxassisliklarda o‘qitilishi zarur. Mamlakatimizda turistlar bilan yuz beradigan 

qandaydir  fojeani  kutib  turmasdan  biz  milliy  turizmda  xavfsizlik,  turistlarning 

hayotiga  xavf  soluvchi  vaziyatlar,  omillar,  bunday  xavflarning  kelib  chiqishi  va 

oldini  olish  chora–tadbirlarini  ishlab  chiqishni  xozirdan  o‘rganishimiz  zarur 

bo‘ladi. 

«Turizmdagi  xavfsizlik»da  turist  va  ekskursiyachilarga  ko‘rsatiladigan 

xizmatlarda «xavfsizlik» masalalarini tadqiq qilib ularning hayoti xavfsiz liklarini 

ta’minlashning metodlarini ishlab chiqish va nazorat qilish uchun qo‘yidagi asosiy 

vazifalarni 

yechish 


lozim 

bo‘ladi: 

«Turizmda 

havfsizlik»ni 

turist 

ekskursiyachilarga  ko‘rsatiladigan  xizmatlarni  tadqiq  qilib  ularning  hayoti 

xavfsizligini  ta’minlashning  metodlarini  ishlab  chiqish  va  nazorat  qilish  uchun 

qo‘yidagi asosiy vazifalarni yechishi lozim bo‘ladi:  

 Turda  joylashtirish,  harakatlanish,  ovqatlanish  va  boshqa  faoliyat  larda 

yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlarni aniqlaydi va baxolaydi; 

 Turda  yuzaga  keladigan  salbiy  ta’sirlarni  yozish,  ta’riflash  va  tav  siflashni 

bir tizimga soladi; 

 Xavfli va zararli omillarning oldini olish va yo‘qotish usullarini, variantlarini 

ishlab chiqadi; 

 Turda  komfort  sharoitni  yaratadi  va  xavfsizlik  chora–tadbirlarini  ishlab 

chiqadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Imom al 

Buxoriy 



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish