Komissiyalarni va xarajatlarni olish. Agarda boshqa ko’rsatmalar bo’lmasa, remitent banki eksport qiluvchidan unga va inkasso qiluvchi bankiga tegishli inkasso bo’yicha bo’lgan komissiya va xarajatlarni oladi. Eksport qiluvchi esa, o’z navbatida, bu mablag’larni to’lovchidan talab qiladi. Agarda to’lovchi, to’lovdan voz kechsa, u holda taqdim qiluvchi bank hujjatlarida inkasso bo’yicha komissiya va xarajatlarni to’lovidan so’ng, berilishi kerak deb, inkasso topshiriqnomasida ko’rsatilishiga qaramasdan, unga hujjatlarni taqdim qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |