Antarktida vohalari
deb ataladi. Maydoni yuzlab kvadrat kilometrga yetadigan bu
vohalar hamma tomondan muzlar bilan o’ralgan, yozda bunday vohalarda qor
bo’lmaydi va ba’zan qor erishidan hosil bo’lgan kichik ko’llar ham uchraydi.
Vohalarda yer yuzasidagi havo harorati musbat bo’ladi, lekin bir necha metr
balandlikda keskin pasayadi. Vohalarning vujudga kelishiga balandroq yerlarni muz
aylanib o’tib, uning ustini qoplamasligi sabab deb taxmin qilishadi. Materik muzligi
chekka qismining ba’zi bir yerlarda vohalarning ko’p bo’lishiga sabab, bu yerlardagi
muzliklar materik ichki qismidan muz oqib kelishi hisobiga mavjud ekanligidir.
Materikning g’arbiy chekkasini Antarktika And tog’lari tuzilishi va
geomorfologik jihatdan Janubiy Amerika And tog’larining davomi bo’lgan tog’
tizimi egallagan. Bu tog’ tizimi Antarktika yarim oroli va unga yaqin joylashgan
Meri Berd Yeri oroli orqali cho’zilib, Eduard II yarim orolida tugaydi. Bu tog’
tizimining katta qismini materik muzligi qoplagan, lekin balandligi 3000-4000 m
dan ortiq bo’lgan eng baland cho’qqilar muz ustidan ko’tarilib turadi, ularda katta
tog’ muzliklari bor. Elsuert Yerida tog’lar eng baland ko’tariladi, bu yerda
Antarktidaning eng baland cho’qqisi - Vinson tog’i (5140 m) joylashgan. Tog’lar
mezozoy erasining kuchli metamorfiklashgan yotqiziqlari va vulkan jinslaridan
tuzilgan. Tog’larning tuzilishida yoriqlardan neogen oxiridan boshlab oqib chiqqan
lavalar katta rol o’ynaydi. Sharq tomondan tog’larga ilk mezozoy chekka bukilmasi
tutashib turadi (Ilova, 7-rasm).
Antarktika And tog’lari Tinch okean suvlari ostida Yangi Zelandiya suv osti
marzasi sifatida davom etib, so’ngra Yangi Zelandiya tog’lari bilan tutashadi.
Antarktika And tog’larining ikkinchi tomondagi davomi Janubiy Antil orollar yoyi
bo’lib, undagi orollar (Janubiy Georgiya, Janubiy Sandvich, Janubiy Orkney va
Janubiy Shetland) suv osti tizmasining vulkan tepalaridan iborat.
Materikning sharqiy katta qismi platforma tuzilishiga ega bo’lib, bu
platforma bir vaqtlar Gondvana tarkibida bo’lgan Antarktika platformasi
hisoblanadi. Uning g’arbiy qismi platodan iborat bo’lib, unda kembriydan oldingi
platformaning kristall fundamenti ustida kembriy dengiz yotqiziqlari yotadi, uning
ustini esa Gondvana tarkibiga kirgan boshqa materiklardagi kontinental jinslarga
o’xshagan paleozoy hamda mezozoy kontinental cho’kindi qatlamlari egallagan.
Platformaning g’arbiy qismida neogenda tektonik harakatlar faollashib, Antarktika
gorsti vujudga kelgan. Viktoriya Yeri, Kots Yeri, Koroleva Mod Yerini baland
palaxsali tizmalar egallagan, ularning balandligi 3000-4000 m ga yetadi va ayrim
81
joylarda materik muzidan ko’tarilib turadi. Yoriqlar bo’ylab Yer po’stining
cho’kishi natijasida Ueddell va Ross dengizlari vujudga kelgan. Vertikal harakatlar
bilan birga bazalt lavalari oqib chiqqan va vulkan konuslari hosil bo’lgan. Ross
dengizidagi orollarda harakatdagi Erebus va Terror vulkanlari 3000 m dan ortiq
baland ko’tarilgan. Ular kaynozoyning ikkinchi yarmida vujudga kelgan.
Antarktidaning sharqiy chekkasi barqaror kristall palaxsadan iborat, uni neogen va
antropogenda hosil bo’lgan yoriqlar kesib o’tgan. Antarktika platformasining
qadimgi kristall jinslari orasida ba’zi bir metall rudalari: mis, molibden, qo’rg’oshin
va boshqa konlar topilgan.
Antarktika o’ziga xos va qattiq tabiiy sharoitga ega, bunga uning janubiy qutb
yaqinida joylashganligi, shuningdek janubiy yuqori kengliklardagi quruqlik bilan
dengizning nisbati sabab bo’lgan. Hatto Arktika tabiati ham Antarktika o’lkasi
tabiatiga bir oz o’xshasa ham, lekin har holda undan keskin farq qiladi.
Antarktikaning o’ziga xos sharoiti juda katta quruqlik va suv havzasida hukmron.
Antarktikadagi quruqlikda Antarktida quruqligidan tashqari orollar arxipelaglari va
alohida orollarni: Aleksandr I Yeri, Janubiy Shetland, Janubiy Orkney, Janubiy
Sandvich, Janubiy Georgiya, Ballen va boshqa ko’p orollarni o’z ichiga oladi. Bu
orollarning ba’zilari materikka yaqin joylashgan va tabiiy sharoitiga ko’ra undan
deyarli farq qilmaydi, boshqalari keng dengizda materikdan hamda bir-birlaridan
ancha uzoqda joylashgan.
Antarktida qirg’oqlarini Tinch, Atlantika va Hind okeanlari suvlari yuvib
turadi. Okean materik qirg’oqlarini o’yib kirib, Ueddell, Bellinsgauzen, Amundsen,
Ross, Jamiyat, Kosmonavtlar dengizlarini hosil qiladi. Antarktika suv havzalari
suvining rejimi, florasi, faunasi boshqa kengliklardagi suv havzalaridan farq
qiluvchi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Qutb atrofida joylashgan Antarktika faqat
bitta shimoliy chegaraga ega va bu chegara okeanlardan o’tganligidan uni belgilash
murakkab. Antarktika atmosfera sirkulyasiyasi sharoiti mo’tadil mintaqa atmosfera
sirkulyasiyasi sharoiti bilan almashinadigan joydan, ya’ni mo’tadil kengliklar havo
massalarini Antarktika havo massalaridan Antarktika konvergentsiya zonasida
Antarktikaning sovuq suvlari mo’tadil kengliklarning iliq suvlari bilan qo’shiladi.
Okean suv rejimining Antarktikaning shimoliy chegarasi yaqinida keskin o’zgarishi
kuzatilgan. Bu o’zgarish shunchalik kattaki, bu hol Dunyo okeanida Antarktika
o’lkasining tabiiy zonal chegarasining mavjudligiga olib keladi. Antarktika o’lkasi
Yerning Janubiy Antarktika mintaqasiga to’g’ri keladi.
Antarktika konvergentsiya zonasi Antarktikaning turli geografik kengliklarida
joylashgan, lekin yil davomida uning o’rni juda kam o’zgaradi. Atlantika sektorida
va Hind okeani sektorining g’arbiy qismida bu zona 48
0
-50° j.k. lar orasida
joylashgan. Avstraliyaning janubi-g’arbida u janubga tomon suriladi va Tinch okean
sektorida 60° j.k. ga to’g’ri keladi. Bu zona aysberglar uchraydigan yerlarning
shimoliy chegarasi bilan dengiz muzlari eng ko’paygan vaqtdagi ularning chekkasi
orasida bo’lib, o’rta hisobda olganda 53°05 j.k. ga yaqin joylashgan. Antarktikaning
shu chegaralar ichidagi umumiy maydoni, Antarktidani ham qo’shib hisoblaganda
52,5 mln. km
2
ga yaqin. Antarktika o’lkasining shimoliy qismi tabiati uning boshqa
qismlari tabiatiga qaraganda bir oz yumshoq bo’lib, shunga ko’ra Antarktika
82
o’lkasida shimoliy yarim shardagiga o’xshab, subantarktika mintaqasi
Subantarktika
ajratiladi. Unga Tinch, Atlantika va Hind okeanlarining yozda
mo’tadil kengliklari g’arbiy shamollari ta’siri kuzatiladigan qismi va undagi orollar
kiritiladi (Ilova, 7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |