Taman fauna kompleksi.
Pliotsenning oxiri va pleystotsenning boshlarida
mavjud bo’lgan. O’sha vaqtlarda tropiklarga xos tipik issiqsevar hayvonlar - tapirlar,
jirafalar qirilib ketgan. Lekin janubiy rayonlar faunasiga mansub bo’lgan issiqsevar
hayvonlardan Kavkaz elasmoteriysi va janub fili bemalol yashagan.
Tiraspol fauna kompleksi.
Quyi pleystotsen epoxasida rivojlangan bo’lib,
Sharqiy Yevropaning Oka muzligi davriga to’g’ri keladi. Taman kompleksiga
taalluqli bo’lgan issiqsevar hayvonlar bu davrga kelib qirilib ketgan va ularning
o’rnida sovuqqa chidamli hayvon turlari - shimol bug’usi, lemminglar, qo’chqorlar,
serjun karkidonlar vujudga kelgan.
Xazar fauna kompleksi.
O’rta pleystotsenda tarkib topgan. Bu fauna
kompleksi tarkibida trogonteriy fili, Knoblox tuyasi, xazar otlari, german bug’usi,
uzun shoxli bizon (ho’kiz turi), shimol bug’usi, serjun karkidonlar kabi hayvonlar
bo’lgan.
Yuqori paleolit fauna kompleksi.
Yuqori pleystotsenni, arxeologlarning
yuqori paleolit davrini qamrab oladi. Bu o’ziga xos aralash fauna kompleksi bo’lib,
240
uning tipik vakillari mamont va serjun karkidonlar bilan bir vaqtda Arktika
hayvonlarining yangi turlari - shimol tulkisi, lemminglar, qo’chqor hamda dasht
hayvonlari - ohu, oqquyruq, yumronqoziq, sahro sug’urlari yashagan.
Golosen fauna kompleksi.
Muzlik davridan keyin shakllangan hozirgi zamon
fauna tipidir. Golotsenga kelib yuqori paleolit fauna kompleksining ko’plab vakillari
- mamontlar, serjunli karkidonlar qirilib ketgan. Ularni faqat qazilma shaklida
uchratish mumkin. Ayrim hayvon turlari, jumladan qo’chqorlar o’zining arealini
keskin qisqartiradi. Golotsen fauna kompleksi tarkibida hozirgi hayvonlar bilan bir
qatorda uy hayvonlarining roli ham katta. Hayvonot olamining tabiiy rivojlanish
tarixiga insonning xo’jalik faoliyati ham kuchli ta’sir ko’rsatgan. Paleolit davridagi
qadimgi odamlar ovchilik bilan shug’ullanib, mamont va serjun karkidonlarni
ko’plab ovlagan. Insonning xo’jalik faoliyati rivojlangan sari uning tabiatga,
jumladan hayvonot dunyosiga bo’lgan ta’siri kuchaya borgan. Yevrosiyoning
hayvonot dunyosi asosan geografik zonalar bo’yicha tarqalgan. Har qaysi ladshaft
zonasining hayvonot dunyosi boshqa zonalar hayvonot dunyosidan farq qiluvchi
mustaqil fauna kompleksi bo’lib hisoblanadi. Lekin o’rmon-tundra, o’rmon-dasht,
chala cho’l va boshqa o’tkinchi zonalarda fauna komplekslari aralash holda
uchraydi. Shunga qaramasdan har bir zonaning hayvonot dunyosi o’rtasidagi tafovut
yaqqol ko’zga tashlanib turadi.
Arktika sahrolari hayvon turlariga juda kambag’al. Muz sahrolarining tipik
hayvoni oq ayiq hisoblanadi. Yoz faslida muz zonasi uchun qushlar bozori
xarakterli. Ular Arktika orollarining va materikning baland qoyali qirg’oqlarida uya
qo’yib yashaydilar. Bu yerlarga ming-minglab oq chaykalar, kayralar, gagalar,
lyuriklar uchib keladi. Tundrada hayvon turlari muz zonasiga nisbatan bir oz
ko’proq. Bu zona uchun endemik bo’lgan qutb tulkisi-pesetslar, lemminglarning bir
necha turlari (Norvegiya va Ob lemmingi, sariq to’shli lemming), shimol bug’usi
xarakterli. Boshqa hayvonlardan bo’rilar, oq quyonlar, oq sichqonlar uchraydi.
Qushlardan qutb boyqushi, oq kaklik va tundra kakligi yashaydi. Tundra
hayvonlaridan oq va havo rang pesetslar, oq quyonlar, oq sichqonlar va tundraning
janubiy qismida tulkilar ko’plab ovlanadi.
O’rmonlar boshqa zonalarga nisbatan hayvonot olamiga juda boy. O’rmonlar
zonasi tayga, aralash o’rmonlar va keng bargli o’rmonlarga xos bo’lgan bir necha
fauna komplekslarini o’z ichiga oladi. Ayniqsa aralash o’rmonlarning fauna
kompleksi xilma-xilligi bilan ajralib turadi. G’arbdan sharqqa qarab keng tarqalgan
los, qo’ng’ir ayiq, olmaxon, rossomaxa, oq quyon va boshqalar tayga hayvonlarining
tipik vakillaridir. Yevropaning aralash va keng bargli o’rmonlari uchun o’rmon
mushugi, zubr, o’rmon suvsari, asl bug’u, uyquchi olmaxon, qunduz, yovvoyi
cho’chqa, malla quyon, dala sichqonlari xarakterlidir. Sharqiy Osiyodagi keng bargli
o’rmonlarning fauna kompleksi ancha murakkab bo’lib, u yerlarda chipor bug’u,
qora ayiq, qizil bo’ri, yenotsimon iti, Manjuriya quyoni, Uzoq Sharq yumshoq
toshbaqasi, Ussuriya yo’lbarsi, o’rmon mushugi hamda tayga o’rmonlariga xos
hayvonlar yashaydi. O’rmonlarda qushlardan qizil ishton, chil, qarqur, kedrovka,
g’arb bulbuli, o’rmon to’rg’ayi, so’fito’rg’aylar keng tarqalgan. O’rmonlar zonasi
qimmatbaho mo’yna beradigan hayvonlarning asosiy makoni hisoblanadi.
241
O’rmonlarda olmaxon, sobol, qunduz, tulki, o’rmon suvsari, yenotsimon it, oq
quyon va boshqa mo’yna beruvchi hayvonlar, qushlardan oq kaklik, chil va qarqurlar
ovlanadi.
Dasht zonalarida ochiq joylarda yashaydigan hayvonlar keng tarqalgan.
Ularning aksariyati tabiiy pana joy bo’lmaganligi sababli in qazib yashashga
moslashgan, boshqalari esa tez harakat qilishga o’rgangan. Dashtlarda tuyoqlilardan
oqquyruq, antilopa-sayg’oq, kemiruvchilardan baybak-sug’ur, kichik yumronqoziq,
chipor yumronqoziq, katta qo’shoyoq, yelik, dasht dala sichqoni, krotsimon
ko’rsichqon, sassiqko’zan, bo’ri, qarsoq tulki, olaxurjun, ko’l rang dala sichqoni
kabilar yashaydi. Sudralib yuruvchilardan dasht qora iloni, dasht kichik kaltakesagi
uchraydi. Qushlardan tuvaloq, bizg’aldoq, bedana, to’rg’ay, dasht bo’ktargisi va
kichik turnalar xarakterli. Zabaykale dashtlarida Mongoliya jayroni, Mongoliya
sug’uri, Mongoliya dala sichqoni, Dauriya yumronqozig’i, Dauriya pishchuxasi
ko’pchilikni tashkil etadi. Dashtlarda tulki, malla quyon, oqish sassiqko’zan va turli
xil yumronqoziqlar ovlanadi. Lekin ularning mo’ynasi o’rmonlardagi hayvonlarning
mo’ynasi singari u qadar qimmatli emas.
Cho’l hayvonlari boshqa zonalarning fauna komplekslariga nisbatan o’ziga xos
xususiyatlari bilan farq qiladi. Ularning bunday xususiyatlari yozda jazirama issiqqa,
qishda sovuqqa, yil davomida namning yetishmasligiga, o’simlik qoplamining
siyrakligiga, turli tipdagi cho’llarning ekologik sharoitiga moslashganligidadir.
Cho’l hayvonlari endemik turlarga ancha boy. Chavkar uzunburun, sariq
yumronqoziq, gekkon kaltakesaklar, saksovul chumchug’i, xo’jasavdogar kabilar
endemik turlarga kiradi. O’rta va Markaziy Osiyo cho’llarining shimoliy qismida
qadimiy hayvonlardan oqquyruq, sakrovchi ko’shoyoq, sariq olasichqon, O’rta va
Old Osiyo cho’llari uchun xarakterli bo’lgan yirik echkemar, qora ilon, zaxarli charx
ilon, cho’l bo’g’ma iloni, o’q ilon, cho’l toshbaqasi va boshqalar yashaydi. Cho’l
hayvonlari suv tanqisligiga turlicha moslashgan. Ayrim hayvonlar o’simlik
tarkibidagi namlik bilan qanoatlansa, ba’zilari suv qidirib uzoq masofalarni bosib
o’tadi. Cho’l hayvonlari orasida yozda uyquga kiradiganlari ham bor. O’rta Osiyo
cho’llarida sutemizuvchi hayvonlardan jayron, ko’lon, O’rta Osiyo bug’usi,
chiyabo’ri, sirtlon, baxmalmushuk, chipor mushuklar bor. Cho’llarda yashaydigan
arxarlar, yovvoyi cho’l qo’ylari yo’qolib ketish arafasida. Cho’l zonasidagi
to’qayzorlarda yovvoyi cho’chqa, to’qay mushugi, to’qay bug’usi, chiyabo’ri,
yo’lbars, qirg’ovullar yashaydi. Cho’llarda uy hayvonlaridan tuyalar va qorako’l
qo’ylari keng tarqalgan. Bir xil hayvon turlari o’zining geografik tarqalishida
Markaziy Osiyoning ayrim oblastlari bilan chegaralansa, boshqalari uning barcha
regionlari bo’ylab tarqalgan. Masalan, yovvoyi yak (qo’tos) faqat Tibetda, Kunlunda
va Pomirda uchraydi. Yaklar hozirgi paytda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan uy
hayvoni hisoblanadi. Tibet tog’ligida va Markaziy Osiyo tog’larida antilopa, orongo,
antilopa ada, tog’ qo’yi - arxar, tog’ echkilari ko’pchilikni tashkil etadi. Yirtqich
hayvonlardan qor qoploni - irbis, Tibet qo’ng’ir ayig’i, Tibet bo’risi uchraydi.
O’rta dengiz, Old Osiyo tog’liklari va Arabistoning fauna komplekslari o’ziga
xos bo’lganligi sababli ular Golarktikaning alohida O’rta dengiz kichik zoogeografik
oblasti qilib ajratilgan. Bu yerda endemik hayvonlarning tog’ va tekislik turlari bilan
242
bir qatorda Shimoliy Afrika hayvonlariga o’xshash turlar ham uchraydi. Pireney
yarim orolida va Fransiyaning janubida kichikroq yirtqich hayvon Yevropa genettasi
yashaydi. Pireney yarim orolining janubida Yevropa uchun yovvoyi holda
yashaydigan maymunlarning bitta turi-dumsiz makak uchraydi. Yaqingacha Korsika
va Sardiniya orollarida keng tarqalgan yovvoyi tog’ qo’yi - muflonlar hozirgi kunda
deyarli qirib yuborilgan. Old Osiyo tog’liklari fauna kompleksi tarkibida tipik O’rta
dengiz elementlaridan tashqari Markaziy Osiyoga xos hayvonlar ham uchraydi.
Tuyoqlilardan g’izollar, antilopalar, yovvoyi eshaklar, Markaziy Osiyo tog’ qo’ylari
va echkilari keng tarqalgan. O’rmonlarida Eron tog’ligi uchun endemik tur bo’lgan
Eron olmaxoni yashaydi. Yirtqich hayvonlardan qoplon, silovsin, giena, chiyabo’ri,
tulkilar bor. Kemiruvchilardan quyonlar, qo’shoyoqlar, jayralar keng tarqalgan.
Yevrosiyoning eng janubiy qismining fauna kompleksi xilma-xilligi, turlarga
boyligi va vujudga kelish tarixiga ko’ra qadimiyligi bilan xarakterlanadi.
Faunasining asosiy tarkibiy qismi tropiklarga xos bo’lgan hayvon turlaridan tashkil
topgan. Shuning uchun ham materikning bu qismi Hind-Malay zoogeografik
oblastiga qaraydi. Ayniqsa, Malakka yarim oroli, Zond va Filippin orollarining
hayvonot olami nihoyatda boy va rang-barang. Bu o’lka fauna kompleksining boy
va xilma-xil bo’lishiga Janubi-Sharqiy Osiyoning Avstraliya bilan qadimda tutash
bo’lganligi ham ta’sir etgan. Malay arxipelagida yashaydigan tuyoqli hayvonlarning
eng yorqin namoyondalari ikki xil rangli tapir, bir shoxli va ikki shoxli karkidonlar,
yovvoyi ho’kiz banteng, hind qo’tosi, gaur va boshqalardir. Tapirlarning ajdodi
Janubiy Amerikada yashagan. Banteng so’nggi yillarda Bali xalqining asosiy uy
hayvoniga aylangan. Tog’larda va balandliklardagi o’rmonlarda uncha katta
bo’lmagan muntjak bug’usi tarqalgan. Yirtqich hayvonlardan Malay kalta junli
ayig’i va yo’lbarslar ko’p. Yo’lbarslar Kalimantan orolidan tashqari barcha orollarda
uchraydi. Sumatra va Kalimantan orollarida odamsimon maymunlardan orangutan
yashaydi. Lekin ularning soni juda kam qolgan. Gibbonlar oilasiga mansub bo’lgan
maymunlar, makaklarning ayrim turlari barcha orollarda keng tarqalgan. Qushlardan
go’zal tustovuq argus, tovus, kelib chiqishi Avstraliya materigi bilan bog’liq bo’lgan
jannat qushlari, katta oyoqli tovuqlar kishilarning e’tiborini jalb etadi.
Sudralib yuruvchilar turlarga boyligi va g’oyat kattaligi bilan kishilarni
hayratda qoldiradi. Komoda orolida uzunligi 3-4 m keladigan kaltakesaklarga
taalluqli o’lkan echkemar-varan, Kalimantan daryolarida yirik timsoh gavial
yashaydi. Zaharli ilonlar juda ko’p. Bo’g’ma ilonlar, ko’zoynakli ilonlar yoki
kobralar ko’pchilikni tashkil etadi. Bulardan eng kattasi chipor piton bo’lib, uning
uzunligi 8-10 m gacha va og’irligi 100 kg gacha boradi. Pitonlar inson uchun ham,
yirik hayvonlar uchun ham juda xavfli hisoblanadi.
Hindiston va Hindixitoy yarim orollarida hamda Shri-Lanka orolida Hind-
Malay zoogeografik oblastiga mansub bo’lgan faunalardan tashqari Golarktika va
Efiopiya oblastlariga xos hayvon turlari ham uchraydi. Bu o’lkalar qaraydigan Hind-
Hindixitoy kichik zoogeografik oblasti faqat turlargagina boy bo’lib qolmasdan,
balki hayvonot dunyosining soni jihatidan ham boy. Hayvonlarning bunday rang-
barangligi va serobgarchiligi ayniqsa Hindiston uchun xarakterlidir. Chunki,
Hindistonda har qanday jonivorni, hatto zaharli hayvonni ham o’ldirish din
243
tomonidan qat’iyan man etiladi. Hindiston va Hindixitoy faunasi tarkibida hind fili
alohida o’rin tutadi. Yovvoyi fillar hozirga qadar Himolayning tog’oldi rayonlarida,
Shri-Lanka o’rmonlarida uchraydi. O’rmon massivlari yaxshi saqlangan joylarda
yirik antilopa nil'gau, to’rt shoxli antilopa, muntjak bug’usi, aksis bug’usi yashaydi.
Yirtqichlardan yo’lbars, qoplon, qoplonlarning alohida turi bo’lgan qora palang, Tar
cho’lida Efiopiya oblastidan kelib qolgan arslon uchraydi. Bular chorvachilikka juda
katta zarar keltiradi. Hindiston va Hindixitoyning hamma regionlarida maymunlar
keng tarqalgan. Ular o’rmonlarda, savannalarda, bog’larda, shahar va qishloq
atroflarida, hatto shaharlarda ham yashaydi. Hindistonda itsimon maymunlar,
Hindixitoyda gibbonlar, makaklar ko’p uchraydi. Lemurlar o’rmonlarda ham,
qishloqlarda ham ko’pchilikni tashkil etadi (Ilova, 17-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |