X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Mo‘tadil iqlim mintaqa. 
Materikning 60° sh.k bilan 40°sh.k. oralig‘idagi 
katta maydoni va eng kengaygan qismi mo‘tadil iqlim mintaqasida joylashgan. 
Uning shimoliy chegarasi arktika frontining qishki holatiga va janubiy chegarasi 
qutbiy frontning yozgi holatiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy havo massalari arktika va 
tropik havo massalarining mintaqa ustida transformasiyalanishi natijasida vujudga 
keladi. Mo‘tadil mintaqada yil fasllari yaqqol ifodalangan. Qishi sovuqligi va 
subarktika iqlim mintaqasiga nisbatan iliqligi hamda uzoq, davom etishi bilan farq 
qiladi. Yanvarning o‘rtacha harorati mintaqaning shimolida -30°-25°S dan janubda 
-5°S, 0°S gacha o‘zgaradi. Shu yo‘nalishda iyulning o‘rtacha harorati ham 
+10
0
+15°S dan +20
0
+22°S gacha ko‘tariladi. Qishda qor va yozda yomg‘ir ko‘p 
yog‘adi. Mintaqaning g‘arbiy va sharqiy chekka qismlari uchun dengiz iqlimi, 
markaziy qismi uchun kontinental iqlim xarakterli. 
Mintaqaning Tinch okean iqlim oblastiga Kordil’eraning g‘arbiy yonbag‘ri va 
dengiz sohillari kiradi. Qishi iliq va nam. Yanvarning o‘rtacha harorati shimolda -
5°C, janubda 0°C atrofida. Iyulning o‘rtacha harorati +10°S gacha ko‘tariladi. Yillik 
yog‘in miqdori Alyaska tizmasining yonbag‘rida 2000 mm dan Kaskad tog‘lari 
yonbag‘rida 4000 mm gacha yetadi. 
Atlantika iqlim oblastiga Labradorning janubi-sharqi, Avliyo Lavrentiy 
qo‘ltig‘i sohillari, Yangi Shotlandiya yarim oroli va Appalachi tog‘larining shimoliy 
qismi qaraydi. Yanvarning o‘rtacha harorati Kvebekda -12°S ni, Bostonda -2°S ni 
tashkil etadi. Yozi bir oz salqin, iyulning o‘rtacha harorati Bostonda +22°S gacha 
boradi. Yog‘in fasllar bo‘yicha deyarli bir xil taqsimlangan, biroq, yomg‘ir yozda 
ko‘proq yog‘adi. Yillik yog‘in miqdori 1000 mm dan oshadi. 
Kontinental iqlim oblasti mintaqaning katta maydonini egallagan. Uning 
tarkibiga Kanada tekisliklari, ichki tekisliklarning o‘rta va shimoliy qismlari kiradi. 
Yil davomida kontinental havo
massalari hukmronlik qiladi. Qishda antisiklon 
rejimi tufayli harorat past bo‘ladi, -20°S dan -1°S gacha o‘zgarib turadi. Yozda 
harorat +15°S dan +26°S gacha ko‘tariladi. Yog‘in miqdori 250 mm dan 700-1000 
mm gacha o‘zgaradi. Yog‘in shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa tomon 
ko‘payib boradi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish