X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

 
Nazorat savollari: 
1. Janubiy Amerika materigi qanday tabiiy geografik rayonlarga ajratiladi?
2. Qizg‘ish-jigar rang, qizg‘ish-qo‘ng‘ir tuproqlar ustida chala cho‘llarga xos 
kserofit sukkulent siyrak o‘rmonlar nima deb ataladi? 
3. Tabiiy geografik o’lkalarga (mustaqil-ixtiyoriy) qiyosiy tavsif bering? 
4. Materikning tabiiy geografik rayonlariga qiyosiy tavsif bering? 
V BOB. SHIMOLIY AMERIKA MATERIGI 
 
Umumiy ma’lumotlar: 
Maydoni (orollar bilan birgalikda)
– 24 200 000 km

Dengiz sathidan eng baland nuqtasi
– Mak-Kinli, 6 194 m 
Dengiz sathidan eng past nuqtasi
– Ajal vodiysi, - 86 m 
Materikning chekka shimoliy nuqtasi
– Myorchison burni
(71° 50'
sh.k) 
Materikning chekka janubiy nuqtasi
– Maryato burni (7° 12' 
sh.k) 
Materikning chekka g’arbiy nuqtasi
– Uels Shaxzodasi burni 
(168° 5' g’.u) 
Materikning chekka sharqiy nuqtasi
– Sent-Charlz burni
(55° 40' g’.u) 
Eng uzun daryo
– Missisipi (Missuri bilan), 6 019 km 
Maydoni bo’yicha eng katta ko’l
– Yuqori, 82 100 km

Eng katta orol
– Grenlandiya, 2 175 600 km
2
 
 
 
5.1. SHIMOLIY AMERIKA MATERIGI GEOGRAFIK O‘RNI, OKEAN 
QISMLARI, OROLLARI VA CHEKKA NUQTALARI 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
Shimoliy Amerika, Panama bo‘yni, ford, Vest 
Indiya orollari, shimoliy magnit qutbi, dunyo aylana ekspedisiyalar. 


139 
Shimoliy Amerika g‘arbiy va shimoliy yarim sharlarda joylashgan bo‘lib, 
maydonining kattaligi jihatidan materiklar orasida uchinchi o‘rinda turadi. Uning 
maydoni yaqin joylashgan orollar bilan 24,2 mln km
2
, orollarsiz 20,36 mln km
2
. Bu 
Yevropadan ikki marta katta va Osiyodan ikki marta kichik demakdir. Shimoliy 
Amerika Yevrosiyodan Atlantika va Tinch okeanlari bilan ajralib turadi. Shimolda 
Shimoliy Muz okeani va uning dengizlari bilan chegaralanadi. Panama bo‘yni orqali 
Janubiy Amerika bilan tutashgan. 
Shimoliy Amerikaning shimoldagi eng chekka nuqtasi Butiya yarim orolidagi 
Myorchison burni (71° 50' sh.k.), janubdagi nuqtasi Asuero yarim orolidagi Maryato 
burni (7° 12' sh.k.), g‘arbiy nuqtasi Alyaskaning Syuard yarim orolidagi Uels 
Shahzodasi burni (168° 5' g‘.u.) va sharqiy nuqtasi Labrador yarim orolidagi Sent-
Charlz burni (55° 40' g‘.u.). Ana shu nuqtalar oralig‘ida materik shimoldan janubga 
tomon 7500 km va g‘arbdan sharqqa tomon 6400 km masofaga cho‘zilgan. Qirg‘oq 
chizig‘ining uzunligi 75500 km (Ilova, 12-rasm).
Shimoliy Amerika qirg‘oqlari Afrika, Avstraliya va Janubiy Amerika 
qirg‘oqlariga nisbatan kuchli parchalangan. Ayniqsa uning shimoliy, sharqiy va 
janubiy qirg‘oqlarida parchalanish kuchli bo‘lganligi tufayli ko‘plab qo‘ltiqlar va 
yarim orollar paydo bo‘lgan. Materikning shimoliy va janubiy qirg‘oqlari ikkita 
yirik Gudzon va Meksika qo‘ltiqlari bilan parchalangan bo‘lib, ular quruqlik ichki 
qismiga kirib borib, materikning iqlim xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Gudzon materik shimolidagi eng katta qo‘ltiqlardan biri bo‘lib, uning 
maydoni 1 mln. km
2
dan ziyod, chuqurligi 150 m ga teng. U bir necha bo‘g‘izlar 
orqali Shimoliy Muz va Atlantika okeanlari bilan tutashgan. Gudzon qo‘ltigi 
ko‘proq Shimoliy Muz okeani ta’sirida bo‘lganligi uchun ham materikning ichki 
hududlari iqlimining sovuq bo‘lishiga va haroratning tez-tez keskin pasayib 
turishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘ltiq akvatoriyasida yilning issiq paytlarida 
harorat +10°C dan yuqori ko‘tarilmaydi, muz qoplami tezda erimaydi va muzlik 
rejimi uzoq vaqt davom etadi. 
Janubda Meksika qo‘ltig‘i materik ichkarisiga kirib kelgan. U Florida, 
Yukatan yarim orollari va Markaziy Amerika orollari bilan chegaralangan. Maydoni 
1,5 mln. km
2
, maksimal chuqurligi markaziy qismida 4000 m gacha yetadi. Qo‘ltiq 
yuzasidan materik ichkarisidagi tekisliklarga quruq issiq havo kirib borib, yoz 
oylarida kuchli qurg‘oqchiliklarni vujudga keltiradi, qishda esa iliq kunlarning tez-
tez takrorlanishiga sabab bo‘ladi. 
Materikning sharqiy Atlantika okeani qirg‘oqlarida ford tipidagi qo‘ltiqlar 
ko‘p tarqalgan. Eng yiriklari Avliyo Lavrentiy, Fandi, Men, Delaver, Chesapik va 
Pamliko qo‘ltiqlaridir. Shimoliy Amerikaning g‘arbiy Tinch okean qirg‘oqlari 
sharqiy Atlantika okeani qirg‘oqlariga nisbatan bir muncha kam parchalangan. 
Ayniqsa uning janubiy qismi juda kam parchalangan bo‘lib, bu yerda yarim aylana 
shaklidagi Panama va Teuantepek qo‘ltiqlari, Kaliforniya yarim oroli bilan ajralib 
turgan Kaliforniya qo‘ltig‘i joylashgan. Kaliforniya qo‘ltig‘ining uzunligi 1240 km, 
kengligi 220 km, maksimal chuqurligi 3127 m va maydoni 177 ming km
2
ni tashkil 
qiladi. 


140 
Tinch okeanining Pyudjet-Saund qo‘ltig‘idan shimolga borgan sari qirg‘oq 
chiziqlari kuchli parchalana boradi. Shimoldagi Alyaska, Kuk va Bristol qo‘ltiqlarini 
bir-biridan Kenay va Alyaska yarim orollari arjratib turadi. G‘arb tomondan materik 
ichki qismiga Kuskovkim, Norton va Kotsebu qo‘ltiqlari o‘yib kirgan. Norton va 
Kotsebu qo‘ltiqlarini Syuard yarim oroli ajratib turadi. 
Vegenerning kontinentlar dreyfi ilmiy nazariyasiga ko‘ra, Shimoliy 
Amerikaning sharqiy qismi bundan 300 mln. yil avval toshko‘mir davrida Yevropa 
bilan, shimoli-g‘arbiy qismi shimoli-sharqiy Osiyo bilan tutashgan bo‘lib, bir butun 
Pangeya quruqligini hosil qilgan. Yura va uchlamchi davrlarda Pangeya kontinenti 
parchalanib, bir necha quruqliklarga ajralib ketgan. Biroq, Grenlandiya bilan 
Norvegiya to‘rtlamchi davrning boshlariga qadar ham yaxlit bo‘lgan. 
Shimoliy Amerikaning hozirgi qiyofasi bundan 1 mln. yil oldin to‘rtlamchi 
davrning boshlarida shakllangan. Hozir Shimoliy Amerika bilan Yevrosiyo kengligi 
35 km va chuqurligi 42 m keladigan tor Bering bo‘g‘izi orqali ajralib turadi. Materik 
janubda Panama bo‘yni orqali Janubiy Amerika bilan tutash bo‘lgan. Hozir ularni 
1914 yilda qazib ishga tushirilgan Panama kanali bir-biridan ajratib, Tinch okean 
bilan Atlantika okeanini birlashtirib turadi. Materikning shimoliy qismidagi juda 
katta maydonni egallab yotgan Kanada-Arktika arxipelagi qishda qor va muzliklar 
bilan qoplanganda go‘yo Arktika muzlariga qo‘shilib muzlab qolgandek tuyuladi 
(Ilova, 12-rasm). 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish