IV.
Lokal, mahailiy, respublika va transchegarali favqulodda
vaziyatlar
1.
Lokal favqulodda vaziyatga favqulodda vaziyat natijasida
10 dan ortiq boimagan odam zararlangan, yoxud 100 dan ortiq
119
bo'lmagan odamning hayot, faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud
moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo‘lgan kunda eng karri oylik
ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo‘lmaganini tashkil
etadigan hamda favqulodda vaziyat zonasi ishlab chiqarish obyekti
yoki ijtimoiy maqsadli obyekt hududi tashqarisiga chiqmaydigan
favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.
2. Mahalliy favqulodda vaziyatga favqulodda vaziyat natijasida 10
dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p boMmagan odam zararlangan, yoxud
100 dan ortiq biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odamning hayot faoliyati
sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo
bo‘Igan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan
ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko‘p emas, tashkil etadigan
hamda favqulodda vaziyat zonasi aholi punkti, shahar, tuman, viloyat
tashqarisiga chiqmaydigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.
3. Respublika favqulodda vaziyatga favqulodda vaziyat natijasida
500 dan ortiq odam zararlangan, yoxud 500 dan ortiq odamning hayot
faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat
paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 million
baravaridan ortiqni tashkil etadigan hamda favqulodda vaziyat zonasi
viloyat tashqarisiga chiqadigan favqulodda vaziyat tegishli boiadi.
4. Transchegara favqulodda vaziyatga oqibatlari mamlakat
tashqarisiga chiqadigan, yoxud favqulodda vaziyat chet elda yuz
bergan va 0 ‘zbekiston hududiga dahl qiladigan favqulodda vaziyat
tegishli bo‘ladi.
5. Tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga (jala,
do‘l, neft mahsulotlari, og‘ir metallar, pestitsidlar va boshqa zararli
ximikatlar bilan ifloslanishi, atmosferaning yo‘l qo‘yiladigan
chegaraviy konsentratsiyadan ortiq zararli ingredientlar bilan
ekstremal ifloslanishi va boshqalar) qarshi muqobil harakat
qilish maqsadida mazkur nizomda nazarda tutilmagan miqdor
ko'rsatkichlari favqulodda vaziyatlarning odamlarning hayoti,
sog4ig‘iga va atrof-muhitga ta’sirining aniq darajasiga qarab
120
atrof tabiiy muhitning holatini qo‘zg‘atuvchi va nazorat qiluvchi
vazirliklar va idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi favqulodda
vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining
tegishli rahbar organlari tomonidan belgilanadi.
Tabiiy ofatlar atmosfera ta’sirida (dovul - tezligi 32 m/sek. dan
ortadigan, vayron qiluvchi va ancha davom etadigan shamol quyun
- diametri 1000 m gacha yetib, ichida 100 m/sek gacha tezlikka
aylanadigan, vayron qiluvchi katta kuchi bor kichik miqyosli qattiq
atmosfera oqimi), olov (o‘rmon va torf yonishi, aholi yashaydigan
hududlardagi yong‘inlar), suv havzalarida suv hajmining o‘zgarishi
(suv toshqini, suv ko‘payishi), yer qatlamida va yerdagi o‘zgarishlar
(ko‘chki, vulqon, zilzila) hosil bo‘lishi mumkin. Tabiiy ofatlarga
yana qurg‘oqchiliq uzoq davomli yomg‘ir, qattiq sovuq va shunga
o‘xshash qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi tabiiy ofatlarni
ham kiritsa boiadi.
Dovul va quyun laming atmosferadagi sikiik faoliyati tufayli, qisqa
vaqt davomida ko‘p miqdorda (500-2500 mm) yomg‘ir yogishi,
shamol tezligining keskin oshishi, suv toshishi, binolar shikastlanishi
va travmatik zararlanishlar aholining qurbon boiishiga sababchi
bo‘ladi.
Ba’zan shamol tezligi sekundiga 150-180 m boiadi. Qishda ko‘p
qor yogishi, yoilarni to‘sib, tumanlar orasida transport va aholi
qatnovini to‘xtatishi mumkin. Keltirgan moddiy zarar, dovul kuchi
va davomiyligi, aholi zichligi va tabiiy ofat hududining iqtisodiy
xarakteriga bogiiq.
Qor ko‘chkisi kelib chiqish sabablari va falokatli oqibatlari. Qor
ko‘chkisi deganda to‘satdan paydo boiib tik tog1 yonbag‘ri bo‘ylab
pastga tomon tez yopiriiib tushib insoniyat hayoti va sogiigiga xavf
soladigan, iqtisodiyotga zarar yetkazadigan qor va muz surilishi
tushuniladi.
Baland togiarning ustiga qish faslida qor kt-‘p yogib, uning
qalinligi oshadi. 0 ‘z ogirligi ta’sirida zichlashib, qayta kristallanib
121
yonbag‘irlikka pastga qarab osilib turadi va qaliniigi oshgan sari
turg‘unligi susayib boradi. Kuchli shamol yoki biror kuchli tovushdan
hosii bo‘lgan tebranish ta’sirida qalin qor massasi harakatga kelib
yonbag‘irdan pastga qarab siljiy boshiaydi yoki ag‘darilib tushadi.
Qor ko‘chkilari quruq yoki ho‘l bo‘lishi mumkin. Agar qoming ustki
qismi biroz muzlagan bo‘lib, uning ustiga qalin qor yog'sa va ma’ lum
sabablarga ko‘ra pastga qarab siljisa, quruq ko‘chki hosil bo‘ladi.
Bunday hollarda ko'chkilar juda ham katta bo‘ladi. Bahor oylarida
qor erigan suvining shimilib, qoming tagini hoilashi natijasida qor
massasining turg‘unligi kamayib pastga ag'darilib tushushidan ho‘l
ko‘chki hosil bo‘ladi. Quruq ko‘chkilar 100 km/soat va ba’zan 300-
400 km/soat tezlida harakatlanadi, ho‘l ko‘chkilar 20-50 km/soat
tezlikda siljiydi.
Qor ko‘chkilari pastga qarab harakat qilgan vaqtda yon atrofdagi
qor massalarini va toshlarni o‘zi bilan surib ketadi. Natijada qoming
massasi kattalashadi hajmi 2 mln m3 ga, surilish kuchi esa soatiga
250-300 kmga yetib, o‘z yo'lidagi o‘rmonlarni sidirib ketadi, imorat
va inshootlarni vayron qiladi. Harakat qilayotgan qor massasining
oldida vayronalik keltiradigan kuchga ega boigan havo to‘lqini
yuzaga keladi.
Hozirgi vaqtda tog‘li hududlarda suv omborlari, suv elektr
stansiyalari, yosh bolalar oromgohlari, dam olish uyiari, davolanish
maskanlari, qurilishi munosabati bilan qor ko‘chkilari sodir bo‘lishi
mumkin bo‘lgan hududlar xaritalarga tushirilib, o‘rganib chiqiigan.
Ularning xavfi bor maydonlarda qurilishlar man etiladi. Lekin
bunday maydonlarda qor ko‘chkilarining oldini oladigan muhandislik
choralarini ко‘rib, imorat va inshootlar qurish mumkin boMadi. Bu
choralarga yonbag‘irlarni tekislab, terrasalar-supalar tashkil etish,
daraxtzor barpo etish, harakatga kelishi mumkin bo‘lgan qor uyumlarini
oz-ozdan yo‘qotish, maxsus muhandislik qurilmalar - damba, qor
ko‘chkisining harakat yo‘nalishini o‘zgartiradigan ariqlar-devorlar
qurish, yonbag‘irlardagi yo‘llarni tosh va temir-betondan yasalgan
122
buyumlar bilan to'sish, qor ko‘chkilarini o'tkazib yuboradigan
tunnellar qurishdan iborat,
Qor ko‘chkilari transport harakatini to‘xtatib qo‘yishi va aholini
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni qiyinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |