ID-11 markali individual radiofotolyuminessent dozimetr
ID-11 markali individual radiofotolyuminessent dozimetr gamma va
aralash gamma-neytron oqimlari nurlanishining yutilgan dozalarini 10
rad dan 1500 rad gacha bo‘lgan diapazonda o‘lchashga mo‘ljallangan.
ID-11 dozimetri faollangan kumush va boshqa moddalar (bariy,
litiy, magniy va bo‘r) qo‘shib tayyorlangan alyumin-fosfatli
shishadan iborat bo‘lib, radioaktiv nurlar ta’sirida ularda chaqnashlar
markazi paydo bo‘ladi va ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda
sariq nurlanishlar kuzatiladi. Shishaning intensiv nurlanishi yutilgan
nurlanish dozasiga proporsional bo‘ladi.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |