X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati


-mavzu.  DUSHMAN HUJUMI XAVFI PAYDO



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

12-mavzu.  DUSHMAN HUJUMI XAVFI PAYDO 
BO‘LGANIDA AHOLINING TIBBIY TA’MINOTI
Tibbiy ta’minlashga rahbarlik va uni tashkilashtirish
Fuqaro  muhofazasining  tibbiy  xizmati  dushman  hujumi  xavfi 
bo‘lganda bir qator tadbirlami o‘tkazadi, bular orasidan quyidagilami 
alohida ajratish mumkin:
-  aholini tarqoq holda joylashtirish va evakuatsiya qilishda tibbiy 
ta’minoti;
-   shiab  chiqarish  faoliyatini  davom  ettirayotgan  obyektlardagi 
ishchi-xizmatchilaming tibbiy ta’minoti;
-  kasalxona bazasi tarkibida FMTX davolash muassasalarini yoyish;
-   davolash  muassasalarini  evakuatsiya  qilish  va  ularni  tumanda 
tashkillashtirilgan  tibbiy tuzilmalar  tarkibiga  olib chiqish;
-   transport  ta’sirini  ko‘tara  olmaydigan 
bemorlaming  tibbiy 
ta’minoti.
Yirik  shaharlardan  aholini  ko'chirishda,  ishchi  xizmatchilarni 
tarqoq  holda  joylashtirishda  tibbiyot  ta'minotiga  FMTX  rahbari, 
qishloq  joylarda  qishloq  tumanining  FMTX  rahbari  tuman 
markaziy  kasalxona  bosh  shifokori javobgardir.  FMTX  boshliqlari 
tibbiy  xizmatni  rejaiashtirish  va  tashkil  etishdan  oldin  nechta 
ко‘chiriluvchilarnrng  yig‘ilish  joyi  (KYJ),  eshelon  soni,  piyoda 
to‘pi  soni  shahar  sog‘liqni  saqlash  boshqarmasi  tomonidan  tashkil 
etiladigan tibbiyot  punktlari  to‘g‘risida ma’lumotga ega  bo‘lishadi. 
Viloyat  tumanidagi  FMTX  ning  boshlig‘i  qabul  qilish joylarining 
soni  va  qayerda joylanishi,  ko‘chirish  oraliq  joylari,  transportdan 
tushirish  punktlari  to‘g ‘risidagi  ma’lumotni  bilishi  kerak.  Bundan 
tashqari  viloyat  tumani  FMTX  boshlig‘i  ko‘chirib  keltirilgan 
aholining joylanish hududlarida tibbiy ta’minotni tashkil etishi kerak.
Tibbiy punkt tuman poliklinikasi yoki  xalq xo‘jaligi  inshootining 
tibbiy sanitariya qismi hisobidan tuziiadi.
178


Odatda  у ig‘ilish-ko‘chirish  joylarida  tibbiy  ta’minotni  yaqin 
oradagi davolash-profilaktik muassasalar tomonidan ajratiladigan 1 -2 
o‘rta tibbiyot xodimlari, shifokorlar tashkil qiladi, bular 12 soatlik ish 
kuniga yetarii miqdorda tibbiyot mollari bilan ta’minlanadilar. Bular 
aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishadi, lozim topilsa bemorlar davolash 
muassasalariga yuboriladi.
Vokzallarda,  aerodromlarda  aholiga  tibbiy  yordamni  temiryo‘l, 
fuqaro aviatsiyasi tibbiy-sanitariya xizmati ko'rsatadi. Tashkil etilgan 
tibbiyot  punktlarida  qabulxona,  bogiam a  qo‘yish  va  yakkalash 
xonalari bo‘ladi.
Statsionar davolanishga muhtoj bemorlami esa ular uchun shaharda 
tashkil  qilinadigan  maxsus  shifoxonaga  yotqizishadi.  Bularni  shu 
davolash  muassasalariga  ko‘chirishni  -   ko‘chirish  tugashigacha 
shaharda  qoluvchi  tez  yordam  stansiya  xodimlari  tomonidan  olib 
boriladi.
Agarda  aholini  temiryo‘l  orqali  uzoq  masofaga  ko'chirilsa,  unda 
yordam  ko‘rsatish  uchun  1  ta  shifokor,  2-3  nafar  o‘rta  tibbiyot 
xodimlari, sanitarlar ajratiladi, ular ambulatoriya, bog‘lama qo‘yish va 
ajratish (izolyatsiya) joylarini tashkil qiladilar, shu maqsad uchun kupe 
vagonning 2-3  ta xonasi  ajratiladi.  Tibbiyot xodimlarini  iloji  boricha 
shu  ko‘chirilayotganlar  orasidan  qidirish  lozim.  Tibbiy  xodimlar 
hamma  tibbiyot  punktlari  uchun  taalluqli  vazifalami  bajarib,  og‘ir 
bemorlami  poyezd  stansiyalarda  to'xtaganida,  shahar  shifoxonasiga 
yotqizadilar,  ular  to‘g‘risida  hujjatiga  asosan  eshelon  darajasida 
ma’lumot  qoldirishadi.  Aholini  avtomobilda  ko‘chirishda  tibbiy 
yordamni ko‘chirilayotgan xalq xo'jaligi obyektining tibbiy-sanitariya 
qismi tashkil etadi, shu maqsadda 1-2 nafar o'rta tibbiyot xodimi, dorilar 
va tibbiy vositalar ajratiladi.  Yo‘nalish  bo‘yicha joylashgan sog‘liqni 
saqlash muassasalari og‘ir bemorlarga yordamni so‘zsiz ko‘rsatadilar.
Piyodalarni ko‘chirishda piyoda to‘pi tuziladi (500-1000 kishi) va 
shu  obyekt  hisobidan  2-3  nafar  sanitar-drujinachilar,  tibbiyot mol- 
mulklari  ajratiladi.  Sanitar-drujinachilar  muhtojlarga  birinchi  tibbiy 
yordamini ko‘rsatishadi.
179


Harakat  yo‘nalishda  shifokor  yordamini  mahalliy  sog‘liqni 
saqlash  organlari,  yo‘l  yo'nalishida joylashgan  davolash  profilaktik 
muassasalari (ambulatoriya, poliklinika, feldsher akusherlik punktlari, 
shifoxona  va  boshqalar)  hisobidan  ta’minlashni  rejalashtirishadi  va 
tashkil qilishadi.
Agar,  harakat  yo‘nalashida  davolash  profilaktik  muassasalari 
bo‘lmasa, unda tarkibida  1  ta shifokor,  1-2 nafar hamshiradan iborat 
vaqtinchalik  tibbiyot  punkti  barpo  qilinadi.  Tibbiyot  punktlarining 
joylashgan joyi  aniq  ko‘rsatiladi.  Tunda yonib  turuvchi  ko‘rsatkich 
yoki  navbatchi  posti  tashkil  etiladi.  Shu  ko‘rsatkichlarni  tayyorlash 
va o‘rnatishga javobgar shaxslar ajratiladi.
Ko‘chirish  oraliq  joyida  ko‘chiri!uvchilar  soni  ko‘payib  qolishi 
yoki  vaqtinchalik  tutilib  qolishi  mumkin.  Ularga  tibbiy  yordam 
ko‘rsatish uchun, mahalliy davolash muassasalarini jalb etish ma’qul, 
bular bo‘lmaganda vaqtinchalik tibbiy punkti tashkil qilinadi.
Aholini  piyoda  ko‘chirishda  ko‘chirish  oraliq  joyigacha  (KOJ)
1-2  nafar  mashinada  harakatchan  tibbiyot  punktini  mahalliy 
sog‘liqni  saqlash  organlari  ajratadilar.  Shu  harakatchan  tibbiyot 
punktida  1-2  nafar feldsher yoki  hamshira bo‘ladi.  Bu  to‘p  bo‘ylab 
doimo harakatda bo‘lib, yordam ko‘rsatadi va og‘ir bemorlarni yaqin 
davolash  muassasalariga yoki  vaqtinchalik tibbiyot  punktiga (VTP) 
olib boradi. Harakatchan brigadalar mahalliy davolash muassasining 
rahbariga bo‘ysunadi.
Qishloqjoylaridankelganaholigatibbiyyordamniko‘chirilganlami 
qabul qilish joyi  (KQQJ) ko‘rsatadi.  Shu maqsadda har bir KQQJda 
shifokor,  2  ta  hamshira,  1-2  sanitar-drujinachidan  iborat  tibbiyot 
punkti  tashkil  qilinadi.  Bunda  statsionar,  ambulatoriya,  bog'lama 
qo‘yish  va  ajratish  (izolyatsiya)  xonalari  bo‘ladi.  Bu  tibbiyot 
punktining vazifasi:
-  bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish;
-  yuqumli bemorlarni chetlatish;
-  og‘ir va yuqumli bemorlarni davolash muassasalariga ko‘chirish;
-   yuqori  mansabli  tibbiyot  rahbarlari  keigunicha  to ‘plarni,
180


eshelonlarni  kutib  olishda qatnashish,  lozim  topilsa,  shu to‘p  yoki 
eshelonga karantin e’lon qilish.
Ko‘chirilgan  va  tarqoq  holda  joyiashgan  aholining  doimiy 
yashash joylarida  tibbiyot  ta’minotini  mahalliy  tuman  FMTXning 
boshligi  tinchlik davrida bor uchastka -  hudud tamoyiliga asosan 
tashkil  qiladi.  Har  bir  shifokor  yordam  ko‘rsatadigan  bemorlar 
soni  ko‘paytiriladi.  Shuning  uchun  shahardan ko'chirib  keltirilgan 
davolash-profilaktika muassasalaming kuch va vositalari ishga jalb 
qilinadi,  dorilar  bemorni parvarishlash  vositalari  uchun  shahardan 
ko‘chirilib kelingan dorixonalar  va  boshqa tibbiy  muassasalaming 
kuch va vositalaridan foydalaniladi.
Ko‘chib kelgan aholi tibbiy yordamni shu yerdagi poliklinikada, 
davolash muassasalarida olish i mumkin. Odatda har 10000 ко‘chib 
kelgan  aholi  uchun  qo‘shimcha  bitta  100  o‘rinli  statsionar  tashkil 
qilinib, bunda 4 nafar shifokor 10 ta o‘rta tibbiyot xodimi va kerak­
li cha kichik tibbiyot xodimlari ishlashadi.
Shaharda  qoldirilgan  smenada  ishlovchilaming  tibbiyot  ta’minoti 
sanoat tamoyiliga asosan olib boriladi. Tibbiyot sanitariya qismining o‘zi 
ham shahardan chetga ko‘chiriladi, dam oluvchi smena va ularning oila 
a’zolariga  tibbiy  yordam  ko‘rsatadi.  Shahardagi  korxonada  ishlovchi 
smena  uchun  tibbiyot  nuqtasini  tashkil  qilib  beradi.  Shu  tibbiyot 
nuqtasi yashirin joylarda joylashadi, kerakli dorilar, tibbiy vositalar va 
uskunalar  bilan  ta’minlanadi.  Bemorlar  va jarohat  olganlarga  tibbiy 
yordam ko‘rsatish  maqsadida har 2500  ishlovchi  uchun  1  ta  shifokor 
va  2  ta  o‘rta tibbiyot  xodimi  ajratiladi.  Agar  smenada  ishchilar  soni 
2500 kishidan kam bo‘Isa, unda  1-2 ta o‘rta tibbiyot xodimi ajratiladi. 
Shunday  qilib  har  bir  smena  uchun  biriktirilgan  tibbiyot  xodimlari 
bo‘lib,  ular smenaga ishchilar bilan birga kelib, yana qaytib ketadilar. 
Bundan tashqari,  smenada qancha ishlovchilar boiishidan qat’i nazar 
tibbiyot punkti uchun bitta sanitar transporti ajratiladi.
Mabodo yonma-yon joyiashgan 2-3 ta korxonalarda ishlovchilar 
soni  oz  bo'lsa,  unda  umumiy  bitta tibbiyot  nuqtasi  tashkil  etilishi
181


mumkin.  Shu  tibbiyot  nuqtasining  qayerda  joylanishini,  tibbiyot 
xodimlari  va  transport  sonini,  tibbiyot  vositalarini  shahar,  tuman 
FMTXning  boshlig‘i  belgilaydi.  Tibbiyot  nuqtasi  quyidagi 
vazifalarni bajaradi:
-   smenada  kasailangan  yoki  jarohat  olganlarga  shifokorlik 
yordamini  ko‘rsatish,  kerak  bo‘Isa  ularni  shahardan  chetdagi 
davolash  muassasalariga  ko‘chirish  yoki  shaharda  og‘ir  bemorlar 
uchun mo‘ljaliangan statsionarga yotqizish;
-  yuqumli bemorlarni aniqlash, ajratish (alohidalash) va yotqizish;
-   korxona  hududining,  himoya  inshootlarining,  sexlarning  va 
ishlovchilarning  ishlash  sharoitining  sanitar  gigiyenik  holatini 
nazorat qilib borish;
-  har  bir  smenada  birinchi  tibbiy  yordam  ko‘rsatish  uchun  bor 
bo‘lgan SP,  SD  ishini tashkil qilish.
Davolash  muassasalarini ko‘chirish tartibi
Davolash  muassasalarini  yirik  shaharlardan  chetga  ко‘chirish 
murakkab  va  og‘ir  masala.  Buni  muvaffaqqiyatli  bajarish  uchun 
jami davolash muassasalarining  rahbarlaridan  tinchlik 
davrida 
yuqori  saviyali  rejalashtirishni  va  tayyorgarlik  ishlarini  bajarishni 
talab  qiladi.  Hamma  sog‘liqni  saqlash  muassasalari,  shahardan 
chetdagi zonaga ko‘chiriladigan muassasa hisoblanadi.
Shahardan  chetdagi  zonaga  davolash  muassasalarini  ko‘chirishni 
rejalashtirishda  ko‘chirishning  oxirgi  joyi,  yo'nalish,  transport  olish 
va  ajratish  tartibi,  shahardan  chetdagi  zonada  ajratilgan  bino  hamda 
ko‘chirilgan davolash muassasalaridan tuman  sog‘liqni saqlash muas­
sasalari tarkibida keyinchalik foydalanish tartibini hisobga olish kerak.
Rejada  davolash  muassasalarini  ko‘chirishga  tayyorlash  tartibi 
yoritilishi  lozim.  Chunonchi bemorlarning  sog‘lig‘i  holatiga qarab 
ko‘chirish mo‘ljallanadi.
Dushman hujumining xavfi  bo‘lganda  statsionar davolanishdagi 
bemorlarning  yarimini  chiqarib  yuborish  mumkinligini  hisobga
182


olish  qabui  qilingan.  45%  ga  yaqin  bemorlar  davolash  profilaktik 
muassasalar bilan birgalikda shahardan chetdagi zonaga ko‘chirishni 
talab qilsa,  3% bemorlar transport ta’siriga bardosh berolmaydigan 
bemorlar  hisoblanadi.  Bu  albatta  nisbiy  sonlar.  Sog‘liqni  saqlash 
muassasining  rahbari  muassasada  bo'lgan  bemorlami  yaxshi 
o'rganishi,  shunga  asosan  obyektdagi  haqiqiy  vaziyatni  bilishi  va 
ko'chirish  uchun  transport,  shahar chetidagi  zonada  xonalar,  og‘ir 
bemorlar  uchun  xonalar,  kerakli  tibbiyot  xodimlarining  sonini, 
ovqatlantirishni, dori-darmon va boshqalami rejalashtirishi zarur.
Davolash  muassasiga  yetarlicha  transport  ajratilmasa  unda 
muassasa rahbari nechta reysda ko'chirish va navbatini aniqlaydi.
Oldindan  har  bir  bo‘limda  bemorlami  chiqarib  yuborish, 
ko‘chirishga  tayyorlash,  yashirinish  joylariga  (og‘ir  bemorlar 
uchun) transport ta’sirini ko‘tara olmaydigan bemorlami yotqizuvchi 
javobgar shaxslar belgilanadi.
Muassasa  rahbarlari  tinchlik  davrida  mashg'ulotlar  o‘tkazish 
chog'ida  bemorlami,  xodimlarni  va  yuklarni  transportga  ortish, 
shahardan chetdagi zonaga ko‘chirish hamda transportdan tushirish 
uchun  qancha vaqt kerakligini aniqlab oladi.  Shu mashg‘ulotIardan 
keyin  sog‘liqni  saqlash  obyektining  rahbari  ko‘chirish  tartibini 
tuzishi mumkin.
Davolash muassasini ko‘chirishga buyruq olishi bilan muassasa 
rahbari shaxsiy tartibga xabar  yetkazadi va shu tibbiyot muassasasi 
qoshida  tarlcib  topgan  tuzilmalarning  (BTYO,  MTYoB,  MTYoO, 
HEQO,  MIQB)  qisqa  vaqt  davomida  to‘la  tayyorgarlikka  o‘tish 
va  tuman,  shahar  FMTX  boshlig‘i  aniqlagan  shahardan  chetdagi 
zonaga qisqa vaqt orasida olib chiqish tadbirlarini belgilaydi.
Tuzilmalar  shahardan  chiqishi  bilan  shu  tashkillashtiruvchi 
davolash  muassasa  rahbarining  qaramog‘idan  chiqib,  shahar, 
tuman  FMTX  boshlig‘ining  qaramog‘iga  o‘tishadi,  uning  hamma
183


ko‘rsatmalarini  bajarishadi.  Ammo  shu  tuzilma  shaxsiy  tarkibini 
yig‘ish, xabardor qilish, ularni transport va mollar bilan ta’minlash 
va tayyorligi uchun, shu tuzilmalarni tuzgan davolash muassasining 
rahbari javobgar hisoblanadi.
Davolash-profilaktik  muassasada  bo‘lgan  hamma  bemorlar 
ko‘chirish mo‘ljallanishiga qarab 3  guruhga boMinadi.
1 -guruhga keyingi statsionar davolanishga muhtoj emas bemorlar 
(tuzalayotgan  bemorlar,  surunkali  kasallar  tinch  holatda).  Bu 
bemorlar  kasalxonadan  chiqariladi,  mustaqil  ravishda  o'zlarming 
turar joylariga borishadi, kerakli hujjatlar, kiyimlarni olib yig‘ilish- 
ko‘chirish joyiga  kelishadi  va  hamma  bilan  birgalikda  shahardan 
chetga  ko‘chiriladi.  Kasalxonadan  chiqqanda  lozim  topilsa  ularga 
2-3  kunlik  dori  qo‘llariga  beriladi,  chunki  shu  davrda  bir  vaqtda 
shahardan  poliklinik  davolash  muassasalari  ham  ko‘chirilayotgan 
boiishi mumkin.
2-guruhga  transportda  olib  borishda  y o i  ta’siriga  chidamli 
bemorlar.  Bu  bemorlar  so g iig ‘ining  holati  tufayli  profilaktik 
davolash  muassasalaridan 
chiqarilmaydi, 
shahardan 
chetda 
joylashgan  davolash  muassasalariga  ko‘chirilganda  salomatlik 
holati o‘zgarmaydi.
3-guruhga  transport  ta’sirini  ko‘tara  olmaydigan  bemorlar. 
Bu  bemorlar  ко‘chirUganda  sog‘lig‘ining  holati  og‘irlashadigan 
bemorlar.  Bu  guruh  bemorlar  shaharda  og‘ir  bemorlar  uchun 
tashkil  etilgan  (yashirinish  joylarda  og‘ir  bemorlar  statsionari) 
statsionarlarga yotqiziladi.
Ko‘chirilmaydigan  bemorlar  soni  aniqlanganidan  keyin,  ularni 
statsionarlarga yotqizish navbati, tartibi aniqlanadi, javobgar shaxslar 
ajratiladi,  oziq-ovqat,  suv  zaxirasi,  dorivorlar  belgilanadi.  Himoya 
statsionariga tibbiyot va texnik xodimlar ishlash uchun yuboriladi.
184



Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish