Vzu davlat va huquq asoslari


Shuningdek. mehnat shartnomasining quyidagi turlarini ham farqlasli mumkin



Download 395,4 Kb.
bet61/112
Sana01.02.2022
Hajmi395,4 Kb.
#421280
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

Shuningdek. mehnat shartnomasining quyidagi turlarini ham farqlasli mumkin:

  • o'rindoshlik bo'yicha ishlar haqidagi mehnat shartnomasi;

  • konkurs asosida ishga qabul qilishda tuziladigan mehnat shartnomasi:

  • korxona rahbari bilan tuziladigan mehnat shartnomasi;

  • kasanachilar (uy xodimlari)

  • uy xizmatkorlari.

7-§. Ish vaqti tushunchasi va uning turlari
Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq, o'z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo'lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.
Demak, ish vaqti:

  1. qonun bilan yoxud unga muvofiq ravishda bir kun, bir hafta va boshqa kalendar davrga belgilagan, xodimning korxonada ishlashi lozim bo'lgan soatlar soni (masalan, kuniga 7-8 soat, haftasiga 40 soat);

  2. kalendar vaqtning bir qismi (muayyan kunlar va soatlar). Bu vaqt ichida xodim o'z ish joyida bo'lib, topshirilgan ishni belgilangan grafik yoxud tartibga muvofiq yoki ulardan tashqari (ish vaqtidan keyin, dam olish kunlari ishlash) vaqtda bajarishi lozim;

  3. haqiqatda ishlangan vaqt. Bu vaqt ichida xodim mavjud grafik yoki tartibga muvofiq ravishda, shuningdek, ish beruvchining buyrug'i yoki ruxsati bo'lgan taqdirda mavjud grafik, tartibdan tashqari o'z ish joyida haqiqatda ham bo'lib, mehnat vazifalarini

bajaradi. Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, haqiqatda ish bajarilmagan davrlar (masalan, bekor turib qolingan vaqt, haq to‘lanadigan tanaffuslar) ham ish vaqtiga qo‘shiladi.
Endi, ish vaqtining qonunchilikda ko'rsatilgan normal, qisqartirilgan va to‘liqsiz ish kunlari turlarining har biriga qisqacha to‘xtalib o'tamiz.
Normal ish vaqti — bu qonun bilan yoki qonun asosida belgilab qo'yilgan muddat mobaynidagi kunlik ish vaqti, ish haftasidan iborat. Bundan ortiqcha ishlangan vaqt, odatda, ish vaqtidan tashqari bajarilgan ishlar hisoblanadi. Normal ish vaqtini to'liqsiz ish vaqtidan farqlamoq lozim, chunki toiiqsiz ish vaqti muddati xodim bilan ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi va shu toifa xodimlarning ish vaqti normasiga nisbatan qisqaroq bo'ladi. Mehnat kodeksining 115-moddasida korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan xodimlarning normal ish haftasi 40 soatdan ortiq boimasligi ko'rsatilgan. Bu qoida barcha xodimlarga taalluqli bo'lib, butun ish vaqti tuzumi, shu jumladan, ish vaqtini jamlab hisoblash uchun majburiy hisoblanadi. Qarorlarda qisqartirilgan ish vaqti muddati nazarda tutilgan hollarda, normal ish vaqti muddati haftasiga 40 soatdan kamroq, masalan haftasiga 36, 35, 30 va 24 soat bo'lishi mumkin.
Bundan tashqari, amaldagi qonunchilikda olti kunlik ish haftasida ish kunining muddati 7 soatdan, 5 kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi belgilab qo'yilgan. Ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy etilgan korxonalarda Kodeksning 123-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq ish vaqtining (smenasining) muddati 12 soatdan ortib ketmasligi lozim.
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati deganda, xodimlarning mehnatini muhofaza qilish, ishni o'qish bilan birga qo'shib olib borish uchun qulay sharoitlar yaratib berish, yoshlar va mehnat qobiliyati pasaygan shaxslarni ular sog'lig'iga zarar yetkazmagan holda, mehnatga jalb etish maqsadida normal 40 soatlik ish haftasi o'rniga qonunlarda ko'zda tutilgan qisqartirilgan ish vaqti muddati tushuniladi. Binobarin, bunday ish vaqti bevosita qonunlarda ko'zda tutilgan hollar va norma asosidagina belgilanadi.
Mehnat kodeksining 116-moddasida ta’kidlab o'tilganidek, ayrim toifa xodimlar uchun ularning yoshi, sog'lig'i, mehnat sharoitlari, mehnat vazifalarining o'ziga xos xususiyatlari va o'zga holatlarni inobatga olib, mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek, mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to'lanadigan haqni kamaytirmasdan ish vaqtining
qisqartirilgan muddati belgilanadi. Ko'rinib turganidek, bunday hollarda mehnatga to‘lanadigan ish haqi miqdorining kamay- tirilishiga aslo yo‘1 qo‘yilmaydi.
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish