Vrach nazorati fani bo’yicha o’zlashtiradigan


Tashqi va ichki fanlararo bog’liqlik



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/188
Sana13.01.2022
Hajmi2,25 Mb.
#358747
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   188
Bog'liq
A.A. Usmanxodjayeva. Shifokor nazorati, shifobaxsh jismoniy

Tashqi va ichki fanlararo bog’liqlik: 
Shifokor nazorati fani bo’yicha ta’lim berish vertikal integratsiya bo’yicha 
normal  anatomiya,  normal  va  patologik  fiziologiya,  ichki  kasalliklar 
propedevtikasi,  gorizontal  integratsiya  bo’yicha  bioximiya,  fakultativ  terapiya, 
travmatologiya va ortopediya, jismoniy tarbiya,  ShJT va gigiyenik fanlari bilan 
uzviy bog’langan. 
 
Mashg’ulot mazmuni 
Nazariy qismi 
Jismoniy  mashqlar  ta’sirda  organizm  tizimlarida  bo’ladigan  o’zgarishlar 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Jismoniy  yuklamalar  ta’sirida  yurakning 
strukturasida va funktsional holatida o’zgarishlar kuzatiladi. Yurakning struktura 
tuzilishida  birinchi  navbatda  dilyatatsiya  kuzatiladi,  yurakning  qorincha  va 
bo’lmachalari  kengayadi.  Dilyatatsiyaning  qanday  paydo  bo’lishi  oxirigacha 
o’rganilmagan,  lekin  muntazam  ravishda  mashg’ulot  qilish  uning  paydo 


 
82 
bo’lishiga sabab bo’ladi. Dilyatatsiyaga uchragan yurak sport yuragining asosiy 
xususiyatini  ta’minlab  beradi,  ya’ni  yuqori  ishlab  chiqarish  yoki  ko’p  hajmda 
qonni  haydash.  Dastlab  yurak  qisqarganda,  chap  qorinchadan  hamma  qon 
chiqadi degan fikrlar aytilardi, lekin keyingi olingan natijalar shuni ko’rsatadiki, 
sistoladan  chiqadigan  qon  hajmi  qorinchadagi  hamma  qon  bo’lmay,  balki 
ma’lum  miqdorda  qon  qoladi.  Bu  qon  zahira  qon  miqdori  deb  ataladi.  Ish 
bajarish  vaqtida  sistolik  qon  hajmining  ortishini  zahira  qon  hajmi  ta’minlab 
beradi.  Bu  esa  ish  bajarish  vaqtida  yurakning  yuqori  ishlab  chiqarish 
xususiyatini ko’rsatadi. Tekshirish va izlanishlar shuni ko’rsatdaki, tinch holatda 
sport  bilan  shug’ullanuvchilarda  dilyatatsiyaga  uchragan  yurakdan  chiqayotgan 
sistolik qon hajmi dilyatatsiyaga uchramagan yurakdan chiqayotgan sistolik qon 
hajmidan  deyarli  farqlanmaydi.  Bundan  ko’rinib  turibdiki,  dilyatatsiyaga 
uchragan  yurakda  zahira  qon  bo’ladi  va  uning  miqdori  yurakning  qanchalik 
dilyatatsiyaga  uchraganiga  bog’liqdir.  Chidamlilikni  talab  qiluvchi  sport  turlari 
bilan shug’ullanuvchilarning yuragi dilyatatsiyaga ko’proq uchraydi. 
Shug’ullanmaydigan  20-30  yoshlilarda  yurakning  hajmi  o’rta  hisobda 
erkaklarda  760  sm
3
  va  ayollarda  580  sm
3
  ni  tashkil  etadi.  Yurak  hajmining 
qanchalik o’zgarishi sport faoliyatiga bog’liq. Chidamlilikni talab qiluvchi sport 
turlari  bilan  shug’ullanuvchilarda  yurak  hajmi  ko’proq  oshadi  (chang’ichilar, 
velosipedchilar, o’rta va uzoq masofaga yuguruvchilar va h.k.). Ularga nisbatan 
chidamlilikka ma’lum miqdorda e’tibor beriladigan sport turlarida, ya’ni ularda 
chidamlilik 
dominant 
rolini 
o’ynamaydigan 
sport 
turlarida 
kamroq 
dilyatatsiyaga uchraydi (kurashchilar, sport o’yinlari va h.k.). Asosan tezlikni va 
kuchni  talab  qiluvchi  sport  turlari  bilan  shug’ullanuvchilarning  (og’ir  atletika, 
qisqa 
masofaga 
yuguruvchilar, 
gimnastlar 
va 
h.z.) 
yuragi 
shug’ullanmaydiganlarga  nisbatan  kam  miqdorda  hajmi  kengayadi.  Shunday 
qilib,  yurak  dilyatatsiyasi  hamma  sportchilar  uchun  bir  bo’lmasdan,  balki 
chidamlilik  bilan  bog’liq  bo’lgan  sport  turlari  bilan  shug’ullanuvchilarga 
xarakterlidir.  Agar  tezlik  va  kuchni  talab  etuvchi  sport  turlari  bilan 


 
83 
shug’ullanuvchilar  yuragida  dilyatatsiya  aniqlansa,  uning  sababini  albatta 
aniqlash zarur. Yurak hajmining haddan tashqari ortishi (1200 sm
3
 dan yuqori), 
hattoki  chidamlilik  bilan  shug’ullanuvchi  sportchilarda  ham  fiziologik 
dilyatatsiya  patologik  shakliga  o’tishi  mumkin.  Mumkin  bo’lgan  yurak  hajmi 
kattaligini aniqlash uchun yurak hajmi va kislorodni maksimal ist’emol qilinish 
ko’rsatkichlarini  bir-biriga  taqqoslash  kerak.  Agar  shug’ullanish  vaqtida  yurak 
hajmining  kattalashishi  kislorodni  maksimal  ist’emol  qilishning  ortishi  bilan 
borsa,  dilyatatsiya  moslashish  –  fiziologik  xarakterga  ega  bo’ladi,  agarda 
kislorodni  maksimal  iste’mol  qilish  ko’tarilmasa,  hattoki  pasaysa  yurak 
dilyatatsiyasi haddan tashqari deb hisoblanadi.  
Shuningdek  jismoniy  mashqlar  ta’sirida  yurakning  miokardida  fiziologik 
gipertrofiya  kuzatiladi.  Miokard  gipertrofiyasi  a’zolarning  ish  bajarish 
qobiliyatini  oshiruvchi  asosiy  mexanizm  bo’lib  hisoblanadi.  Gipertrofiya 
jarayoni  sportchilarda  yaqqol  namoyon  bo’ladi.  Masalan:  tinch  holatda 
yurakning chap qorinchasidan 50-70 ml qon haydaladi, unga o’rta hisobda 0,26-
0,27 soniya vaqt ketadi. Jismoniy ish bajarish vaqtida sistolik hajm 150-200 ml 
gacha  ortishi  mumkin,  tinch  holatdagi  hajmiga  nisbatan.  Shu  bilan  bir  qatorda 
qon  haydashga  ketadigan  vaqt  esa  0,1-0,12  soniyagacha  kamayadi.  Shunday 
qilib, misoldan  ko’rinib  turibdiki, yurak qisqa  vaqt  ichida deyarli  3  marta  ko’p 
miqdorda  qon  haydashi  kerak.  Buning  uchun  yurak  qon  oqimi  yaxshinilashi 
uchun kuch bilan ishlashi zarur, bu esa miokardning gipertrofiyasi orqali amalga 
oshiriladi.  Yurak  mushagining  qisqaruvchi  elementlarining  hajmi  ortishi  bilan 
gipertrofiya  jarayoni  amalga  oshiriladi.  Miokardning  ishchi  gipertrofiyasi 
kapillyar  qon  tomirlarining  ortishi  bilan  xarakterlanadi,  ya’ni  miokardning  qon 
bilan  ta’minlanishi  buzilmaydi.  Miokard  gipertrofiyasining  haddan  tashqari 
bo’lishi organizmda patologik holat rivojlanayotganidan darak beradi. 
Sportchi  yuragiga  xos  bo’lgan  funktsional  xususiyatlaridan  biri  bu 
yurakning  ekonom-tejamli  ishlashidir,  ya’ni  ularda  tinch  holatda  bradikardiya 
kuzatiladi.  Nazoratlar  shuni  ko’rsatadiki,  sportchilarning  yuragi  tinch  holatda 


 
84 
kun davomida 85000  marta qisqargan,  huddi shu yoshdagi va jinsdagi sog’lom 
odamlarda  kuniga  110000  marta  qisqargan.  Misoldan  ko’rinib  turibdiki, 
sportchining  yuragi  20-25%    ekonom  ishlagan.  Hattoki  sportchi  kun  davomida 
mashg’ulot  o’tganda  ham  yuragi  ekonom  ishlab,  sog’lom  odamning  kunlik 
yurak  qisqarishi  soniga  etmaydi.  Zaruriy  ko’rsatkichlardan  biri  bu  qonning 
daqiqalik  hajmidir.  Bu  ko’rsatkich  sportchilarda  ish  bajarish  vaqtida  katta 
bo’ladi. Sog’lom shug’ullanmaydiganlarda qonning daqiqalik hajmi 15-20 l/min 
ga  oshsa,  sportchilarda  25-40  l/min  gacha  oshadi  (sistolik  hajm  hisobiga). 
Sistolik qon hajmini mushakning ishlash kuchiga bog’liq. Yurak ishi kuchi kam 
bo’lsa,  sistolik  hajm  o’zining  individual  bo’lgan  maksimal  miqdoriga 
erishmaydi.  Agar  yurak  ishi  kuchli  bo’lsa,  yurakdagi  qoldiq  qon  to’liq 
chiqarilib,  sistolik  hajm  maksimal  bo’ladi.  Bu  esa  chidamlilikni  talab  qiluvchi 
sport turi bilan shug’ullanuvchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Yurakning 
bunday  ishlashi  tomir  tizimiga  ham  o’z  ta’sirini  ko’rsatadi.  Jismoniy  yuklama 
bilan  shug’ullanuvchilarda  katta  jismoniy  yuklama  bajarish  vaqtida  maksimal 
qon bosim 200-250 mm sim. ustunidan oshishi, minimal qon bosimi esa 50 mm 
sim.  ustunigacha  tushushi  mumkin.  Bu  tomir  tizimining  jismoniy  yuklama 
bajarilishiga  tez  moslashuvini  ta’minlaydi,  tinch  holatdagi  qon  tomirlarning 
funktsional  holatga  o’tishi  to’qimalarni  kislorodga  bo’lgan,  oshib  borayotgan 
talabini  qondiradi.  Yurak-qon  tomir  tizimidagi  bunday  o’zgarishlar  nafaqat 
jismoniy  yuklama  bajarish  vaqtida,  balki  insonlarning  betobligi  vaqtida 
organizmning  kislorodga  bo’lgan  talabini  qondirishda  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi.  Birlamchi  tibbiy  tekshirish  printsipial  ahamiyatga  ega,  chunki  unda 
ma’lum sport turi bilan shug’ullanishga ruhsat etish savoli hal etiladi yoki tibbiy 
guruh  aniqlanadi.  Organizmning  salomatlik  holatiga,  funktsional  holatiga  va 
jismoniy  rivojlanganligini  baholashda  yo’l  qo’yilgan  xatolik  bir  tomondan 
jismoniy  tarbiya  va  sport  mashg’ulotlarining  ijobiy  ta’siriga  to’sqinlik  qiladi, 
ikkinchi tomondan esa a’zo va tizimlarda organik qaytmas o’zgarishlarni yuzaga 
keltiradi, hattoki o’limga ham olib kelishi mumkin. 


 
85 
Sport  bilan  shug’ullanishga  ruhsat  etishda  asosiy  e’tibor  surunkali 
infektsiya (surunkali tonzilit, karies, surunkali xoletsistit, otit, sinusit, gaymorit, 
bronxit,  salpingoofarit  va  boshqalar)  o’chog’ini  aniqlashga  qaratilishi  kerak. 
Surunkali  infektsiya  o’chog’i  deyarli  insonning  hamma  a’zolarida  bo’lishi 
mumkin.  Bu  o’choqlar  organizmning  immunologik  reaktivligining  pasayishiga 
sabab bo’ladi, yurak-qon tomir tizimiga, qon tarkibiga yomon ta’sir etadi. 
Sportchilarda  surunkali  infektsiya  o’choqlari  holsizlanishga  (charchash, 
toliqish)  va  organizmning  yetuk  tizimlarining  (asab,  yurak-qon  tomir,  nafas, 
qon, hazm) haddan tashqari zo’riqishiga sababchi bo’ladi. 
Sportchilarni  tekshirishda  chegarali  holatlarni  aniqlash  shifokordan  talab 
qilinadi. Sport tibbiyotida quyidagilar yuqori qiziqish uyg’otadi:  
- gipertoniya oldi holati
-  qorinchalarning  qo’zg’alishdan  oldingi  klino-elektrokardiografik 
sindromi; 
- biriktiruvchi to’qima displaziyasining bo’lishi. 
Jismoniy  yuklamalardan  noratsional  foydalanilganda  sportchilarda 
bo’ladigan  patologik  oldi  va  patologik  holat, haddan  tashqari  holsizlanish  –  bu 
yuqori  darajali  holsizlanishdir,  bunda  organizm  ma’lum  vaqtda  mashg’ulotdan 
mashg’ulotgacha yoki musobaqadan musobaqagacha tiklanmaydi. Sportdagi ish 
bajarish  qobiliyati  deyarli  o’zgarishsiz  qoladi  yoki  qisman  pasayadi. 
Shug’ullanuvchining  o’zini  xis  etishi,  uyqusi  yomonlashadi,  o’zgaruvchan 
kayfiyat  paydo  bo’ladi,  befarqlik  kuzatiladi,  odatiy  holatga  nisbatan 
mashg’ulotdan keyin xolsizlik xissiyoti uzoq davom etadi. 
O’tkir  jismoniy  haddan  tashqari  zo’riqish  –  organizmning  funktsional 
dastlabki holati uchun bir marta katta yoki noadekvat yuklama bajarish vaqtida 
yoki  darhol  undan  keyin  rivojlanadi.  Bu  yuklamalar  patologik  o’zgarishlarni 
chaqiradi yoki tizim va a’zolarning yashirin patologik holatini yuzaga keltiradi. 
Surunkali  jismoniy  haddan  tashqari  zo’riqish  –  yuklamaning  funktsional 
imkoniyatga  mos  kelmaganda  paydo  bo’ladi.  Markaziy  asab  tizimining 


 
86 
boshqaruv  funktsiyasining  buzilishi  bilan  xarakterlanadi.  Bu  esa  anabolizm  va 
katabolizm  disbalansi  ko’rinishida,  shuningdek  tiklanish  jarayonlarining 
noadekvantligida namoyon bo’ladi. 
 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish