IV BOB.
SHIFOBAXSH JISMONIY TARBIYANING UMUMIY
ASOSLARI
4.1. Shifobaxsh jismoniy tarbiyani organizmga ta’sir mexanizmlari
4.2. Shifobaxsh jismoniy tarbiya vositalari va shakllari
4.3. Massajni turli kasalliklarda qo’llash
V BOB.
GIGIYENA VA UNING ASOSIY VAZIFALARI
5.1. Sport inshootlariga gigiyenik talablar
VI BOB.
BILIMLARNI O’ZLASHTIRISHDA NAZORAT VA
O’ZINI NAZORAT QILISH USULLARI
GLOSSARIY
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
5
SO’Z BOSHI
O’zbekiston mustaqil Respublika maqomiga ega bo’lganidan keyingi davr
ichida erishilgan eng noyob kashfiyotlardan biri Prezident I.A. Karimov
rahbarligida ishlab chiqilgan va ayni vaqtda izchillik bilan hayotga tatbiq
etilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dir. Aynan ushbu dastur tufayli
mamlakatimizda ko’p bosqichli va uzluksiz ta’lim tizimi joriy etildi.
Jismoniy tarbiya va sport xalq turmush tarziga singib ketgan bo’lib, u
tiniqlik, xushholatlik va uzoq umrlik manbai hisoblanadi. Bizning davlatimiz o’z
o’rnida aholini sog’lomlashtirish, mehnatga layoqatlilik darajasini ko’tarish
maqsadida qayg’urmoqda. Sog’lomlashtirish davlat dasturlarida, eng kichik
yoshdagi bolalardan tortib, to qariyalarga ham katta e’tibor berilgan. Bu
masalada har bir oilada, bolalar muassasalarida, maktab internatlarida, kollej va
litseylarda, oliy o’quv yurtlari va har bir korxona va tashkilotlarda kerakli
ishlarni olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Aholi barcha qatlamlarini
jismonan to’g’ri tarbiyalashda va amaliy ishlarini tashkillashtirishda shifokorlar
va boshqa tibbiy xodimlarning faol ishtiroki zarur. Shu maqsadda O’zbekiston
sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari
vazirligi o’z oldiga: jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarga
shifokor nazoratini yaxshilash va takomillashtirish, oliy tibbiy o’quv yurtlarida
talabalarni jismoniy tarbiya masalalarini o’rganish va amaliyotda qo’llashga
tayyorlash kabi masalalarni maqsad qilib qo’ygan. Ushbu o’quv qo’llanma
mualliflari talabalarga institutni maxsus mutaxassislik bilan tugatgan barcha
shifokorlarni inobatga olgan holda har tamonlama tahlil o’tkazib ko’rishdi. Bu
say’i harakatlar institut sharoitida shifokor nazorati fani bo’yicha bo’ladigan
barcha masalalarni oydinlashtirdi. Bunda katta e’tiborni talabani faol mustaqil
va ijodiy ishlariga va amaliy ko’nikmalariga ajratildi.
Talabalar – bo’lajak shifokorlar, institutda ta’lim olish mobaynida sport
tibbiyotida va jismoniy tarbiya sohasida maxsus bilimlarga ega bo’lishlari shart.
Talaba olgan bilimlarini amaliyotga qo’llay olishi kerak. Ushbu qo’llanma
6
talabalarga shifokor nazorati fanida amaliy ko’nikmalar qo’llanmasi bo’lib
xizmat qiladi. Unda keng hajmda mashg’ulot usullari va uslublari davlat ta’lim
dasturi asosida tuzilgan. Tinglangan ma’ruzalardan o’tkazilgan mustaqil
mashg’ulotlar va adabiyotlarni tuzib chiqqach talaba quyidagilarni bilishi shart:
Jismoniy tarbiya va sport sohasida chiqarilgan davlat dasturlarini bilish,
jismoniy tarbiya ishlarini va ular ustidan shifokor nazoratini tashkillashtirishni
bilish, shahar, qishloq, maktab va maktabgacha bolalar muassasalarida, kollej va
litseylarda, sex va tashkilotlarda va boshqa joylarda shifokor ish o’rnini, shakl
va usullarini oydinlashtirishni bilishi kerak.
Jismoniy mashqlarni sog’lom va bemor insonlar organizmiga ta’sirini
yoshi, jinsi va individual xususiyatlariga asoslanib belgilashni bilish kerak.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarga ruhsat berish masalasini hal qilishda
tibbiy
ko’rik
ma’lumotlarini
xususiyatlarini
bilish
kerak
(anamnez,
antropometriya, somatoskopiya, funksional tashxis, shifokor xulosasi). Shifokor
xulosasini mustaqil amaliy o’tkazishni egallash.
Jismoniy shug’ullanish asosini bilishda kuzatilayotgan mashg’ulotlarga
shifokorlik bahosini berishni bilish, shifokor-pedagogik nazorat ko’nikmalarini
bilishi kerak:
- sport o’yinlari o’tadigan o’yingohlarda sanitar nazorati o’tkaza olishi,
musobaqa va mashg’ulotlar joylarini sanitar va gigiyenik baholay olishi;
- sportchilardagi sport jarohatini va patologik holatlarini bilish va oldini
olish choralarini ko’ra bilishi;
- aholi orasida jismoniy tarbiya va sport haqida targ’ibot va tashviqot
ishlarini olib borishi.
Qo’lingizdagi qo’llanma mualliflari bo’lajak shifokorlarga ularni
mutaxassisliklaridan qat’iy nazar, kasallikni davolash va oldini olishda jismoniy
tarbiyani keng ko’lamda qo’llashlarida yetakchi qo’llanma bo’lib xizmat qiladi,
degan umiddalar.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |