3. Davolovchi jismoniy tarbiya yo’nalishi
– uning maqsadi va vazifalari –
har xil jismoniy mashqlarni qo’llash yordamida bemorlarni davolash, kasallik va
jarohatlardan so’ng a’zo va tizimlarning buzilgan funktsiyalarini tiklashdan
iboratdir. Davolash maqsadida jismoniy mashqlarni qo’llash faqat shifokor
mutaxassis tomonidan tavsiya etiladi.
Shifokor nazoratining vazifalari:
1. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarni mashg’ulotlarga
qo’yish maqsadida jismoniy rivojlanish darajasini, salomatlik holatini va ichki
a’zolarning funktsional holatini aniqlash va mashqlarni ratsional tavsiya qilish.
2. Jismoniy mashqlar ta’sirida jismoniy rivojlanish, salomatlik va
funktsional holatlarda bo’ladigan o’zgarishlarni doimiy kuzatib turish.
3. Jismoniy mashqlardan noratsional foydalanish natijasida yuzaga
keladigan patologik holatlarni va o’zgarishlarni erta aniqlash, davolash va oldini
olish.
Sport bilan shug’ullanuvchilarga “sog’lom” degan diagnoz qo’yilishi
kerak, chunki salomatlik holatlarida o’zgarishlar bo’lsa, ular sport bilan
shug’ullanishga
qo’yilmaydilar.
Sababi
hozirgi
vaqtda
sport
bilan
shug’ullanuvchilar juda katta jismoniy yuklamalar bajaradilar, masalan: og’ir
atletikachi shug’ullanish vaqtida 20000 kg gacha yuk ko’taradilar; suzuvchilar
15
12 km gacha suzadilar; yuguruvchilar 40 km gacha yuguradilar. Mashg’ulotlar
haftasiga 10-12 martagacha, har kuni 1,5-2 soatgacha davom etadi.
Adabiyotlardan shu narsa ma’lumki, jismoniy faollik immunitet tizimiga
ta’sir ko’rsatadi. Agar jismoniy mashqlar ratsional qo’llanilsa, immunitetning
nospetsifik faktorlari oshadi, lekin noratsional qo’llanilsa, ya’ni katta va juda
katta jismoniy yuklamalar organizmning immunobiologik reaktivligini
pasaytiradi. Kuchli jismoniy yuklama teri va shilliq pardalarning himoya
faktorlariga ta’sir ko’rsatadi.
Sport va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarda surunkali infektsion
o’choqlarining bo’lishi muhim ahamiyatga ega, ya’ni kariyes tishlar, surunkali
tonzilit va surunkali xoletsistit. Chunki shug’ullanish vaqtida har xil, ba’zida
og’ir asoratlarning hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Shifokor nazortida salomatlik
holatini aniqlash o’ziga xos xususiyatga egadir. Sport va jismoniy tarbiya bilan
shug’ullanuvchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish vaqtida shifokor birinchidan
ularning jismoniy rivojlanganligini, salomatlik holatini va ichki a’zolarning
funktsional holatini aniqlashi muhim ahamiyatga ega. Bu qilingan ishlar har bir
tibbiy ko’rikda albatta takrorlanadi va hal etiladi, chunki shu olingan natijalarga
asoslanib, sport bilan shug’ullanmoqchi bo’lganlarga sport turlari tavsiya etiladi.
Bundan tashqari pedagogik saralash usuli ham qo’llaniladi. Murabbiy yoki
pedagog maxsus pedagogik sinamalar yordamida jismoniy rivojlangan va
qobiliyatli shug’ullanuvchilarni aniqlaydi, chunki ular sport musobaqalarida
yuqori natijalar ko’rsatishi mumkin. Lekin ularning salomatlik holatlari tibbiy
talablarga javob berishi shart. Agar ularning salomatlik holati sport bilan
shug’ullanishga imkon bermasa, ular sport bilan shug’ullanishga va mashqlar
bajarishga ruhsat etilmaydi, ammo ularga jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishga
va jismoniy mashqlar bajarishga ruhsat etiladi. Jismoniy tarbiya bilan har bir
odam shug’ullanishi mumkin, lekin bunda har bir shug’ullanuvchi uchun
mashqlar hajmi alohida belgilanadi, bundan maqsad mashqlardan ratsional
foydalanib, ijobiy ta’sir olishdir.
16
Do'stlaringiz bilan baham: |