Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Bemorning ma’lumotli roziligi muammosi



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/64
Sana01.01.2022
Hajmi4,88 Mb.
#294844
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Bemorning ma’lumotli roziligi muammosi
Vrachmajburiyatlarigataalluqli bo‘lgan vabemomi ehtimoliy 
xavfdan  ogohlantirishni  ko‘zda  tutadigan  mazkur jum la  va  unga 
mos amaliyot ilk bor XX asming 50-60 yillarida uchray boshlagan. 
Haqiqatda, o‘sha vaqtlarda ushbu ma’lumot kasbiy ko‘rinishga ega 
bo‘lgan.
70-yillardan boshlab Amerika shifoxonalari assotsiatsiyasida 
bemor  huquqlari  masalasining  qizg‘in  muhokamasi  boshlandi 
va  shunga  mos  hujjat  -   bemor  huquqlari  haqidagi  bill  qabul 
qilindi.  Ushbu  hujjatga  muvofiq  ma’lumotli  rozilik  uchun  zarar 
bo‘lgan  ma’lumotlami  olish huquqi  bemor huquqlari  orasida  o ‘ta 
ahamiyatlisi deb e’tirof etildi.
Bemorning ma’lumotli roziligi deganda vrach lozim bo‘lgan 
informatsiyani  tushunarli  va  qulay  ko‘rinishda  taqdim  etgandan 
so‘ng  rejalashtirilgan  tibbiy  muolajalami  bemor  ixtiyoriy  qabul 
qilishi  tushuniladi.  Shunga  mos  tarzda  “bemorga  mo‘ljallangan 
m a’lumot” jumlasi  (“partient oriented information”) paydo bo‘ldi. 
Ushbu  jarayon  ikki:  ma’lumot  berish  va  rozilik  olish  bosqichini 
ko‘zda tutadi.
M a’lumotni  taqdim  etish  barchaga  qulay  shaklda  amalga 
oshiriladi va uch ko‘rsatkichda namoyon bo‘ladi:
taklif etilgan tibbiy muolajaning maqsadi va mazmuni;
muolaja bilan bog‘liq holda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
xavf;
taklif  etilayotgan  muolajaning  o ‘rnini  bosadigan  mavjud 
al’temativ usul.
Ma’lumotli  rozilik jaryonida  taklif etilayotgan  muolajaning


albtemativ  ko‘rinishi  haqida  tushunchaning  bo'lishi  o‘ta  muhim 
ahamiyatga ega. Vrach o‘z nuqtai-nazaridan eng qulay va samarali 
bo‘lgan variant haqida ma’lumot beradi, ammo hal etuvchi qaromi 
bemoming o‘zi qabul qiladi.
Taklif  etilayotgan  muolaja  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  xavftiing 
mavjudligiga m a’lumot berish jarayonida alohida e’tibor beriladi. 
Ya’ni, bemor xavfning tavsifi va jiddiyligi, vujudga kelish ehtimoli 
va tezkorligi haqida xabardor bo‘lishi lozim.
Ixtiyoriy rozilik berish bemomi qaror qabul qilishida muhim 
bosqich  bo‘lib,  vrach  tomonidan  majburlash,  aldash,  qo‘rqitish 
va  sh.  k.  tadbirlarni  qo‘llamaslikni  ko‘zda  tutadi.  Bemor  bilan 
munosabatda vrach haqqoniy boiishi lozim.
M a’lumotli  rozilikning  ikkita  asosiy  ko‘rinishi  farqlanadi: 
vaziyatli va protsessual.
Birinchi modelda qaror m a’lum bir vaziyatda hodisa sifatida 
qabul  qilinadi.  Vrach  tashxis  qo‘ygandan  so‘ng tavsiya etiladigan 
davolash tadbirlari rejasini tuzadi. Vrach tavsiyanomasi afzalliklari 
va ehtimoliy xavfi, mavjud albternativ usullar haqidagi ma’lumotlar 
bilan bemorga taqdim etiladi, va patsient o ‘zi uchun tibbiyot nuqtai- 
nazaridan ma’qul bo‘lgan qaromi qabul qiladi.
Ikkinchi  modelda  bemor tomonidan qaror qabul  qilish uzoq 
vaqtga  cho‘zilib,  o ‘zaro  m a’lumot  almashish  vrach  va  bemor 
muloqotining barcha davrida davom etadi. Ushbu modelda ulaming 
maqsadi  bilan  bog‘liq  bo‘Igan  bir  necha  bosqich  farqlanadi: 
muloqot  o‘matish,  muammoni  aniqlash,  davolash  maqsadini 
belgilash,  davolash  rejasini  tanlash,  davolashni  tugatish.  Bemor 
mazkur  modelda  vaziyatli  modelga  nisbatan  ancha  aktiv  ishtirok 
etadi.
M a’lumotli rozilik masalasida Lissabon deklaratsiyasi  (JTA, 
1981)  va  Evropada  bemor  huquqini  ta’minlash  borasida  siyosat 
haqidagi Deklaratsiya (JSST,  1994) muhim ahamiyatga ega.
Oldinlari  tibbiyotning  asosiy  maqsadi  odatiy  tarzda  bemor 
hayoti  va  sog‘lig‘ini  saqlash  deb  hisoblangan.  Ushbu  maqsadga


erishish  ayrim  holatlarda bemor  erkini  cheklash yoki  ularga  daxl 
etishi bilan amalga oshirilib, bemomi passiv ko‘rinishdagi m uruw at 
oluvchiga aylantirib qo‘ygan.
Bioetika  nuqtai-nazaridan  zamonaviy  tibbiyotning  bosh 
maqsadi  bu  bemoming  farovonligi  bo‘lib,  salomatlikni  tiklash 
esa,  uning  tarkibiy  qism  sifatida  ushbu  maqsadga  xizmat  qiladi. 
Shaxs  mustaqilligini  hurmat  qilish  taraqqiyotning  tsivilizatsiya 
bosqichidagi  hayot  tarzining  bosh  qadriyatlaridan  biridir.  Har 
qanday  inson  o‘z  sog‘lig‘i  va  hayoti  borasida  qaromi  mustaqil 
qabul qilishdan manfaatdordir.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish