boqich: "Faoliyatdan zavqlanish".
Insonga shug’ullanayotgan faoliyati sport, raqs, suzish yoki kollektsiya yig’ish juda katta zavq berishi mumkin.
Ushbu bosqichda ishtirokchilardan o’z mashg’ulotlari bilan ongli ravishda shug’ullanish va yoqimli hislarga tayangan xolda ulardan zavq olishlari talab etiladi.
bosqich. " Odamlardan rohatlanish"
Agar atrofimizda yoqimli insonlar yashasalar va ishlasalar bizga ham yashash yoqimliroq kechadi. Agar biz odamlarda yaxshilikni ko’ra olishga o’rgansak hayotdan rohatlanish darajasini sezilarli oshirishga erishamiz. Yaqin insonlarimizga yoqimli narsalar haqida gapirsak, ular bizga ko’proq yaxshilik qiladilar.
Bu bosqichda mijozlarni atrofdagilarda ijobiy xislatlarni ko’rishga va ularga bu haqda aytishga, boshqalarga simpatiya his qilishga va o’zimizga simpatiya uyg’otishga o’rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |