«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

Sabablari.
Sigirlar ketozi - polietiologik kasallik bo’lib, 
kasallikning kelib chiqishida sut berishning kuchaygan davrida energiya 
tanqisligi, o’ta oqsilli oziqlantirish, moy kislotasini saqlovchi 
oziqalarning berilishi, sut berishning 6- 10- haftasida, sut hosil bo’lishi 
uchun zarur energiyaning tanqisligi asosiy etiologik omillar hisoblanadi. 
Ketoz asosan yuqori konsentrat tipida boqish joriy etigan 
xo’jaliklarda hayvonlar rasionida dag’al oziqalar yetishmaganda 
oziqalarning katta qorinda hazmlanishining buzilishi oqibatida 
kuzatiladi. Ko’p hollarda sigir va boshqa kavshovchi hayvonlarning 
ketoz bilan kasallanishiga tarkibida ko’p miqdorda moy va sirka 
kislotasi saqlovchi oziqalar (silos, senaj, jom, barda) berilishi sabab 
bo’ladi. Yog’ bosishi, gipodinamiya, gipoinsolyasiya va gipoaerasiya 
ketozning kelib chiqishidagi ikkilamchi omillar hisoblanadi. 
Rivojlanishi.
Kavshovchi hayvonlarning ketoz bilan kasallanishini 


111 
katta qorinda oziqalaring hazmlanishidagi o’ziga xoslik, uglevodlarning 
organizmda glyukoza holida emas, balki uchuvchi yog’ kislotalari holida 
tushishi, ammiakning ko’p miqdorda qonga so’rilishi mumkinligi bilan 
izohlash mumkin. 
Katta qorinda bakterial fermentasiya ta’sirida oziqalar tarkibidagi 
qand va kraxmal to’lig’icha, kletchatka esa yarmigacha parchalanadi. 
Parchalanish mahsulotlari uchuvchi yog’ kislotalari (UYoK) ya’ni sirka, 
propion va moy kislotalari hisoblanadi. Bu kislotalar ma’lum miqdorda 
oqsillarning katta qorinda parchalanishi va sintezlanishi tufayli ham 
hosil bo’ladi.
Hayvonlar optimal rasionlarda boqilganda katta qorindagi 
UYoKning o’zaro nisbati qo’yidagicha bo’ladi: sirka kislotasi - 65%, 
propion - 20 va moy kislotasi - 15% ni tashkil etadi. Sigirlarda 
glyukozaga bo’lgan ehtiyojning 10-20 foizi hazm trakti orqali so’rilgan 
glyukoza hisobiga qoplansa, uning qolgan 30-60 foizi uchuvchi yog’ 
kislotalari hisobiga, 25-30 foizi oqsillar va aminokislotalar hisobiga 
glikogenez yo’li bilan qoplanadi. 
Glyukozaning 
yetishmovchiligi 
oqibatida 
lipidlar 
hisobiga 
glikogenez kuchayadi va o’z navbatida ko’p miqdordagi erkin yog’ 
kislotalarining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Ulardan keton tanachalari 
hosil bo’ladi. Hayvonlar rasionida konsentrat oziqalar (oqsillar) 
miqdorining ortiqcha darajada bo’lishi katta qorindagi hazmlanish 
jarayonlarining izdan chiqishi, katta qorin muhitining (rN) o’zgarishi, 
UYoK 
disbalansi, 
qonga 
moy 
kislotasi, 
ammiak, 
ketogen 
aminokislotalarning ko’p miqdorda va glyukoplastik moddalarning esa 
kam miqdorda tushishiga sabab bo’ladi. Ammiakning ortiqcha darajada 
bo’lishi markaziy asab tizimi, endokrin a’zolar, jigar va yurak 
funksiyalarining buzilishi hamda yuqorida ta’kidlanganidek trikarbon 
kaslotalar sikli reaksiyalarining to’xtab qolishi va shavelsirka 
kislotalarining generasiyasi jarayonlarining izdan chiqishiga sabab 
bo’ladi. 
O’ta oqsilli oziqlantirish oqibatida organizmdagi ketogen 
aminokislotalar (leysin, fenilalanin, tirozin, triptofan, lizin) miqdorining 
ortishiga sabab bo’ladi va ulardan asetosirka kislotasi hosil bo’ladi. 
Organizmga moy kislotasining ortiqcha miqdorda tushishi uning 
o’tilizasiyasi jarayonida beta - oksimoy, asetosirka kislotasi va aseton 
hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Oziqalar bilan organizmga ko’p miqdorda 
sirka ksilotasi tushganda ham ketogenez jarayoni kuchayadi. Sirka 
kislotasining sut yog’i hosil bo’lishidan boshqa ehtiyojlarda ishlatilishi 


112 
uchun ma’lum miqdordagi glikogen moddalarga ehtiyoj tug’iladi. 
Ularning yetishmasligida trikarbon kislotalari sikli reaksiyasining 
to’xtashi va sirka kislotasidan keton tanachalari hosil bo’lishi kuzatiladi. 
Ikkilamchi omil sifatida yog’ bosishi kuzatilgan yuqori mahsuldor 
sigirlarda laktasiyaning kuchaygan bosqichlarida rasiondagi energiya 
yetishmovchiligi asosan zahira yog’lar hisobiga qoplanadi. Ularning 
ishlatilishi oqibatida keton tanachalari hosil bo’ladi. Organizmda keton 
tanachalarining ko’p miqdorda to’planib qolishi va uzoq muddat ta’sir 
etishi oqibatida markaziy asab tizimi, neyroendokrin tizim - 
gipotalamus, gipofiz va buyrak o’ti bezlari po’stloq qavati, qalqonsimon, 
qolqonoldi bezlari, tuxumdonlar, jigar, yurak, buyraklar va boshqa 
a’zolarda patologik jarayonning rivojlanishi, ularda distrofik 
o’zgarishlar, funksiyalarining izdan chiqishi kuzatiladi.
Keton tanachalarining endokrin tizim a’zolariga, ayniqsa 
qalqosimon va qalqonoldi bezlariga uzoq muddat ta’sir etishi oqibatida 
ikkilamchi osteodistrofiya rivojlanadi. Keton tanachalari va boshqa 
metobolizmning buzilishi tufayli hosil bo’lgan mahsulotlarning ta’sirida 
miokardiodistrofiya, gepatoz, glomerulonefrit, urolitiaz, pankreolitiaz va 
boshqa kasalliklar rivojlanishi mumkin. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish