«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma


Gipoplastik va aplastik anemiyalar



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

Gipoplastik va aplastik anemiyalar
- qon ishlab chiqarilishining 
hamma qismlarini hamda eritropoezning buzilishi bilan o’tadigan 
kasalliklar bo’lib, qon hosil qiluvchi hujayralarda proliferasiya va 
tabaqalanish jarayonlarining buzilishi bilan xarakterlanadi. Aplastik 
anemiya paytida suyak muguzining charchashi tufayli nafaqat 
eritropoezda balki leykopoez va trombopoezda ham chuqur o’zgarishlar 
kuzatiladi. Shuning uchun anemiya bilan bir vaqtda leykopeniya va 
trombositopeniya kuzatiladi.
Sabablari. 
Gipoplastik va giporegenerator anemiyalar hayvonlar 
rasionida va organizmda surunkali ravishda protein, temir, kobalt, mis, 


101 
S, B
12
vitamini, folat kislotasi yetishmasligidan kelib chiqadi hamda 
surunkali gastroenteritlar va gepatitlarning asorati sifatida kuzatiladi. 
Shuning uchun ularni alimentar anemiyalar deb ham ataladi. 
Turli kimyoviy vositalar (qo’rg’oshin, rux, surma, mishyak, benzol, 
toluol), dori vositalari (sulfanilamidlar, nitrofuranlar, o’smalarga qarshi 
antibiotiklar), surunkali mikotoksikozlar (fuzaroitoksikoz, staxiobotrio-
toksikoz), modda almashinuvi buzilishlari (ketoz, B guruhi va S 
vitaminlari gipovitaminozlari) oqibatida kelib chiqadigan surunkali 
gipoplastik anemiyalar keyinchalik, aplastik anemiyalarga aylanadi. 
Surunkali tarzda kechadigan yuqumli va parazitar kasalliklar paytida 
(tuberkulyoz, paratuberkulyoz, otlar yuqumli anemiyasi, leptospiroz, 
askaridoz va b.), leykoz, ionlanuvchi radiasiya ta’sirida ham gipoplastik 
va keyinchalik, aplastik anemiyalar rivojlanadi. 
Belgilari.
Klinik belgilar qon ishlab chiqarishning qaysi zvenosi 
buzilganligiga ko’ra va kasallikning davomiyligiga ko’ra turlicha 
bo’ladi. 
Umumiy 
belgilardan 
holsizlanish, 
tez 
charchash, 
mahsuldorlikning pasayishi, taxikardiya va hansirash kuzatiladi. 
Kasallikga xos belgilar sifatida shilliq pardalar va terining 
pigmentsiz joylarining oqarishi va qon quyulishlari, og’iz shilliq 
pardasining yallig’lanishi, yaralar paydo bo’lishi, hazm trakti va nafas 
yo’llarining yallig’lanishi kuzatiladi. Gipoplastik anemiya paytida kasal 
hayvon qonida eritrositlar va gemoglobin miqdorining kamayishi, 
voyaga yetmagan eritrositlarning paydo bo’lishi, qonning rang 
ko’rsatgichining 0,7 dan past bo’lishi xarakterli bo’ladi. 
Aplastik anemiya bilan kasallangan hayvon qonida suyak iligidagi 
chuqur funksional-tarkibiy o’zgarishlar tufayli eritrositlar sonining 
keskin kamayishi, gemoglobin miqdorining esa me’yorlar chegaresida 
bo’lishi qayd etiladi. Ba’zan polixromatidlar ham paydo bo’ladi, 
poykilositoz, anizositoz va EChR ning tezlashishi, shuningdek 
leykositlar va trombositlar sonining kamayishi kuzatiladi. 
Tashxis
anamnez ma’lumotlari, xarakterli klinik belgilar hamda 
qonni va suyak muguzini laborator tekshirish natijalari asosida qo’yiladi.
Qiyosiy tashxisda mikotoksikozlar, nurlanish kasalligi, leykoz, otlar 
yuqumli anemiyasi, cho’chqalar o’lati hamda boshqa turdagi 
anemiyalardan farqlanadi. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish