«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

Rivojlanishi.
Etiologik omillar ta’sirida organizmda allergik holat, 
o’pka kapillyarlarining spazmi, keyinchalik parezi va kengayishi 
kuzatiladi. Natijada o’pka to’qimasining qon bilan ta’minlanishi 
buziladi, tomirlarda qonning dimlanishi, bronxiola va bronxlar 
devorining shishi kuzatiladi, ekssudasiya va emigrasiya jarayonlari 
kuchayadi. Qondagi lizosim va gistaminlar konsentrasiyasi kamayadi, 
oqsillarning globulin fraksiyasi ko’payadi. Alveola va bronxlarda tarkibi 
epiteliy to’qimasi, qon plazmasi va shaklli elementlaridan iborat 
suyuqlik to’plana boshlaydi. Mikroorganizmlarning ko’payishi va 
rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratiladi. O’pkaning havo sig’imi 70-
80 foyizgacha kamayishi mumkin. Gipoksiya kelib chiqadi.
O’pkada yallig’lanish jarayoni avvaliga lobulyar, ya’ni o’pkaning 
yuqorigi va yurak qismida, keyinchalik, bir necha yallig’lanish 
o’choqlarining birikishidan lobar xarakterda bo’ladi.
Bronxlar, bronxiolalar, infundibula va alveolalar epiteliysi 
deskvamasiyaga uchraydi. Tarkibi ajralib tushgan epiteliy to’qimasi 
leykosit va eritrositlardan iborat zardob suyuqlikning nafas yo’llari va 
o’pka bo’lakchalarida to’planishi qattiq bronxial nafasning, quruq va 
ekssudativ xirrilashlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Mikrob 
toksinlarining asab tizimiga ta’sir etishi oqibatida termoregulyasiya 
jarayoni buziladi va isitmani keltirib chiqaradi.
Kasallik surunkali tarzda kechganda biriktiruvchi to’qimaning 
o’sishi, o’pka to’qimasining karnifikasiyasi, pnevmonik o’choqlarning 
indurasiyasi va ohaklanishi, o’pka to’qimasi hamda bronxlar shilliq 
pardasining yiringli-nekrotik yemirilishlari kuzatiladi. 


165 
To’qimalar 
va 
qon 
tarkibida 
to’lig’icha 
oksidlanmagan 
mahsulotlarning to’planib qolishi asidozga sabab bo’ladi. Qon 
tomirlarining, ayniqsa arteriyalar, arteriola va kapillyarlarning tonusi 
pasayadi. Qonning harakati susayib, uning turg’unlashuvi kuzatiladi. 
Yurak muskullarida distrofik o’zgarishlar paydo bo’ladi. Yurakning 
ko’zg’aluvchanlik, o’tkazuvchanlik va qisqaruvchanlik xususiyatlari 
bo’ziladi. Tuz - suv almashinuvining buzilishi qonda xloridlarning 
kamayishi va ularning to’qimalarda to’planishi bilan namoyon bo’ladi. 
hazm a’zolari faoliyatining buzilishi oqibatida pnevmoenteritlar 
rivojlanadi. Jigarning asosiy funksiyalari izdan chiqadi. Buyraklarning 
filtrlash qobiliyati o’zgarib, siydikda oqsillar paydo bo’ladi.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish