«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

Qiyosiy tashxis.
Dispepsiya asosan kolibakterioz, virusli diareya, 
rotovirusli va koronavirusli diareya, anaerob enterotoksemiya, 
kondidamikoz, salmonellyoz, xlamidioz kabi kasalliklardan farqlanishi 
kerak. 
Davolash. 
Oddiy dispepsiya bilan kasallangan buzoqlar 6-12 soat, 
qo’zi va cho’chqa bolalari 4-6 soat och holda saqlanadi va bu vaqt 
davomida 1 foizli osh tuzi, dorivor o’simliklar, pichan nastoykalari iliq 
holda ichirib turiladi. Xalq tabobatida keng qo’llaniladigan adonis, 
angishvonagul, marvaridgul, kiyiko’t kabi dorivor o’tlardan 
tayyorlangan qaynatma va damlamalarini qo’llash yaxshi natija beradi. 
Ko’rsatilgan qaynatmalardan buzoqlarga uviz suti ichirishdan oldin 100-


157 
150 ml, qo’zilarga 20-30 ml kuniga 2-3 marta, 2-3 kun davomida berib 
boriladi.
 
Toksik dispepsiyani davolash kompleks tarzda amalga oshirilib,
sabablarini yo’qotish, hazm jarayonlari buzilishini (fermentopatiya) 
tiklash, disbakterioz va toksikozni yo’qotish, suv - elektrolit almashinuvi 
va kislota-ishqor muvozanatini maromlashtirish, oshqozon-ichak 
kanalidagi foydali mikroorganizmlar faoliyatini yaxshilash hamda 
organizm tabiiy rezistentligini oshirishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Buning uchun diyeta tashkil etilib, kanop urug’i, guruch, dub ildizi, 
arpa uni qaynatmasi, dalachoy, kiyik o’ti, otquloq, anor puchog’i, yantoq 
va boshqa shifobash o’tlar damalama yoki qaynatma holida qo’llaniladi.
Kasallikning kechish darajasini hisobga olgan holda etiotrop, 
patogenetik, o’rin to’ldiruvchi, stimullovchi va simptomatik davolash 
tavsiya etiladi.
Disbakteriozning oldini olish va shartli patogen mikrofloralarning 
rivojlanishini to’xtatish maqsadida mikrofloralarning sezuvchanligini 
hisobga olgan holda antibiotiklar, sul’fanilamidlar va pirobiotiklar 
qo’llaniladi. Etiotrop davolash vositalari turli xil bo’lib, ko’pincha 
antibiotiklardan gentamisin, sintomisin, kolimisin, neomisin, tetrasiklin 
10-20 
mg/kg, 
sulfanilamidlardan 
sulgin, 
etazol, 
sulfademizin, 
sulfademitoksin 20-30 mg/kg, nitrofuranlardan furasilin, furazolidon, 
furadonin 3-7 mg/kg miqdorda kuniga 2-3 marta, 5-7 kun davomida 
qo’llaniladi.
Veterinariya 
amaliyotida 
pirobiotiklardan 
bifisidobakterinni 
qo’llashni tavsiya etiladi. Preparat L. acidophilus va B. Adolescentis 
shtammlaridan tayyorlangan bo’lib, bir yilgacha yashovchanligini 
yo’qotmaydi. 
M.M.Aleksin (1997) dispepsiyani davolash va oldini olishda 
enterobifidin va laktobifidin pirobiotiklarini birgalikda 4 ml/kg 
miqdorida qo’llashni va uviz sutini ichirishdan oldin bifidin preparatidan 
1g 100 ml suvga aralashtirilgan holda berishni tavsiya etadi. Bulardan 
tashqari pirobiotiklardan koliprotektant, laktobakterin, bifilak, bifikal, 
vetom-3 va boshqalar qo’llaniladi. 
O’tkir kechadigan oshqozon-ichak kasalliklarida 0,1% li yodinol 
eritmasidan 1,5-2 ml, 30-40 mg enteroseptol, 10 mg etoniy, 5%-li holda 
0,5 g LERS, 2 ml / kg dozada propolisning suvli-spirtli emul’siyasi 
kuniga 2-3 marta uviz berishdan oldin ichirilsa yaxshi natija beradi.
Antimikrob preparatlar 3-5 kun davomida qo’llaniladi, agar yaxshi 
samara bermasa boshqasiga almashtiriladi. Ularning dozasini oshirib 


158 
yuborish va uzoq muddat qo’llash toksikozni kuchaytirish bilan bir 
qatorda antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarning rivojlanishiga 
ham sabab bo’lishi mumkin.
Hazm jarayonlarini va modda almashinuvlarini maromlashtirish 
maqsadida fermentlar preparatlarini (festal, pankreovit) qo’llash yaxshi 
natija beradi. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish