«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

 
Retinolning 
yetishmovchiligi
(A 
gipovitaminoz, 

hyipovitaminosis) - surunkali kechadigan kasallik bo’lib, epiteliy 
hujayralarining zo’r berib shoxlanishi va metaplaziyasi, ko’rishning, 
ko’payish xususiyatlarning yomonlashishi va yosh hayvonlarning 
o’sishdan qolishi bilan tavsiflanadi.
Sabablari.
A gipovitaminozning kelib chiqishiga A vitaminining 
yoki karotinning oziqalar bilan organizmga yetarli darajada tushmasligi 
sabab bo’ladi. Ma’lumki, oziqalardagi karotinoidlar yorug’lik, kislorod, 
kislotali muhit va yuqori harorat ta’sirida tez parchalanadi. Shuning 
uchun hayvonlarga kechikib yig’ishtirilgan yoki uzoq saqlangan sifatsiz 
pichanlar, kislotaligi (rN) yuqori bo’lgan silos berilishida hayvonlarning 
kasallanishi ko’p uchraydi. 
Cho’chqalarda A gipovitaminozning kuzatilishiga buzilgan yog’lar, 
yomon sifatli o’t unlari, kimyoviy usullar bilan konservasiyalangan 
oziqalar bilan boqish, oziqalarni ochiq havoda uzoq qaynatish sabab 
bo’lishi mumkin. Uzoq muddat rasionda proteinning yetishmovchiligi 
ham A gipovitaminozga sabab bo’lishi mumkin. Bu vaqtda karotinning 
A vitaminiga aylanish jarayoni sekinlashadi.
Sut davridagi yosh hayvonlarning kasallanishiga bo’g’oz va sut 
beradigan hayvonlarni yetarli oziqlantirmaslik oqibatida uviz yoki sut 
tarkibida A vitamini va karotinning yetarli miqdorlarda bo’lmasligi 
sabab bo’ladi. 
Endogen A gipovitaminoz gepatit, jigar sirrozi, gastroenteritlar, 
yuqumli va parazitar kasalliklar, surunkali zaharlanishlar paytida 
kuzatilishi mumkin. Tokoferol va boshqa antioksidantlar hamda rux 
elementi A vitaminini buzilishdan saqlovchi moddalar hisoblanadi. 
Rivojlanishi.
A vitamini ichaklardan so’rilib qon orqali to’qima va 
a’zolarga yetkazib beriladi. Organizmdagi A vitamini zahirasining 75-90 
foizi jigarda saqlanadi. Karotinning A vitaminiga aylanish jarayoni 


135 
ichaklarda, jigarda va sut bezlarida kechadi. Turli hayvonlarning 
karotinni A vitaminga aylantirish xususiyatlari turlicha bo’ladi. 
Karotinni A vitaminiga transformasiya qilish xususiyati yirish shoxli 
hayvonlarda nisbatan eng past bo’ladi. Ular uchun 1 mg makka 
silosidagi karotin 400 Xalqaro birlik (XB) A vitaminiga ekvivalent 
bo’ladi. Cho’chqalar uchun 1 mg karotin 533 XB A vitaminiga 
ekvivalent bo’ladi. Cho’chqa, parrandalar qo’ylar va otlarda 
adsorbsiyalangan karotinning deyarli hammasi ichaklarda A vitaminiga 
aylanib ulguradi. Shuning uchun ularning qonida karotinning faqatgina 
«izi» bo’lishi mumkin. Qoramollarda karotin asosan jigarda A 
vitaminiga aylanadi. Shuning uchun ularning qonidagi karotinning bir 
qismi jigarda zahira holida to’planib turadi.
A vitamini yetishmaganda teri, ko’z yosh bezlari, qon’yunktiva, 
nafas yo’llari, hazm trakti va siydik - tanosil a’zolar epiteliysining 
giperplaziyasi 
va 
shoxlanishi 
kuzatiladi. 
Shilliq 
pardalarning 
jarohatlanishi ularning himoya funksiyalarining pasayib, tuxumdon, 
urug’donlar epiteliysining metaplaziyasi, ularning distrofiyasi, 
follikulalarining 
atrofiyasi, 
spermogenezning 
susayishi, 
teri 
epiteliysining giperplaziyasi va shoxlanishi, undagi ter va yog’ 
bezlarining atrofiyasiga sabab bo’ladi. 
Jinsiy a’zolar epiteliysining jarohatlanishi murtakning o’lishi, bola 
tashlashga sabab bo’lishi mumkin. A vitaminining yetishmovchiligi 
homilaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatib, tabiiy rezistentlikning 
pasayishiga olib keladi. A gipovitaminoz uchun ko’z shox pardasining 
quruqlashib qolishi spesifik belgi hisoblanadi. Bunga ko’zyosh 
kanalining berkilib qolishi, kon’yunktivaning yallig’lanishi, shox 
pardaning yaralanishi va yumshab qolishi sabab bo’ladi. Ko’rishning 
pasayishi kuzatiladi. A vitaminining faol shakli - retinolning ko’z to’r 
pardasida opsin oqsili bilan birikishidan radopsin (ko’rish purpuri) hosil 
bo’ladi va o’z navbatida ko’zning qorong’ilikka moslashishini 
ta’minlaydi. A vitamini o’sish omili hisoblanadi, uning yetishmovchiligi 
tufayli suyak to’qimasida kollogenning sintezi kamayadi, suyaklar 
distrofiyasi, yosh hayvonlarning o’sishdan qolishi kuzatiladi. A vitamini 
yetishmovchiligi jinsiy gormonlar va buyrakusti bezlari po’stloq qismi 
gormonlari sintezining kamayishi bilan kechadi. A gipovitaminozida 
hujayraviy va mitoxondrial membranalarning turg’unligi pasayadi degan 
mulohazalar ham mavjud.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish