Vazirligi toshkent moliya instituti


rasm. Soliqni tarmoq ishlab chiqarish hajmiga ta’siri



Download 0,73 Mb.
bet42/124
Sana20.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#682251
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot ESSE Электронний

rasm. Soliqni tarmoq ishlab chiqarish hajmiga ta’siri.

Rasmdan ko’rish mumkinki, tarmoqning umumiy taklifini Sx dan S2 = S1 +t holatga siljishi bozor narxini P dan P ga o’stiradi. Narxning oshishi, firmalarni ishlab chiqarish hajmini narx o’zgarmagandagiga nisbatan kamroq qisqartirishga undaydi.
Uzoq muddatli oraliqni qaraydigan bo’lsak, ishlab chiqarish hajmiga qo’yilgan soliq ba’zi bir firmalarni biznesdan chiqishga majbur qiladi.

    1. rasmda soliqni uzoq muddatli oraliqdagi ta’siri aks ettirilgan.


muddatli ta’siri.
a) rasmdan ko’rish mumkinki, soliq har bir firmaning uzoq muddatli oraliqdagi o’rtacha xarajatini siljishga olib keladi. Bu o’z navbatida ba’zi bir xarajatlari yuqori bo’lgan firmalar foydasini qisqartirib nolga tenglashtiradi. Ular bu tarmoqdan chiqib boshqa, ko’proq foyda oladigan tarmoqlarga o’ta boshlaydi. Natijada bu bozor taklifi chizig’ini chapga (b rasm) yuqoriga siljitadi ( S dan S holatga) va xarajatlr oshganinin ko’rsatadi. Bozor narxi P dan P ga o’sadi, bozor taklifi esa Q dan Q ga kamayadi. Soliq ta’siri
tugagandan keyin, ya’ni tarmoqda yangi uzoq muddatli muvozanat (E2 nuqta) vujudga kelganda tarmoqda kamroq mahsulot ishlab chiqaruvchi kamroq firma qoladi.
Biz ko’rdikki davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi jamiyatda to’liq yo’qotishga olib keladi. Shuning uchun ham davlat o’zining iqtisodiy siyosatini shlab chiqqanda to’liq yo’qotishlarni hisob-kitobdan chetda qoldirmasligi kerak. Lekin, bundan davlatning raqobatlashgan bozorga aralashuvi har doim ham yo’qotishlarga olib kelaveradi, deb bo’lmaydi. Quyidagi ikki holda davlatning aralashuvi raqobatlashgan bozorda iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning turmush darajasini o’sishga olib keladi.
Birinchidan, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning harakati natijasida vujudga keladigan yutuq yoki yo’qotish bozor narxida o’z ifodasini topmasa. Bunday yo’qotish yoki yutuqlar bozorga nisbatn tashqi samara deyiladi, nima uchun deganda, ular bozorga nisbatan tashqarida ro’y beradi. Bozorga nisbatan tashqi samaraga misol qilib ishlab chiqaruvchilar tomonidan atrof-muhitni zaharlash natijasida vujudga keladigan jamiyat xarajatlarini keltirish mumkin. Ushbu xarajatlarni faqat davlatning aralashuvi orqali bartaraf qilish mumkin (bu masalaga keyingi boblarning birida batafsil to’xtaymiz).
Ikkinchidan «bozor qiyinchiligi»- bu erda mahsulotning sifati, kim tomonidan, qachon ishlab chiqarilganligi to’g’risida axborotning to’liq bo’lmasligi, iste’molchilarni ortiqcha yo’qotishlarga olib kelishi mumkin, ya’ni iste’molchi naflikni maksimallashtiradigan tovarlarni sotib olish bo’yicha to’g’ri qaror qilolmasligi mumkin. Bunday holda davlatning aralashuvini (tovarlar yorlig’ida tovar to’g’risida to’liq axborot bo’lishni davlat tomonidan talab qilinishi) samarali deb qarash mumkin.
Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini maksimal bo’lishini ta’minlaydi, demak, muvozanat holatda iste’molchilr o’z talabini mavjud ishlab chiqarish xarajatlarida mumkin bo’lgan eng past narxda qondiradi. Raqobatlashgan bozor samaradorligi ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Uzoq muddatli oraliqda raqobatlashgan bozorning muvozanat holati sharti quyidagicha tenglik bilan ifodalanadi: MR = MC = AC = P. (9.14-rasm)
Ma’lumki qisqa muddatli oraliqda, raqobatlashgan bozor sharoitida firma ortiqcha foyda olishi yoki zarar ko’rishi mumkin. Lekin, uzoq muddatli oraliqda bunday holat istisno qilinadi, nima uchun deganda, tarmoqga kirish, undan chiqish erkin bo’lganda, tarmoqdagi yuqori foyda boshqa firmalarni o’ziga jalb qiladi, tarmoqdagi zarar bilan ishlaydigan firmalar boshqa tarmoqqa o’tadilar.
Raqobatlashgan bozor cheklangan resurslarni optimal taqsimlashga yordam beradi va natijada iste’molchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga erishiladi. Bunday taqsimlanish P = MC shartida ta’minlanadi. Firmalar ushbu shartga ko’ra ishlab chiqarishni narx chekli xarajatga teng bo’lgancha qadar mumkin darajada maksimallashtiradilar. Ushbu shart bajarilganda nafaqat resurslarni samarali taqsimlashga erishiladi, balki maksimal ishlab chiqarish samaradorligiga ham erishiladi. Raqobatlashgan bozor firmalarni minimal xarajatlarda mahsulot ishlab chiqarishga va uni ushbu xarajatlarga mos bo’lgan narxda sotishga majbur qiladi. Muvozanat holat grafigida o’rtacha xarajat grafigi talab chizig’iga urinadi xolos. Agar AC > P bo’lsa, firma zarar ko’radi va tarmoqdan ketishga majbur bo’ladi. Agar AC < P bo’lsa, bozorda qisqa muddatli oraliqda ortiqcha foyda olish ikoniyati tug’iladi. Lekin, bu ortiqcha foyda tarmoqqa boshqa firmalarni kirib kelishiga sabab bo’ladi. Boshqa firmalarning kirib kelishi ortiqcha foydani nolga tushiradi. Bu o’z navbatida muvozanat holatni uzoq muddatgacha turg’un saqlanishidan dalolat beradi.
Raqobatlashgan bozorda va muvozanat holat sharoitida raqobatlashvchi tarmoqqa qarashli firmalar xarajatlari bir xil deb qaraladi. Lekin, biz bilamizki ba’zi bir firmalar sifatli xom ashyoda ishlaydi, boshqalari zamonaviyroq va samaraliroq uskunada va texnologiyada 79
ishlaydi, yana boshqasi yuqori malakali kadrlar bilan ishlaydi. Umuman olganda ikkita bir xil firmaning o’zi bo’lmaydi. O’z o’zidan ravshanki, sifatli resurslar bilan ishlaydigan firmalarning xarajatlari boshqalarnikiga qaraganda kam bo’ladi.


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish