Vazirligi toshkent moliya instituti


Ishlab chiqarishni cheklash (ishlab chiqarish kvotasi)



Download 0,73 Mb.
bet41/124
Sana20.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#682251
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   124
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot ESSE Электронний

Ishlab chiqarishni cheklash (ishlab chiqarish kvotasi). Davlatning bozor narxiga ta’sir qilish siyosatidan biri bu - mahsulot ishlab chiqarish hajmini cheklash orqali mahsulot narxini kerakli darajagacha ko’tarish mumkin. Davlat har bir firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini qonun chiqarish orqali belgilashi (kvotalashi) mumkin. Biror mahsulotni ishlab chiqarish yoki sotish bo’yicha litsenziyaning davlat tomonidan berilishi, shunday siyosatni yuritishga misol bo’lishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklarni sotishga beriladigan litsenziyalarni ko’paytirish yoki kamaytirish orqali spirtli ichimlikni sotish hajmini oshirish yoki qisqartirish mumkin. Sotish hajmining qisqarishi tovar narxini kerakli darajaga oshirish imkonini beradi.
Yana AQSh davlatining qishloq xo’jaligi siyosati qaraymiz. AQSh davlatining qishloq xo’jaligi siyosati ko’proq mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirishni rag’batlantirishga qaratilgan. Fermerlar ekin ekish maydonining qisqatirsalar, ya’ni ekin maydonlarining bir qismi ekilmasdan qoldirilsa, shunga yarasha pul kompensatsiyasini oladilar. Ekin maydonlarini qisqartirish hisobidan narxni oshirish mexanizmini quyidagi 9.10-rasmda keltirilgan.


9.10-rasm. Ekin maydonlari cheklanganda taklif chizig’i (taklif chizig’i S1 elastik emas bo’lgani uchun u gorizotal ko’rinishda).
Shuni ta’kidlash mumkinki ekin maydonlari cheklanganda taklif chizig’i absolyut elastik bo’lmay qoladi, ya’ni taklif Q ga teng bo’lib, u o’zgarmaydi, mahsulotning bozor narxi esa P dan P ga ko’tariladi.
Bunday siyosatda iste’molchi ortiqchaligining o’zgarishi quyidagicha teng.
Лист. = - A - B.
Fermerlar Q miqdorda mahsulot ishlab chiqarib, uni yuqori P narxda sotadi. Natijada fermerlar ortiqchaligi A to’rtburchak yuziga teng miqdorda oshadi. Lekin, ishlab chiqarish hajmi Q dan Q ga qisqargani uchun fermerlar S uchburchak yuziga teng bo’lgan ortiqchalikni yo’qotadi. Bulardan tashqari, fermerlar ekin maydonini (ishlab chiqari hajmini Q ga) qisqargani uchun davlatdan pul kompensatsiyasi oladi. SHunday qilib, ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligining umumiy o’zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin:
Ai/ch= A - S + pul kompensatsiyasi
Davlat xarajatlari, ya’ni femerlarga to’lanadigan rag’batlantirish (kopensatsiya) puli kamida V+S+E ga teng bo’lish kerak. Bu erda V+S+E fermerlar ekin erlarini qisqartirmaganda qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarib, uni yuqori P narxda sotishi natijasida olish mumkin bo’lgan qo’shimcha foydaga teng. Shuning uchun ham davlat xarajatlari kamida V+S+E ni tashkil qiladi va u fermerlarga pul kompensatsiyasi tariqasida berilgani uchun ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligi quyidagicha bo’ladi: Ai/ch =-A - C+B+C+E = A+B+E.
Ushbu ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining o’zgarishi davlatning narxlarni mahsulotning bir qismini sotib olish hisobidan barqaror bo’lishini ta’minlash siyosatidagi ortiqchalik o’zgarishining o’zi. Fermerlarga davlat yuqoridagi siyosatlaridan qaysi birini qo’llashi farq qilmaydi, ikkalasi ham fermerlarga bir xil foyda olishga olib keladi.
Iste’molchilrga ham buni farqi yo’q, nima uchun deganda, ular ikkala siyosatda ham bir xil yo’qotishga ega. U ikkala siyosatdan qaysi biri davlat uchun qimmatroq bo’lishiga qaraymiz. Bu erda 9.10-rasmdagi uchburchaklar yuzalari yig’indisi V+S+E 9-rasmdagi [Q2 - Qi )P - E] yuzadan kichik bo’lgani uchun ham davlatning ekin ekiladigan erlarni cheklash siyosati, ortiqcha mahsulot sotib olish asosida narxlar barqarorligini ta’mirlash siyosatidan ekanligi kelib chiqadi. Ammo davlatning ekin ekiladigan erlarni cheklash siyosati jamiyat uchun fermerlarga pul kompensatsiyasini berish siyosatiga ko’ra qimmatroqqa tushadi.
Ekiladign erlarni cheklash siyosatidagi jamiyat farovonligining o’zgarishi quyidagiga teng:
A jamiyat farovonligining o’zgarishiq A ist+ A i/ch - davlat xarajatlari= -A - V+A+V+E - V-S-Eq-V-S, bu erda davlat xarajati= V+S+E.
Agar davlat fermerlarga A+V+E pulni bevosita berib narx va ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qilmasa, jamiyat bunday siyosatdan aniq yutadi. Bunday holatda fermerlar A+V+E foydani oladi, davlat A+V+E miqdorda yo’qotadi va jamiyatning umumiy farovonligi o’zgarishi nolga teng bo’ladi. Lekin, ba’zi hollarda siyosat iqtisodiyotdan ustun keladi.
Soliqni alohida firma faoliyatiga ta’sirini qaraymiz. Faraz qilaylik, soliq firmaning ishlab chiqarish hajmidan olinadi va u mahsulot narxiga ta’sir qilmaydi.
Biz ko’ramizki, ishlab chiqarish hajmiga qo’yilgan soliq firmani ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga undaydi (9.11-rasm).
Rasmdan ko’rish mumkinki, qisqa muddatli oraliqda musbat iqtisodiy foyda bilan ishlayotgan firma q hajmda mahsulot ishlab chiqarib P bozor narxida sotadi. Soliq har bir ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga qo’yilganligi uchun, u firmaning chekli xarajatini MC dan MC\ = MCX +t (t - bir birlik mahsulotga qo’yilgan soliq) holatga siljitadi. Soliq xuddi shunday o’rtacha o’zgaruvchan xarajatni ham t miqdorga yuqoriga siljitadi.

Endi faraz qilaylik, tarmoqdagi barcha firmalar soliqqa tortilgan. Majud bozor narxida har bir firma o’z ishlab chiqarish hajmini qisqartirgani uchun tarmoqning ham yalpi mahsuloti qisqaradi va bu bozor narxining oshishga sabab bo’ladi (9.12-rasm).




    1. Download 0,73 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish