Urganch davlat universiteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi


Uzluksiz ta`lim tizimida ta`lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash Milliy dasturlari



Download 8,65 Mb.
bet5/306
Sana03.01.2022
Hajmi8,65 Mb.
#314824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   306
Bog'liq
PKA majmua MAGISTR

Uzluksiz ta`lim tizimida ta`lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash Milliy dasturlari

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da uzluksiz ta’lim tizimi faoliyatining yoritilishi. Avvalgi paragrafda uzluksiz ta’limning “o‘zaro mantiqiy izchillik asosida bog‘langan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir-birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit ta’lim tizimi” ekanligi aytib o‘tildi. Ayni o‘rinda “tizim” tushunchasining mohiyatini yaqqolroq anglab olish muhimdir. Tizim – bu “o‘zaro uzviy bog‘liq, tarkibiy va tashkiliy jihatdan bir butun bo‘lgan elementlar majmuasidir”. SHunga ko‘ra, uzluksiz ta’lim tizimi – bu o‘zaro mantiqiy izchillik asosida, oddiydan murakkabga tomon rivojlanib boruvchi, birbiri bilan bog‘langan bosqichlardan iborat bo‘lib, shaxsga ta’lim berish, unda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tarkibiy va tashkiliy elementlar majmuasi sanaladi.

O‘zRning “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da uzluksiz ta’lim tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yishda shaxs faoliyati, davlat va jamiyatning yondashuvi, fanning ta’lim-tarbiya sifati hamda samaradorligini yaxshilashdagi o‘rni, ishlab chiqarishning ta’siri kabilarga katta e’tibor qaratilgan. Dasturda ko‘rsatilishicha, shaxs uzluksiz ta’lim tizimida “ta’lim sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi” sub’ekt sanaladi. Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxs uchun davlat ta’lim standartlari orqali sifatli ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligiga ega bo‘lish huquqi kafolatlanadi. SHu bilan birga uzluksiz ta’lim tizimida shaxsning zimmasiga muayyan majburiyatlar ham yuklatiladi. Jumladan, shaxs ta’lim olish jarayonida davlat ta’lim standartlarida ifodalangan talablarni bajarishi shart.

Respublika “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida ham e’tirof etiladi. Ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi maqomida shaxs tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi, o‘z bilimi va tajribasini boshqalarga o‘rgatishi mumkin.

Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim tizimining faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi. SHuningdek, uzluksiz ta’lim tizimi faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish jarayonini tashkil etadigan yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlaydi va ularni qabul qilib oladi.1 Davlat va jamiyatning kafolati asosida fuqarolarning bilim olishlari, kasb tanlashlari, o‘z malakalarini oshirishlari; majbariy umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ta’lim olish yo‘nalishlarini tanlash hamda majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini olish; oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tashkil etish; davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash; jamoatchilik boshqaruvi asosida ta’lim oluvchilarning o‘qishlari, turmush kechirishlari, mazmunli dam olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; ta’lim jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy muhofazalash, moddiy hamda ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslarning kerakli darajada ta’lim olishlari ta’minlanadi.

Fanning uzluksiz ta’lim tizimi faoliyatini tashkil etishdagi faol ishtiroki quyidagilar bilan belgilanadi:


  • moddiy va ijtimoiy borliq mohiyatini yorituvchi asosiy qonuniyatlarga oid yangi nazariy hamda amaliy bilimlarni shakllantirish;

  • malakali mutaxassislarni samarali tayyorlashga xizmat qiladigan ilmiy natijalarni jamlash;

  • oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonini tashkil etish;

  • ta’lim jarayonini ilmiy-tadqiqot jihatdan ta’minlash infratuzilmasini vujudga keltirish;

  • bilimning turli sohalari bo‘yicha axborot bazasini yaratish;

  • respublika va jahon ilm-fani o‘rtasida integratsiyani qaror toptirish;

  • ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashuvini amalga oshirish.

Respublikada uzluksiz ta’lim tizimi faoliyatini tashkil etishda muhim o‘rin tutuvchi ob’ekt – bu ishlab chiqarish sanaladi. Ishlab chiqarishning uzluksiz ta’lim tizimi faoliyatini tashkil etishdagi ishtiroki u tomonidan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirishida ko‘zga tashlanadi. Malakali kadrlarning tayyorlanishi uchun asosiy buyurtmachi sifatida ishlab chiqarish uning kasbiy tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan talablarni ham belgilaydi, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimining izchil, uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi uchun uni moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlaydi.

Ma’lumki, aynan ishlab chiqarishda yuzaga keladigan talab va ehtiyojlar malakali kadrlar tayyorlash, uzluksiz ta’lim tizimi yo‘nalishlarini, darajasini va ko‘lamlarini aniqlab beradi, kadrlarning kasbiy tayyorlashdan ko‘zlanadigan maqsad va vazifalarni belgilaydi, mutaxassisni tayyorlashning mazmunini belgilaydi.

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablariga ko‘ra uzluksiz ta’lim tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yishda quyidagilar ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:

Ta’lim muassasalari respublika qonunchiligi talablariga ko‘ra quyidagi shakllarda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga egalar.



Pulli ta’lim xizmatlari quyidagi shakllarda tashkil etiladi:





Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish davlat boshqaruvi asosida amalga oshiriladi.



Download 8,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish