Aksiologik kontseptsiyalar. Hozirgi vaqtda qadriyatning ta-biatini xilma-xil talqin etuvchi turli aksiologik yo`nalishlar ko`payib bormoqda. Shartli ravishda aksiologik kontseptsiyalarning quyidagi turlarini ajratib ko`rsatish mumkin: obyektiv-idealistik, subyektiv-idealistik, qadriyatning naturalistik nazariyasi, transtsendental, ijtimoiy, dialekrik-marerialistik.
Obyektiv-idealistik nazariya (neokantchilik, neotomizm, intivituizm) qadriyatni zamon va vaqtdan tashqaridagi narigi dunyodagi mavjudlik sifatida talqin etadi. Obyektiv aksiologiya tarafdorlari fikricha:
qadriyatlar obyektivdir, ular narsalar, voqelik shakllari yoki ularning mohiyati, mazmuni, ahamiyati bilan uzviy bog`liq;
qadriyatlar dunyosining o`ziga xos yashash qonunlari bor, ularning amal qilishi inson irodasiga bo`ysunmaydi;
qadriyatlar voqelikning ahamiyati va mezoni sifatida mavjud bo`lganlari uchun amaliy faoliyatni belgilaydi, inson o`z hayotini unga moslashtirishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |