4-mavzu : HUJJATLAR VA ULARNING TURLARI
Reja:
1. Hujjat yuritishning huquqiy asoslari.
2. Davlat ishlarining hujjat yuritish asosida tartibga solinishi.
3. Ish yuritishni tartibga soluvchi chora-tadbirlar va hukumat
qarorlari.
4. “Ish yuritish” qo‘llanmasi va uning amaliy ahamiyati.
5. Hujjatlar va ularning turlari.
Tayanch so‘z va iboralar: ijtimoiy munosabatlar, huquqiy asoslar, savodxonlik, an'ana, nutqiy madaniyat, mukammallik, hukumat qarorlari, rasmiy va shaxsiy hujjatlar, ariza, annotatsiya, bayonnoma, bildirishnoma, buyruq, guvohnoma,
dalolatnoma, ishonchnoma, ma'lumotnoma, modemogramma, nizom, rezyume, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, taqriz, telegramma, telefono-gramma, faksogramma, tilxat, tushuntirish xati, farmoyish, shartnoma, hisobot, til va uslub, tinish belgilari.
Ijtimoiy munosabatlar doirasida odamlar, idoralar va tashkilotlar, korxonalar va muassasalar o‘rtasida o‘zaro ish yuritishning ma'lum huquqiy asoslari mavjud bo‘lib, ular tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tarzida amalga oshiriladi.
Hujjatlarning mukammallik darajasi ular bilan ish ko‘radigan kishilarning savodxonlik darajasi, davlatchilik tarixi va davlat ishlarini yuritishdagi mavjud an'analar, ma'lum darajada kishilar o‘rtasida shakllangan nutqiy madaniyat, ayni paytda, bu hujjatlarga bo‘ladigan zaruriyat bilan bog‘liq bo‘ladi.
Hujjatlarni yuritish asosan davlat ishlarini huquqiy asoslarga qo‘yish tarzida amalga oshiriladi. Demak, u davlat yoki davlatlararo bo‘ladigan ma'lum talablar darajasida amalga oshiriladi va dunyoviy an'analarni ham o‘zlashtiradi. Hujjatlarning mukammalligi davlat ishlarini yuritish takomilidan dalolat beradi.
Davlat tizimining barcha bo‘g‘inlarini hujjatlarsiz mutlaqo tasavvur qilib bo‘lmay-di. Chunki uning faoliyati aynan ana shu hujjatlar yordamida tartibga solib turiladi va harakatga keltiriladi. Shuning uchun ham vaqt-vaqti bilan ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilinib boriladi. Masalan, shunday qaror O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo‘mitasi tomonidan 1924- yilning 31-dekabrida qabul qilingan bo‘lib (¹ 48), “Ishlarni o‘zbek tilida yurgizish ham O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy komiteti huzurida markaziy yerlashdirish hay'ati va mahallalarda muzofot yerlashdirish hay'atlari tuzilish(i) to‘g‘risi-da” deb nomlangan. Yurtimizning mustaqilligi arafasida (1989-yil 21-oktabr) “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi bu masalani ham huquqiy asosga qo‘ydi. Yangi tahrirdagi Qonunning 9-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ishning davlat tilida yuritilishi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi alohida ta'kidlab o‘tildi. Mustaqillikdan keyin esa ish yuritishni takomillashtirish, uni milliy asosga qo‘yish masalasiga yana ham jiddiy e'tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi viloyat, shahar va tumanlar hokimlari apparatlarida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma”,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-son qaroriga ilova qilingan “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalarida va boshqa markaziy muassasalarida, apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma” lar fikrimizning dalilidir. N.Mahmudov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N. Aminovlarning “O‘zbek tilida ish yuritish (munshaot)”, yana shu mualliflarning “Ish yuritish” amaliy qo‘llanmalari esa o‘zbek tilida ish yuritishning me'yoriy asoslarini belgilab berishda g‘oyatda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki mualliflarning ish yuritish borasida bergan yo‘l-yo‘riqlari xodimlarning faoliyatida metodik yordam beradi, hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalarini o‘rgatadi, ish qog‘ozlarining hamma joyda bir xil bo‘lishini ta'minlaydi.Ammo shunday qo‘llanmaning mavjudligiga qaramasdan undan foydalanish talab darajasida deb bo‘lmaydi. Chunki 2000-yilda 10000 nusxada chop etilgan bu kitob bilan hamma o‘quv yurtlari ham yetarli darajada ta'minlangan emas. Vaholanki,bu kabi qo‘llanmalar bilan har bir kollej va litsey talab darajasida ta'minlanishi va har bir talabaning qo‘lida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ma'lum ma'noda mazkur qo‘llanmalar o‘rta maxsus o‘quv yurtlari doirasida ushbu vazifani bajarishi mumkin. Shunday qilib, ish yuritishning tarkibiy qismi bo‘lgan hujjatlarni ikki qismga bo‘lib o‘rganish to‘g‘ri bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |