Dissertatsiya matnining rasmiylashtirilishiga qo‘yiladigan talablar Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining hajmi 60 varaqdan, fan doktori (DSs) dissertatsiyasining hajmi esa, 100 varaqdan oshmasligi kerak (matn varaqning old va orqa tomoniga yoziladi). Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. Mundarija, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, shartli belgilar va atamalar ro‘yxati hamda ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kirmaydi.
Magistrlik dissertatsiyasini mazmuni, tarkibiy qismlari va rasmiylashtirish qoidalari Magistrlik dissertatsiyasi – magistraturada ta’lim olayotgan talabaning yakunlovchi ishi hisoblanadi. Dissertatsiya ishi talabaning o‘qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy tadqiqot ishining natijasidir.
Magistrlik dissertatsiyasining mazmuni bajarilgan ishning ijodiy o‘ziga xosligi, muallif bilimi, uning individual tajribasi va qarashlarini ilmiy ifodalanishi bilan ajralib turishi kerak.
Dissertatsiyaga muallif tomonidan ta’riflanish ilmiy mulohazalar, qoidalar, xulosa va tavsiyalar kiritilib, ular nazariy jihatdan asoslangan va tajribada o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasi mantiqan izchil reja asosida yoziladi. mazkur reja muammo, tadqiq qilish va ilmiy-amaliy masalalarni hal etish yo‘llarini ifodalaydi.
Dissertatsiya strukturasini ishlab chiqish uchun magistrant izlanish ob’ekti va predmetiga doir dastlabki manbalar, adabiyotlar, xorijiy ma’lumotlar, mahalliy, ilmiy, statistik va boshqa tegishli manbalarni diqqat bilan o‘rganib chiqadi.
Tadqiqot loyihasi mutaxassislik kafedrasi yig‘ilishida muhokama qilinadi va dissertatsiya mazmuni bo‘yicha kerakli taklif va tavsiyalar beriladi.
Magistrlik dissertatsiyasi tuzilishi:
- sar varaq;
- mundarija;
- kirish;
- asosiy qism;
- xulosa va takliflar;
- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
- ilova.
Kirish qismini tuzilishi:
- tadqiqot mavzusining dolzarbligi;
- dissertatsiyaning maqsadi va vazifalari;
- muammoning ishlanganlik darajasi;
- tadqiqotning ilmiy yangiligi;
- tadqiqot ob’ekti va predmeti;
- tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati;
- foydalanilgan metodologik va uslubiy yondashuvni belgilash
- tadqiqotning nazariy va gipotetik asosi;
- himoyachi olib chiqilgan asosiy g‘oyalar, ularning yangiligi;
- tadqiqot natijalarini ilmiy va amaliy ahamiyati
- tadqiqot aprobatsiyasi, izlanish natijalarini sinov va muhokamalardan o‘tkazilganligi, nashrlarda e’lon qilinganligi.
Ishning asosiy qismida tadqiq jarayoni bayoni, materiallar tahlili, qo‘lga kiritilgan natijalarni umumlashmalari, yangi fikr va holatlarni asoslaydigan dalillar, qisqacha xulosa keltiraladi.
Xulosa qismi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmini 10-155 tashkil qlib, unda tadqiqot natijalari umumlashtiriladi, taklif va tavsiyalar beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Hozirgi vaqtda bunday ryo‘xatni manba va adabiyot turlari bo‘yicha shaxobchalangan va konkretlashtirilgan tarzda keltirish qabul qilingan.
Ilova-boshlang‘ich ma’lumotlar, diagrammalar, sinov va tatbiq etish dalolatnomalari va shunga o‘xshash materiallar keltirilgan bo‘lim.
Magistrlik dissertatsiyasi qabul qilingan standartga muvofiq tikilgan va muqovalangan bo‘lishi kerak.
Mashistrlik dissertatsiyasining umumiy hajmi 70-80 varaq matndan (ilovadan tashqari) iborat bo‘li, A4 (21*29) format qog‘ozga kompyuterda 1,5 intervalda Times nev Roman, 14 shriftda yozilgan bo‘ladi. Matning chap tomoni 30 mm. yuqori 25 mm, o‘ng tomoni 15 mm. va quyi tomonida 2125 mm. bo‘sh maydon bo‘lishi lozim. Betning tartib raqami sahifaning osti o‘rtasiga qo‘yiladi.
Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishdan oldin magistrant tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy to‘plamlar va ilmiy-amaliy anjuman materiallarida bir nechta maqolalar chop qilishi lozim.
Eng yuqori oliy ilmiy korxona bu ryespublikamizning fanlar akadyemiyasi hisoblanib hamma oliy o`quv yurtlarini ilmiy, ilmiy tyexnikaviy rivojini kuzatib turadi va boshqaradi. U ham vazirlar maxkamasiga bo`ysunadi. Oliy o`quv yurtlarida ilm-fanni tadqiqot ishlarini rivojlantirish uchun zamonaviy dolzarb mavzularda ilmiy ishlar olib boriladi. Buning uchun oliy o`quv yurtlarida muammo ilmiy tyekshirish laboratoriyalari ochilib ular davlat tomonidan mablag` bilan ta`minlanib turiladi. Oliy o`quv yurtlarda bu bilan birgalikda ilmiy izlanishlar xo`jalik shartnomalari asosida xam olib boriladi. Bu ishlarni xam institutlarda ilmiy tadqiqot bo`limlari nazorat qilib boradi. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi va ryespublika fanlar akadyemiyasi tomonidan oliy o`quv yurtlari qoshida ilmiy-tyexnik kadrlarni tayyorlash uchun doktorantura bo`limi ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish to‘g‘risida" 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son Farmoniga asosan mamlakatimizda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning uch yilga mo‘ljallangan ikki bosqichli tizimga o‘tishi joriy qilindi.
Ushbu Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 22 maydagi № 304-son qarori bilan «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari», «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida» Nizom tasdiqlandi.
2017 yil 1 iyuldan boshlab Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim quyidagi shakllarda amalga oshirilmoqda:
tayanch doktorantura;
doktorantura;
mustaqil izlanuvchilik.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari ixtisoslik va chet tilidan topshiriladi.
Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 daraja) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro kvalifikatsion sertifikatlar mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.
Doktoranturada o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar mutaxassislik bo‘yicha Kollegial organ tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga suhbat har yili 1 - 25 noyabr muddatida bo‘lib o‘tadi.
Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kiruvchi talabgorlarning kirish imtihonlari, suhbat natijalaridan va ajratilgan qabul kvotasidan kelib chiqib, Qabul komissiyasi va Kollegial organ tomonidan 30 noyabrgacha bo‘lgan muddatda qabul qilinganlarni tanlaydi.
Bir necha talabgorlarning tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kirish imtihonlari yoki suhbat natijalari bo‘yicha ular tomonidan to‘plangan yakuniy ballar teng bo‘lgan taqdirda, quyidagi talabgorlarga:
a) tayanch doktoranturaga:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblariga;
tegishli mutaxassislik bo‘yicha imtiyozli magistr diplomiga ega bo‘lganlarga;
ixtiroga yoki seleksiya yutug‘iga (shu jumladan, hammualliflikda) patentga ega bo‘lganlarga.
b) doktoranturaga:
besh yildan ortiq ilmiy-pedagogik stajga egalarga;
ixtiroga yoki patentga ega bo‘lganlarga;
monografiya chop etilganligi (ijtimoiy-gumanitar fanlari uchun), ilmiy maqolalarning soni OAK ro‘yxati bo‘yicha ko‘pligiga, shuningdek, xorijiy jurnallarda chop etilgan maqolalar talabgorning tanlagan dissertatsiya mavzusiga bevosita aloqador bo‘lishligiga;
dissertatsiya tadqiqotining 50% bajarilganligiga ustunlik beriladi.
Tayanch doktorantlar va doktorantlarni o‘qishga qabul qilish, ularning tasdiqlangan mavzulari, ilmiy rahbarlari va ilmiy konsultantlari to‘g‘risidagi ma’lumot tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan har yili 15 dekabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi. Shuningdek, tasdiqlangan dissertatsiya mavzulari O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining ma’lumotlar bazasiga kiritiladi, hamda Oliy attestatsiya komissiyasining ro‘yxatidan o‘tkazilib «OAK Byulleteni» jurnalida chop etiladi.
O‘qishga qabul qilingan kundan boshlab: tayanch doktorantga stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi; doktorantga – fan nomzodi ilmiy darajasiga ega (ilmiy unvonga ega bo‘lmagan) katta ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi.
Tayanch doktorant va doktorantlarning o‘qish muddati ular ishining umumiy stajiga qo‘shiladi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tugatganlar qayta tayanch doktoranturaga va doktoranturaga qabul qilinmaydi.
Ushbu Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: