2. Emperik tadqiqot usullari
Emperik tadqiqot metodlariga kuzatish, qiyoslash, hisoblash, o’lchash va eksperiment kiradi.
Kuzatish deb – ma’lum bir ob’ektni muntazam ravishda bir maqsad yo’lida o’rganish yoki ochish bilan amalga oshiriladigan bilish usuliga aytiladi.
Ilmiy kuzatish quyidagi koponentlarni o’z ichiga oladi:
ob’ekt tanlash,
maqsad qo’yish, uni tavsiflash,
xulosa chiqarish.
Kuzatishda ob’ektni o’rganish unga aralashuvsiz amalga oshiriladi, bunda faqat ob’ektning xossasi, o’zgarishlari kuzatiladi va qayd etiladi. Tadqiqot natijalari bizga real mavjud ob’ektlarning tabiiy xususiyatlari va munosabatlari xaqida ma’lumot beradi. Bu natijalar sub’ektning irodasi, sezgilari va istaklariga bog’liq bo’lmaydi.
Ilmiy kuzatish metodi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Oldindan ataylab maqsad qo’yish.
Rejalashtirish
Maqsad yo’lida vazifani yo’naltirish, ya’ni ob’ektning eng ahamiyatli tomonlarini o’rganish.
Faollik, ya’ni ayni kerakli hodisalarni izlash.
Muntazamlilik, ya’ni kuzatishni ma’lum bir tizim bo’yicha olib borish.
Zamonaviy fanda kuzatish turli asoboblarni qo’llash bilan bog’liqdir. Ular birinchidan, sezgi organlarini kuchaytirsa, ikkinchidan kuzatilayotgan xodisalarni baholashdagi sub’ektlashuvdan saqlaydi.
Ijtimoiy fandagi kuzatish metodi o’zining murakkabligi bilan ajralib turadi, chunki bu xolda uning natijasi ko’p miqdorda kuzatuvchining shaxsiga va uning o’rganilayotgan xodisalarga bo’lgan munosabatiga bog’liq.
Kuzatish natijalari diagrammalar, sxemalar, jadvallar, bayonnomalar, kino va foto xujjatlar sifatida rasmiylashtiriladi.
Qiyoslash usuli bilishning keng tarqalgan usuliga kiradi va “hamma narsa qiyoslanganda bilinadi” tamoyiliga tayanadi. Qiyoslash natijasida bir qancha ob’ektlar uchun umumiy bo’lgan va faqat o’ziga xos jixatlar aniqlanadi. Qiyoslash qonuniyatlar va qonunlarni bilishda bir qadamdir. Qiyoslash unumli bo’lishi uchun 2ta talabga rioya qilish zarur:
1. Qiyoslash uchun ular o’rtasida muayyan ob’ektiv umumiylik bo’lgan ob’ektlargina tanlanishi kerak.
2. Taqqoslash jarayoni eng axamiyati belgilar va xossalar bo’yicha amalga oshirilishi zarur.
Qiyoslash asosida olingan natijalar “kattaroq, kichikroq yoki teng” degan javoblar bilan xulosa qilinadi.
Xisoblash deb – tor texnik ma’noda berilgan majmua yoki to’plamdagi bir tipli ob’ektlar sonini aniqlash jarayoniga aytiladi. Hisoblashni amalga oshirish uchun farqni aniqlash, xar bir diskret ob’ektni ko’ra bilish lozim. Hisoblashning natijalari bo’lib sonlar xisoblanadi. Ular EHM da taxlil qilish uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.
O’lchash deb – ma’lum bir kattalikni o’lchov birligidagi etalonga nisbatan raqam sonidagi qiymatini aniqlashdan iborat bo’lgan fizik jarayonga aytiladi. O’lchashda quyidagi komponentlarning bo’lishi talab etiladi:
O’lchash ob’ekti
Etalon
O’lchov asbobi
O’lchash metodi.
Qiyoslashdan farqli o’laroq, o’lchash bilishning ancha aniq vositasi xisoblanadi. Bunda atrof borliqdagi ob’ektlar xaqida yuqori aniqlikdagi ma’lumot olinadi. O’lchash metodi eksperiment va nazariya orasidagi bevosita bog’lanishni va ilmiy tadqiqotlarning yuqori darajadagi aniqligi va to’g’riligini ta’minlaydi. O’lchash xaqidagi fan metrologiya deb ataladi.
Hisoblash bilan o’lchash miqdoriy ma’lumot olishning asosiy metodlaridir. Ularning natijalari sonlardir. Hisoblash nazariy jixatdan xatolarsiz bo’ladi, ammo, o’lchash bexato bo’lmaydi. O’lchashning aniqlik darajasi ilmiy tadqiqot darajasini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |