Zero, hazrat Alisher Navoiy “Til – chamanning ochilgan lolasi bo‘lsa, so‘z durlari unga qo‘ngan shabnamdir”, deya ta’rif beradi. Xalqimiz orasida “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, degan maqol ham bejizga aytilmaydi. Demak, yurtimizda istiqomat qiluvchi har bir inson qaysi kasb yoki hunar egasi bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zbek tilining nufuzini saqlab qolish hamda uni yanada oshirishga mas’ul hisoblanadi. Bu Bosh Qomusimizning 4-moddasida ham mustahkamlab qo‘yilgan. O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritishi tufayli barcha sohalardagi kabi tilda ham bir qancha yangi so`zlar hosil bo`ldi. Tildagi ko`plab begona so`zlar o`rniga tilimizning ichki imkoniyatlari va arxaik qatlami hisobidan yangi so`zlar istemolga kiritildi. Ko`plab yasovchi affikslar faollashdi, ko`plagan yangi kalkalar paydo bo`ldi. Shubhasiz, o`zbek tilining so`z yasalish sohasi yangi bir bosqichda taraqqiy qila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |